YaNGILANGAN KONSTITUTsIYaNI ÖRGANAMIZ
Konstitutsiyamizning 1-moddasida “Özbekiston — boşqaruvning respublika şakliga ega bölgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning “Özbekiston Respublikasi” va “Özbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi”, deb taʼkidlangan. Keling, uşbu moddani mazmunan körib çiqamiz.
Suveren davlat nima? Suveren davlat Özbekiston mustaqilligining umumiy va ajralmas belgisi bölib, içki va taşqi siyosatda töliq mustaqil ekanligini anglatadi. Demokratik davlat esa insonparvarlik qonunlariga asoslangan, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy holati va siyosiy qaraşlaridan qatʼiy nazar, inson huquq va erkinliklarini taʼminlab beradigan davlat.
Huquqiy davlat – davlat öz faoliyatini, jamiyat va fuqarolarning yaşaş tarzini faqat Konstitutsiya va qonunlar asosidagina amalga oşirilişini taʼminlaydi. Natijada, davlat organlari va mansabdor şaxslar qonun ustuvorligi asosida xalq manfaatlari uçun işlaydi, unga xizmat qiladi.
Ijtimoiy davlat har bir inson uçun farovon turmuş darajasi, xususan sifatli taʼlim, kafolatli tibbiy xizmat, munosib mehnat şaroiti va adolatli iş haqi, pensiya va nafaqalar, ijtimoiy yordam va xizmatlar tizimi yaratilgan, uy-joyli böliş şaroiti mavjud bölgan, ijtimoiy tafovutlar yumşatilgan, muvozanatlaşgan, heç bir fuqaro öz muammolari bilan yolğiz qolmaydigan adolatli davlatdir. Dunyoviy davlat – diniy taşkilotlar va birlaşmalar davlatdan hamda davlat hokimiyati dindan ajratilgan, davlat boşqaruvi diniy qoidalar bilan emas, balki Konstitutsiya va qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan, qarorlar qabul qilişda diniy asoslarga tayanilmaydigan davlat hisoblanadi.
Özbekistonni dunyoviy davlat sifatida belgilaş – dunyoviy taraqqiyot, turli din va mazhablar örtasida bağrikenglik va totuvlikni mustahkamlaşga, diniy birlaşmalarning mustaqil faoliyat yuritişiga, din va eʼtiqod erkinligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Yangilangan Konstitutsiyamizning boşqa barça normalarida ham yuqoridagi sanab ötganimiz — barça printsiplarni röyobga çiqarişga qaratilgan mexanizmlar va kafolatlar mustahkamlangan.
N.Jumaniyozova, tuman Adliya bölimining inson huquqlarini himoya qiliş va huquqni qöllaş amaliyotini örganiş bölinmasi boş maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶