SOĞLOM YaŞAB, OSOYIŞTA TURMUŞ KEÇIRIŞNING ODDIY TARTIB-QOIDALARI
Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning “ Mahallabay “ işlaş tizimini amaliyotga joriy etiş töğrisidagi taşabbusi hududlardagi muammo va yeçimini kutayotgan masalalarning iloji boriça tezroq bartaraf bölişiga mustahkam va işonçli zamin bölmoqda.
“Mahallabay” işlaş tizimi murakkab jarayon bölişiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglaş, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy ösişlar bilangini emas, balki aholining öz hayotidan mamnunligi bilan ölçaş kabi mezonlar mavjud.
Bu borada Amudaryo tumani sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi bölimi mutaxassislari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” kesimida aholiga yuqumli va yuqumli bölmagan, öta-havfli yuqumli kasalliklar, parazitar kasalliklarning oldini oliş töğrisidagi joylarda tuşuntiriş, tarğibot-taşviqot işlari olib borilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, “Mahallabay” işlaş orqali aholi orasida uçraşuvlar taşkil etilib,muammo va masalalar örganilmoqda.
Bugungi kunda hayotimizning yanada körkam va farovon bölmoği uçun har bir xonadonda sanitariya madaniyatini talab darajasida şakllantirişimiz kerak. Şundagina xonadonlarimizda soğlom turmuş tarzi mustahkam qaror topib,özimiz ham turli kasalliklardan himoyalanamiz.
Buning uçun quyidagi oddiy qoidalarga amal qilinsa kifoya böladi:
- soğlom yaşab,osoyişta turmuş keçirişning öziga xos tartib-qoidalari bor. Buni har biringiz yaxşi bilasiz. Şunday ekan,bahamjihat iş tutib,yaşayotgan mahallamiz,hovlimizni toza, gözal va tartibli maskanga aylantiraylik;
- hovlidagi mavjud vodaprovod suvidan tejab foydalaniş kerak.Içimlik suvi taşib keltiriladigan xonadonlarda esa içimlik suvini qopqoqli maxsus idişlarda saqlang, yangi suvni solişdan oldin uşbu idişni toza suv bilan yuvib taşlang;
- hovlini özingiz yaşaşingiz uçun qulay va mos qilib jihozlang. Yaşaş xonalari, oşxona, tandirxona, molxona, tovuqxona va hojatxonalarni qörişda hamda taʼmirlaşda quruvçi-mutaxasislar bilan bamaslahat iş tuting;
- yuviniş joylari hovlining bir çekkasida bölgani maʼqul. Unga boriş yöllari beton yoki ğişt bilan qoplangan bölişi, oila aʼzolari alohida sovun, tiş yuviş çötkasi va soçiqlardan foydalanişlari lozim;
- farzandlaringizni ozoda va soğlom turmuş tarziga amal qilib yaşaşga örgating;
- tozalik va orastalikka amal qiliş orqali yuqumli kasalliklarning oldini oliş mumkinligini ularga qayta-qayta tuşuntiring;
- uy hayvonlari şuningdek it, mol va muşuklarni vaqti-vaqti bilan veterinariya körigidan ötkazib, ularni veterinariya xizmati tomonidan yuqumli kasalliklarga qarşi emlating;
- yirik va mayda şoxli mollaringizda kanalar aniqlangan holatlarda ularni qölda terib, ezib öldirmang. Sizga öta havfli yuqumli kasallik yuqişi mumkin. Bunday holatlarda darhol veterinariya vraçini çaqirib, molingizni dezinsektsiya qildiring;
- uyda boqilayotgan yirik va mayda şoxli mollaringizni öz vaqtida yuqumli kasalliklarga qarşi emlatib turing;
Yoz faslida meva-çevalarni yuvib isteʼmol qiliş oşqozon-içak kasalliklaridan saqlaydi.
Yuqorida keltirib ötilgan tavsiyalarga amal qiliş orqali Siz oilangizda soğlom muhit yaratasiz va xonadoningiz aʼzolarini yuqumli kasalliklardan himoyalagan bölasaz.
Durbek Babajanov, Amudaryo tuman SEO va JSB
epidemiolog-şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶