Futbol va mini futbol böyiça DXX raisi kubogi musobaqalarining tuman bosqiçi ğolibi aniqlandi
Mamlakatimizda soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, aholi, şuningdek, ösib kelayotgan yoş avlodni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga keng jalb etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Bu aholi salomatligini, qolaversa, yoşlarning kuç va imkoniyatlariga bölgan işonçini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu maʼnoda hududlar böylab ötkazilib kelinayotgan sportning futbol va mini futbol turi böyiça Davlat xavsfizlik xizmati raisi kubogi musobaqalari isteʼdodli yoşlarni saralab oliş, ular örtasida soğlom turmuş tarzini mustahkam qaror toptirişga xizmat qilmoqda.
27-may kuni Amudaryo tumanining Döstlik mahallasi hududidagi Bolalar va ösmirlar sport maktabiga qaraşli maydonda sportning futbol turi böyiça Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi musobaqalarining tuman bosqiçi bölib ötdi. Unda sektorlar kesimida ğoliblikni qölga kiritgan 4 ta jamoa vakillari iştirok etdilar.
Musobaqa oldidan hakamlar öyin iştirokçilarini rioya etilişi lozim bölgan qoidalar bilan batafsil taniştirib ötişdi. Şundan söng, jamoalar bir birlariga omad tilab, öyinni boşladilar.
Futbol musobaqasi şiddatli va murosasiz keçdi. Iştirokçilarning yaqinlari, qolaversa, mahalladagi faol yoşlarning qöllab-quvvatlaşi jamoa aʼzolariga yanada kuç-ğayrat va kötarinki kayfiyat bağişladi.
Yakuniy natijalarga köra, tuman bosqiçida 1-örinni Tölqin ovuli yoşlari jamoasi, 2-örinni kuyuk köpirlik yoşlar jamoasi hamda 3-örinni Xolimbeg ovuli yoşlari jamoasi egalladilar.
Mutloq ğoliblikni qölga kiritgan Tölqin ovuli yoşlaridan tuzilgan jamoa futbol böyiça Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi musobaqalarining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdi.
Şu örinda aytiş kerakki, mahalla yoşlarini birlaştiriş, böş vaqtlarini köngilli ötkaziş, ular orasida sportni ommalaştiriş, isteʼdodli futbolçilarni kaşf etiş maqsadida keyingi yillarda anʼanaviy tarzda ötkazilib kelinayotgan Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi musobaqalari tom maʼnoda yoşlar uçun haqiqiy sport maktabi bölmoqda.
Mazkur musobaqa tumanda sportning futbol turini rivojlantiriş, uşbu sport turi böyiça kuçli sportçilarni aniqlaş, ovul va mahallalardagi yoşlarni sportga jalb qiliş, ularning böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş, ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qilişi bilan birga isteʼdodli yoşlarni kaşf etmoqda, ularning qobiliyatlarini yuzaga çiqarmoqda. Davlat xavfsizlik xizmati Raisi kubogi musobaqasi ham ayni şu maqsadlarni közlagani bilan ahamiyatlidir.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatimizda sportni rivojlantiriş borasida olib borilayotgan islohotlar va belgilangan ustuvor vazifalarning öz vaqtida tizimli amalga oşirilişi soğlom turmuş tarzi şakllanişi, soğlom jamiyat barpo etilişida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶