Inşolar tanlovi ğoliblari taqdirlandi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan “Obod mahallam” nomli grant loyihasining iş rejasi böyiça örinlarda turli tadbirlar, uçraşuvlar, seminarlar ötkazilib kelinmoqda.
Loyihaning asosiy maqsadi atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolar bilan hamkorlikda hududlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, atrof-muhit muhofazasiga hissa qöşişdan iboratdir.
Şuningdek, mazkur loyiha asosida maktab öquvçilari örtasida Ekologiyaga oid mavzularda inşolar tanlovlari ötkazilib kelinmoqda. Jumladan ötgan yilning dekabr oyida Qipçoq hududidagi maktablar öquvçilari örtasida “Yaşil tabiatni asraş – öz qölimizda” şu yilning fevral oyida esa Qiliçboy hududidagi maktablar öquvçilari örtasida “Köçat ekiş ezgu anʼana” mavzusida inşolar tanlovlari ötkazildi.
“Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda ötkazilgan bu inşolar tanlovlarida öquvçilar ekologiya va jonli tabiat haqida çuqur bilimlarga ega ekanligini namoyiş etdilar.
Quvonarli joyi şundaki, maktab öquvçilari ona tabiatga bölgan iliq munosabatlarini möyqalam orqali ham ifodalay oldilar. Manğit şahri va şahar atrofidagi hududlarda joylaşgan maktablar öquvçilari örtasida ötkazilgan “Tabiat va biz” mavzusidagi rasmlar tanlovi sözimizning dalilidir.
Yaqinda biz söz yuritayotgan “Obod mahallam” loyihasi asosida aholi, ayniqsa yoşlarni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda böliş, tabiiy resurslarni tejaşga daʼvat qiliş, ularning ekologiyaga oid bilimlarini oşiriş maqsadida “Jayxun ilhomlari” NNT bilan birgalikda Xitoy ovuli hududida joylaşgan maktablar öquvçilari örtasida “Men ekkan inhol” mavzusida inşolar tanlovi ötkazildi. Bu inşolar tanlovida hududdagi 13 ta umumtaʼlim maktablaridan öquvçilar iştirok etişdi.
Inşolar tanlovining ğoliblari va sovrindorlari badiiy kengaş aʼzolari tomonidan aniqlandi. Unga köra, 85-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Sevinçoy Umrboyeva “Eng yaxşi, tahliliy fikrlari uçun” 1-öringa, 2-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Gulhayo Paraxatova “Insonparvarlik tuyğulari uluğlangan jöşqin fikrlari uçun” 2-öringa, 68-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Maşhura Fayzullayeva “Eng yaxşi, ezgulik tarğibotçiligi uçun” 3-öringa munosib deb topildilar.
Şuningdek, 10-sonli maktabning 11-sinf öquvçisi Şohnoza Şerimbetova, 9-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Ziyoda Sobirova inşolar tanlovidagi “Faol iştiroki uçun” sovrindorlar qatoridan örin oldilar.
Ğolib va sovrindorlarga “Mahalla” xayriya jamoat fondi Amudaryo tuman bölinmasi tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovğalar va “Faxriy yorliqlar” tantanali ravişda topşirildi.
Ö.Reyimov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶