28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:11
Siyosat 👁 334

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashevning 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Aziz va qadrli bolajonlar!

Avvalambor Sizlarni, sizning timsolingizda butun mamlakatimiz bolalarini 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Ushbu sana butun dunyoda har yili keng nishonlanishi bejiz emas. Sababi, bolalar – bizning nurli kelajagimiz, ezgu ishlarimiz va hayotimizning davomchilari, ertangi kunimiz va istiqbolimiz egalaridir.

Xalqimiz azal azaldan bolajon millat sifatida eʼtirof etib kelinadi. Yangi Oʻzbekistonimizda bolalarga eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani ham mana shu insoniy fazilatning hayotiy ifodasidir.

Bolalarni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish nafaqat oila va jamiyatning, balki davlatimizning ham asosiy burchiga aylangan. Zero, Prezidentimiz aytganlaridek, “Biz uchun jamiyatda begona bola yoʻq va boʻlmasligi kerak. Hammasi oʻzimizning, Oʻzbekistoni-mizning bolalari. Vaqtida mehr koʻrsatsak, ishga, ilmga, kasbu hunarga, ezgu fazilatlarga oʻrgatsak, ularning yoʻlini ochib bersak, ertaga foydasi oʻzimizga, jamiyatimizga tegadi”.

Bugun Yangi Oʻzbekistonimizning baxtli bolajonlari mana shunday mehr-muhabbat, gʻamxoʻrliklar ogʻushida oʻsib-ulgʻaymoqda, kamolga yetmoqda.

Aziz ota-onalar, qadrli bolajonlar!

Maʼlumki, ushbu sanani nishonlashdan maqsad – davlatlar va hukumatlar, keng jamoatchilik diqqatini bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratishdir. Zero, bugungi kunda dunyo boʻylab bolalarning sogʻlom boʻlib ulgʻayishi va sifatli taʼlim olishiga kambagʻallik, ochlik, turli iqtisodiy va siyosiy inqirozlar taʼsir oʻtkazmoqda. Toʻyib ovqatlanmaydigan, majburiy mehnatga jalb qilinayotgan millionlab bolalar bor.

Mamlakatimizda esa bolajonlarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, onalarning salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom farzand dunyoga kelishi uchun sharoit yaratish, yangi tugʻilgan chaqaloqlarni turli kasallik va infektsiyalarga qarshi bepul emlash amaliyotga joriy qilingan. Zamonaviy uslublarda qurilgan va jihozlangan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablar, sport-sogʻlomlashtirish muassasalari esa bolajonlarimizning chuqur bilim olib, isteʼdodlarini yuzaga chiqarishga xizmat qilmoqda. Keyingi yillarda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni sogʻlom ovqatlantirishga eʼtibor qaratilib, maktablarda bepul ovqatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyildi.

Yurtimizda bola huquqlarini himoya qilishga oid milliy qonunchilik bazasi yaratilgan. Yangilangan Konstitutsiyamizda alohida bob “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangani ham bolalarga qaratilayotgan eʼtiborning namunasidir.

Qadrli ota-onalar!

Fursatdan foydalanib, mustaqil Vatanimizning nurli kelajagini barpo qiluvchi barkamol avlodni tarbiyalashga qoʻshayotgan hissangiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiraman! Ishonamizki, oila, mahalla, jamiyat va davlatning bargalikdagi gʻamxoʻrligi natijasida bolajonlarimiz jismonan va maʼnan barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishadi.

Aziz bolajonlar!

Bugungi bayram kayfiyati sabab Sizlarning begʻubor kulgularingiz, gulgun chehralaringizdagi quvonch, koʻzlaringizda charaqlab turgan baxtiyorlik nurlari, biz kattalar koʻnglida ham koʻtarinkilik paydo qilmoqda. Sizlar ozod va obod Vatanimizning tayanchi, buyuk kelajagimizning bunyodkorisiz! Kelgusida zamon talablariga javob beradigan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va maktablarda, oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olib, ilm-fan va kasb-hunar sirlarini puxta egallab, ota-onangiz, jamiyatimiz va davlatimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan yigit-qizlar boʻlib yetishishingizga ishonamiz!

Fursatdan foydalanib, yana bir bora oilalarimiz quvonchi, millatimiz davomchilari, buyuk kelajagimiz vorislari boʻlgan aziz farzandlarimizni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman! 

Bayramingiz muborak boʻlsin, aziz bolajonlar!

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026