Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi batafsil tuşuntirildi
Davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yilning 28-oktyabr kuni imzolangan “Özbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlaş töğrisida”gi qonunga muvofiq, joriy yilning 1-may sanasidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi kuçga kirdi.
30-may kuni Amudaryo tumanining Olmazor mahallasi hududidagi 82-sonli maktabda umumtaʼlim maktablari direktorlari uçun yangilangan Mehnat Kodeksining mazmun-mohiyati, undagi yangiça tartiblar, intizomiy qoidalarga bağişlangan seminar taşkil etildi.
Seminar iştirokçilariga maʼmuriy islohotlar jarayonida yangi tahrirdagi Kodeksning kuçga kirişi bilan mehnat munosabatlarini töğri taşkil etiş, xodimlar, iş beruvçilar va davlat manfaatlarining muvozanatini taʼminlaş kabilar böyiça tuşuntiriş berildi.
Maʼlumki, fuqarolik xizmatida mehnat munosabatlari muhim örin tutadi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida bir qator özgarişlar va qöşimçalar aks etgan. Seminarda mazkur özgarişlarning aksariyati atrofliça tuşuntirildi.
Jumladan, qabul qilingan Mehnat kodeksida iş beruvçilarning toifalari yangilangan bölib, ularning doirasi ança kengaydi. Masalan, endilikda iş beruvçi sifatida nafaqat taşkilotlar, balki ularning alohida tarkibiy bölinmalari ham iş beruvçi vakolatiga ega böladi. Undan taşqari, jismoniy şaxslar ham iş beruvçilar qatoriga rasman kiritildi. Mehnat şartnomasini tuziş asoslari amaldagi kodeksda ham bor, lekin yangi kodeksda har bir asosni tuşuntiradigan alohida modda şakllangan. Umuman olganda, yangi qabul qilingan Mehnat kodeksida bir neçta yirik guruhdagi meʼyorlar mujassamlangan.
Aytib ötiş lozimki, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida 1995-yildagi birinçi tahriridan farqli ravişda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solişning asosiy printsiplari etib mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va maşğulotlar sohasida kamsitişni taqiqlaş, mehnat erkinligi, majburiy mehnatni taqiqlaş, mehnat sohasidagi ijtimoiy şeriklik, mehnat huquqlari taʼminlanişining va mehnat majburiyatlari bajarilişining kafolatlanganligi, xodimning huquqiy holati yomonlaşişiga yöl qöyilmaslik kabi qatʼiy normalar belgilandi.
Şuningdek, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mehnat erkinligi har kimning mehnat qilişga bölgan öz qobiliyatlarini tasarruf etiş, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday şaklda amalga oşiriş, maşğulot turini, kasbni va mutaxassislikni, iş joyini hamda mehnat şaroitlarini erkin tanlaş huquqini anglatadi.
Seminar davomida xodimlarga ijro-intizomiga rioya qiliş, odob-axloq va içki mehnat-tartib qoidalariga amal qilişi, mansab vakolatini suiisteʼmol qiliş holatlariga yöl qöymaslik, fuqarolar bilan muloqotda xuşmuomala bölişi kabi masalalar böyiça ogohlantirildi. Xodimlarga iş vaqtida xizmat intizomining buzilişi, taʼmagirlik va boşqa korruptsion holatlarning huquqiy oqibatlari hayotiy misollar bilan tuşuntirildi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶