Yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida davra suhbati bölib ötdi
Kitob – insonnint eng yaqin dösti va maslahatçisi, aql qayroği va bilim manbaidir. Kitob fikrlaş quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bölgani uçun ham xalqimiz uni nonday aziz, möʼtabar deb hisoblagan. Şuning uçun kitobga muhabbat, uni qadrlaş, öqişga iştiyoq xalqimiznint qon-qoniga singib ketgan. Kişining madaniyati uning kitob öqiş yoki öqimasligida aks etadi.
Şu maʼnoda, butungi kunda kitob öqiş va unga munosabat bir qadar susaygandek. Çunki, yoşlar köproq kino, video, televideniye, kompyuterga berilib ketdi. Kompyuter hozirgi kunda köpgina xonadonlarga ham kirib kelgan. Istalgan yangilig-u axborotlarni bu vositalardan xohlagança oliş mumkin. Açinarlisi, bugun kitob öqiş uçun vaqt sarflaşga hojat yöqdek.
Aslida heç bir axborot vositasi, kino yoki videofilm badiiy asar örnini bosolmaydi.
Amudaryo televideniyesida Oliy majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş maqsadida tadbirlar ötkazilib kelinmoqda.
Yaqinda tumanimizning Arna böyi mahallasi hududida joylaşgan 27-sonli umumtaʼlim maktabida ham şu maqsadda davra suhbati taşkil etildi.
Tadbirda tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari Fotima Eşimbetova, maktab direktori Quvvatboy Jörayev, şu maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçilari Zaynab Matçanova, Amina Törayevalar sözga çiqib kitob öqişning foydasi, badiiy asarlarning inson hayotidagi roli xususida batafsil aytib ötişdi.
Maktab direktori Quvvatboy Jörayev yoşlarga töğri kelgan kitobni emas, aynan bizning millatimiz ruhiga mos, qalblarga maʼnaviy oziq, boylik beradigan asarlar öqişlari lozimligini taʼkidladi.
Darhaqiqat, hozirgi globallaşuv jarayonida xalqning maʼnaviy ildizlariga bolta uriş, “ommaviy madaniyat”, diniy ekstremizm, diniy aqidaparastlik ğoyalarini tarğib qilişga xizmat qiluvçi kitoblar ham har xil yöllar bilan çetdan mamlakatimizga olib kelinayotir. Bundan taşqari, maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyati sayoz asarlar ham çop etilayotir.
Demak, öqiladigan asarni tanlay biliş ham sanʼat. Ösib kelayotgan yoşlar ongida ana şunday sanʼatni, töğriroği, maʼnaviy immunitetni şakllantirişimiz va mustahkamlaş zarurdir.
Davra suhbatida 7-10-sinf öquvçilari Ötkir Hoşimovning dunyoga maşhur asari “Dunyoning işlari” qissasidan parçalar öqib berişdi.
Ayniqsa, “Oq marmar, qora marmar”, “Iltijo”, “Aça xola” haqidagi hikoyalarni öquvçilar juda taʼsirlanib aytib berişdi.
Qolaversa, öquvçilar asar qahramonlari örnida bölib qolsalar ularning yöl qöygan xatolarini takrorlamasliklarini aytib özlarining mustaqil fikrlarini bildirib ötişdi.
Davra suhbati baxs-munozaraga boy tarzda qiziqarli bölib ötdi.
F.Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶