28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 08:14
Madaniyat 👁 816

ChOYKOʻLLIK YoShLAR UChUN KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

ChOYKOʻLLIK YoShLAR UChUN KONTsERT DASTURI NAMOYISh ETILDI

Mamlakatimiz aholisining 55 foizini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi. Har yili mehnat bozoriga minglab yoshlar kirib keladi. Ularga sifatli taʼlim berish, kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini mahallada hal etish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, ishlab daromad topishlariga va salohiyatini namoyon etishiga sharoit yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilayapti. Ish bilan band boʻlmagan, dehqonchilik qilishga qiziqishi bor yoshlarga ijaraga ekin maydonlari uzoq muddatga ijaraga berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kasb-hunar bilan shugʻullanishni xohlovchi yoshlarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berilayotir.

Yoshlar orasida barchaning doimiy eʼtibori va gʻamxoʻrligiga muhtoj, imkoniyati cheklanganlari ham borki, ular ovul-mahallalarda shakllantirilgan “Yoshlar balansi”da alohida roʻyxatga qoʻyilgan. Ularning holidan xabar olib turish, qiziqishlari, qobiliyatiga koʻra bandligini taʼminlash, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish tegishli sohalar masʼullarining vazifasi qilib belgilangan.

Mamlakatimizda iyun – Yoshlar oyligi doirasida yoshlarga oid maʼnaviy targʻibot tadbirlari, turli festivallar, tanlovlar, koʻngilochar tomoshalar oʻtkazilmoqda, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan ishonchli himoya qilishga eʼtibor kuchaymoqda.

9-iyun kuni tuman Madaniyat va turizm boʻlimi tomonidan Choykoʻl madaniyat markazida “Yoshlar oyligi” doirasida koʻngilochar tadbir oʻtkazildi.

Choykoʻllik yoshlar bilan uchrashuv tarzida boshlangan tadbirni ovul oqsoqoli Behzod Aytekov ochdi va yigʻilgan yoshlarni “Yoshlar oyligi” va yaqinlashib kelayotgan Yoshlar kuni bilan qizgʻin qutladi. Ovul yoshlariga hududini obod va farovon goʻshaga aylantirishda oʻz mehnatlari bilan hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi. Ovul yoshlari yetakchisi Xursand Shukurullayev, Choykoʻl madaniyat markazi mudiri Bahodir Rajabovlar ham soʻzga chiqib, yoshlarni tabriklab, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga daʼvat etdi.

Shundan soʻng tumanimizning iqtidorli sanʼatkorlari ijrosida kontsert dasturi tashkil etildi. Shuningdek, kontsert davomida tuman Madaniyat va turizm boʻlimi tomonidan yoshlar uchun tayyorlangan bayram sovgʻalarini boʻlimning yoshlar bilan ishlashish boʻyicha mutaxassisi Nasibaxon Eshchonova, Xursand Shukurullayevlar topshirdilar.

Yoshlik! Inson mustahkam bilim, kasb-hunari bilan oʻz kelajagiga dadil qadam qoʻyadigan fasl. Bu davrda ularga oʻqish-oʻrganishga, ulkan marralarni zabt etishga ruhlantirish juda muhim.

Shu maʼnoda olib qaraydigan boʻlsak, Choykoʻl yoshlari bilan tumanimiz sanʼatkorlarning uchrashuvi, ular uchun namoyish etgan kontsert dasturining ahamiyati ulkan boʻldi, deyish mumkin.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026