“ENG KITOBXON OILA BEKASI” BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
Kitobga mehr – bu öz kelajagi uçun mustahkam zamin yaratiş sari ezgu qadamdir. Buni dildan his qilgan kitobxon insonlar ham, ularning oila aʼzolari ham yuksak maʼnaviyatli, bilimdon, atrofidagilarning havas va ehtiromiga munosib şaxslar sifatida şakllanadilar. Şu bois, mamlakatimizda kitobxon oilalar safini yanada oşiriş, ularning maʼnaviy-tarbiyaviy işlarini ommalaştiriş maqsadida “Eng kitobxon ibratli oila”, “Yangi Özbekistonning ibratli oilasi” körik-tanlovlari ötkazilib kelinmoqda.
Amudaryo tumanida ham bunday ibratli kitobxon oilalar köpçilikni taşkil etadi. Hatto “Eng kitobxon ibratli oila” körik-tanlovining Özbekiston Respublikasi ğolib va sovrindorlarining ham borligi qalblarda iftixor tuyğusini uyğotadi.
Ösib kelayotgan yoş avlodning kitobga bölgan mehrini oşiriş, kitob mutolaasiga qiziqtiriş va ularni maʼnaviyat-maʼrifat maskanlari – kutubxonalarga keng jalb qiliş maqsadida joriy yilning 24-may sanasida Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markazida 2023-yilning 10-30-mart kunlari kutubxonaçilar örtasida ötkazilgan “Kitobsevarlik festivali”ning “Eng faol kutubxonaçi” yönalişi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi 1-örin sohibasi va “Yangi Özbekistonning ibratli kitobxon oilasi” körik-tanlovining “Eng ibratli kitobxon oila bekasi” yönalişi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi ğolibi, Nazarxon ovulidagi Turdimuratovlar oilasi va mazkur oilaning “Eng kitobxon oila bekasi”, mohir kutubxonaçi Tazaxon Qidirniyazova bilan yoş kitobxonlarning uçraşuvi bölib ötdi.
Tadbirda Tazaxon Qidirniyazova kitobxon yoşlar bilan oçiq muloqot tarzida dildan suhbatlaşdi. Suhbat asnosida u kitob mutolaasining öz hayotida tutgan örni, kitobdan olgan betakror taassurotlari, ayniqsa, hayot sinovlarini yengib ötişda unga kitob eng yaqin hamdard, döst va masalahatgöy vazifasini bajargani haqida hayotiy misollar orqali qimmatli fikrlar bildirdi. Şuningdek, u farzandlari tarbiyasida, hayotda öz örnini topib, özi qiziqqan yönaliş – kutubxonaçilik kasbida faoliyat yuritib, muvaffaqiyatlarga erişişida kitobxonlikning örni beqiyos katta ahamiyat kasb etganini taʼkidladi.
Darvoqe, Tazaxon Qidirniyazova Amudaryo tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi kutubxonaçisi. U maktab kutubxonasi faoliyatini yuritiş bilan birga kutubxona huzurida “Yoş ijodkorlar” guruhini ham taşkil etgan. Mazkur guruh öquvçilaridan Muhabbat Örinbosarovaning ilk şeʼrlar töplami çop etilişida Tazaxonning hissasi katta. Şuningdek, kitobxon öquvçilardan Navbahor Sarsenboyevaning ham “Taraqqiyot közgusi” gazetasi naşriyotida ilk şeʼrlar töplami naşr etilib, şeʼriyat ixlosmandlariga havola etildi. Tadbir davomida Tazaxon Qidirniyazovaning şogirdi, havaskor şoira maktab öquvçilarining “Kitobsevarlik festivali” Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi sovrindori, 3-darajali Diplom sohibasi Navbahor Sarsenboyeva kitobxon yoşlarga özi yozgan şeʼrlaridan öqib berdi.
Tadbirda “Yangi Özbekistoning ibratli oilasi” körik-tanlovining “Eng kitobxon oila bekasi” yönalişi böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi böyiça ğolibi Tazaxon Qidirniyazovaga iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Tazaxon Qidirniyazova har bir iştirokçining savoliga hayotiy misollar orqali javoblar berdi va bu bilan özining va oila aʼzolarining kitobdan olgan bebaho hikmatlarga oşna yaşaş zavqli ekanligini namoyon etdi. Tadbir nihoyatda mazmunli va qiziqarli taassurotlarga boy ötdi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶