SANITARIYa ŞIFOKORLARI TOMONIDAN “MAHALLABAY” IŞLAŞ TIZIMI ORQALI AYoQÇI MAHALLASIDA TARĞIBOT-TAŞVIQOT TADBIRI ÖTKAZILDI
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning “Mahallabay” işlaş tizimini amaliyotga joriy etiş töğrisidagi taşabbusi hududlardagi muammo va yeçimini kutayotgan masalalarning iloji boriça tezroq bartaraf bölişiga mustahkam va işonçli zamin bölmoqda.
“Mahallabay” işlaş tizimi murakkab jarayon bölişiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglaş, uning qismatini tubdan özgartiriş, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy ösişlar bilangini emas, balki aholining öz hayotidan mamnunligi bilan ölçaş kabi mezonlar mavjud.
Bu borada Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tomonidan amalga oşirilayotgan işlar eʼtiborga molik. Xususan, tumanning Ayoqçi mahallasida amalga oşirilgan “mahallabay” va “xonadonbay” kesimida aholiga yuqumli va yuqumli bölmagan, öta-havfli yuqumli kasalliklar, parazitar kasalliklarning oldini oliş töğrisidagi tarğibot-taşviqot tadbirida aholiga tarqatma materiallar tarqatilib, yuqumli kasalliklar böyiça olib borilgan tuşuntiriş işlaridan mahalla ahli zarur maʼlumotlarga ega böldilar.
Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi epidemiolog-şifokori Durbek Bobojonov Aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligi bilan boğliq muammoli masalalarni hal etiş borasida bölim şifokorlari tomonidan tizimli ravişda “Mahallabay” işlaş orqali ovul va mahallarda uçraşuvlar taşkil etilib,muammo va masalalar örganilayotgani haqida töxtalib ötdi.
Şuningdek, hayotimizning yanada körkam va farovon bölmoği uçun har bir xonadonda sanitariya madaniyatini talab darajasida şakllantiriş zarurligini taʼkidlab, oilalarda soğlom turmuş tarzi mustahkam qaror topişi turli yuqumli kasalliklardan himoyalanişning birdan-bir asosi ekanligini qayd etdi.
Durbek Bobojonov öz maʼruzasida mahalla ahlini soğlom yaşab, osoyişta turmuş keçirişning öziga xos tartib-qoidalariga amalga qiliş va bahamjihat iş tutib,yaşayotgan mahallasi, hovlisini toza, gözal va tartibli maskanga aylantirişga çaqirdi.
Xususan, hovlidagi mavjud vodoprovod suvidan tejab foydalaniş, içimlik suvi taşib keltiriladigan xonadonlarda esa içimlik suvini qopqoqli maxsus idişlarda saqlaş, yangi suvni solişdan oldin uşbu idişni toza suv bilan yuvib taşlaş, har kim öz hovlisini özi yaşaşi uçun qulay va mos qilib jihozlaşi, yaşaş xonalari, oşxona, tandirxona, molxona, tovuqxona va hojatxonalarni qurişda hamda taʼmirlaşda quruvçi mutaxasislar bilan bamaslahat iş tutiş zarurligini taʼkidladi.
Şuningdek, tadbirda Ayoqçi oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot şifokori Gulnora Şomurodova azaldan ota-bobolarimiz hovlida alohida çuqur qazib, har kungi çiqindilarni şu çuqurga kömgani, mağzava suvlarini öraga tökişgani va şu oqilona tajribani bugungi kunimizda ham qöllaş ayni muddao ekanligini aytib ötdi.
Tadbir davomida mutaxasislar yuviniş joylari hovlining bir çekkasida, yölaklari beton yoki ğişt bilan qoplangan bölişi, oila aʼzolari alohida sovun, tiş yuviş çötkasi va soçiqlardan foydalanişlari lozimligi, bolalarni yoşligidan ozoda va soğlom turmuş tarziga amal qilib yaşaşga örgatiş, orastalikka amal qiliş orqali yuqumli kasalliklarning oldini oliş mumkinligini ularga doimiy eslatib turiş zarurligini taʼkidladilar.
Şuningdek, tadbirda uy hayvonlari, it, mol va muşuklarni vaqti-vaqti bilan veterinariya körigidan ötkazib, ularni veterinariya xizmati tomonidan yuqumli kasalliklarga qarşi emlatiş, yirik va mayda şoxli mollarda kanalar aniqlangan holatlarda ularni qölda terib, ezib öldirmaslik, aks holda öta havfli, yuqumli kasallik yuqişi mumkinligi, bunday holatlarda darhol veterinariya vraçini çaqirib, uy hayvonini dezinsektsiya qildiriş, uyda boqilayotgan yirik va mayda şoxli qora mollarni öz vaqtida yuqumli kasalliklarga qarşi emlatib turiş böyiça zarur tavsiyalar berildi.
Bundan taşqari, yoz faslida meva-çevalarni yuvib isteʼmol qiliş oşqozon-içak kasalliklaridan saqlanişning asosiy omili ekanligi taʼkidlab ötildi.
Tadbir davomida Ayoqçi MFY raisi Allayor Qalandarov mahalla ahli tomonidan obodonlaştiriş işlari yaxşi yölga qöyilgani, xonadonlar atrofi, köça böylari va hududdagi suv yöllarining orastaligi xususida söz yuritib, mahalladoşlarini mutaxassis şifokorlarning maslahat va tavsiyalariga amal qilişga çaqirdi.
Tadbir iştirokçilari turli yuqumli kasalliklar va ularning profilaktikasi yuzasidan mutaxassislarga savollar berdilar va tegişli javoblar oldilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶