SPORTÇI OILALAR MUSOBAQASI ÖTKAZILDI
Mamlakatimiz milliy sport öyinlari va xalq öyinlari – jismoniy tarbiya va sport sohasidagi madaniy merosning ajralmas qismidir. Bu öyinlar aholida vatanparvarlik tuyğulari yuksalişiga, milliy ğurur va faxr şakllanişiga xizmat qiladi. Şu boisdan aholi ayniqsa ösmir-yoşlarni milliy sport turlariga keng jalb qiliş, sportning ommaviyligiga erişiş borasida köpgina saʼy-harakatlar amalga oşirilayapti, sportning ommaviyligiga erişiş uçun hududlarda,maktabgaça, umumiy örta taʼlim muassasa zarur şart-şaroitlar yaratilayapti, sport taʼlimi tizimi takomillaştirilayapti, sport turlari böyiça iqtidorli, salohiyatli sportçilar zahirasini yaratişga eʼtibor kuçaytirilayapti.
Buningdek saʼy-harakatlarni boşlanğiç sinflardan taşkil etiş, jajji öğil-qizlarning sport salohiyatini aniqlaş va rivojlantiriş ham juda muhim. Bunda sport turlari böyiça ötkaziladigan musobaqalarning ham roli ulkan.
Amudaryo tumanidagi 10-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ötkazilgan “Biz sportçi oila” deb nomlangan sport musobaqasi ham öquvçilarga ulkan taassurotlar qoldirdi.
Joriy öquv yilida maktabga ilk qadam qöyib, ayni kunda 1-sinfni tugatayotgan öquvçilar va ularning ota-onalari iştirokida ötkazilgan musobaqada 4 ta şart böyiça bellaşuv taşkillaştirildi.
Mazkur sinf rahbari U.Örozimbetova, jismoniy tarbiya fani öqituvçisi Moral Oğaboyevalar hamkorligida tayyorlangan bellaşuv nafaqat öquvçilarning, balki ularning oilasida jismoniy tarbiya va sportga munosabat, soğlom turmuş tarziga amal qilinişi va qiziqişlarni ham sinovdan ötkazdi.
Musobaqaga maktabning malakali öqituvçilari hakamlik qilib, iştirokçilarning musobaqa şartlarini qay tarzda bajarişlarini odilona baholab bordilar.
Musobaqa iştirokçilarining basketbol savatçasiga töp taşlaş, kenguru bölib sakraş, gimnastika yakka çöpida turib, biri-birini yiqitiş şartlarini ijro etişlarini tomoşabinlar juda zavqlanib tomoşa qildilar. Uşbu jarayonlarda öquvçilar oilasining sportga yoş avlodni jismoniy çiniqtirişga eʼtibori neçoğlik ekanligi yaqqol namoyon böldi.
Musobaqaning oxirgi “Meni taning” deb nomlangan şartida öquvçilar onalarining salohiyati sinovdan ötkazildi. Unda onalar saf bölib turgan öquvçilar orasida közi boğlangan holda öz farzandini tanib olişlari lozim edi. Bu şartning ado etilişi ham ğoyat hayajonli va qiziqarli ötdi.
Musobaqa ğoliblari rağbatlantirildi. Jajji öquvçilar va ularning ota-onalari iştirokida ötkazilgan uşbu qiziqarli musobaqa köpçilikda sportga havas va sport bilan şuğullanişga rağbat uyğotdi. Aslida taşkilotçilarning musobaqani taşkillaştirişgan közlagan maqsadlari ham şu edi. Çunki soğ tanda – soğlom aql. Bolalarning soğlom, barkamol bölib ulğayişida esa sportning roli ulkan ekanligi barçamizga ayon. Oilalarda soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş, sportni ommalaştiriş şu maqsadga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶