QANGLI OVULIDA GRANT LOYIHASI DOIRASIDA “KÖÇMA KUTUBXONA” TADBIRI TAŞKIL ETILDI
Kitobni bilimlar sarçaşmasi deymiz. Darhaqiqat, bu çaşmadan bilimga bölgan har qança ehtiyoj, çanqoqlikni qondiriş mumkin. Insonning eng yaqin maslahatçisi, dösti va bilimlar manbai bölgan kitob biz uçun juda qadrli. Maʼnaviyat va dunyoqaraşni yuksaltiruvçi manbaa bölgan kitoblarni öqigan inson boşqalardan özining yuksak tafakkuri, dunyoqaraşi va fikrlaşi bilan ajralib turadi. Şu bois yurtimizda kitobxonlar safini kengaytiriş, yoşlarni kitob mutolaasiga undaş va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada turli tadbirlar, tanlovlarni ötkaziş keng yölga qöyilgan.
24-may kuni Qangi ovulidagi 29-sonli maktabda öquvçi-yoşlarning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni kitobxonlikka jalb etiş maqsadida “Köçma kutubxona” tadbiri taşkil etildi. Amudaryo televideniyesi tahririyatining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ötkazilgan uşbu tadbirda televideniye xodimlari, maktab öqituvçi va öquvçilari iştirok etişdi.
Tadbirni maktab direktori Bahrom Saparov oçib berdi va maktabda öquvçilarni kitobxonlikka jalb etiş, kitob öqişga qiziqtiriş borasida amalg oşirilayotgan çora-tadbirlar, erişilayotgan natijalar xususida sözladi. Maktab kutubxonasida yaratilgan şaroitlar, darsliklardan taşqari keltirilayotgan va öquvçilarga foydalanişga berilayotgan turli adabiyotlar xususida ham aytib ötdi. Şundan söng, Amudaryo televideniyesi xodimlari sözga çiqib, yoşlarning maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oşiriş maqsadidagi “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida hududlarda ötkazilayotgan tadbirlar haqida maʼlumot berdi.
Tadbir davomida öquvçi-yoşlarga “Taraqqiyot közgusi” tahririyati qoşida taşkil etilgan “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkiloti yoş ijodkorlarni qöllab-quvvatlaş borasida olib borilayotgan işlar, taşkilotning 4 ming dona kitob fondiga ega kutubxonasi faoliyatiga ham keng töxtalib ötildi. Kutubxonadagi mavjud adabiyotlar, ularning turlari, barça yoşdagi kitobxonlarga mosligi, yangi keltirilgan kitoblar, kutubxonaning çekka hududlardagi filiallari xususida ham maʼlumotlar berildi. Şuningdek, tadbirda kitobning inson qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, odamlarda mehr-oqibat tuyğularini kamol toptirişdagi örni, kitob öqigan kişining maʼnaviyati yuksalib, dunyoqaraşi kengayib borişi alohida taʼkidlandi.
Maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçilari ham öquvçi-yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş, ularning badiiy adabiyotga qiziqişini oşiriş maqsadida “Adabiyotga eʼtibor – kelajakka, maʼnaviyatga eʼtibor”, “Kutubxona maʼnaviyat maskani”, “Eng faol kitobxon” kabi tadbirlar muntazam ravişda ötkazib kelinayotgani, bu kitobxon yoşlar safi ortişida muhim ahamiyat kasb etayotganini eʼtirof etişdi. Öquvçi-yoşlar tadbirga olib kelingan kutubxona kitoblari, taniqli adiblarning asarlari bilan tanişib çiqişdi va sevgan adiblarning boşqa asarlari, kerakli bölgan turli adabiyotlar xususidagi özlarini qiziqtirgan savollarini berişdi.
Köçma kutubxona tadbirida turli adabiyotlar bilan tanişgan öquvçi-yoşlar boşqa kitoblardan ham bahramand böliş istagini bildirişdi va “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat taşkilotining kutubxonasiga aʼzolikka qabul qilişni söraşdi. Tadbir taşkilotçilari kutubxonaga yozgi taʼtil davomida ota-onalari bilan birgalikda taşrif buyurişga taklif qilib, u yerda kitob mutolaa qiliş uçun yaratilgan şaroitlarni ham aytib ötişdi.
Kitob – inson uçun muvaffaqiyat va saodat eşiklarini oçuvçi kalitdir. Saodatga erişiş istagida turli kitoblarni mutolaa qiliş, ulardan ilm izlaş eng töğri yöl hisoblanadi. Grant loyihasi doirasida ötkazilgan “Köçma kutubxona” tadbiri yoşlarning kitob mutolaasiga bölgan qiziqişini yanada oşirdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶