TUMAN HOKIMI BOSUV MAHALLASI YoŞLARI BILAN UÇRAŞDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoşlar bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq mamlakatimiz ovul, mahalla, şaharçalarida yoşlar yetakçilari faoliyati yölga qöyilganligi tufayli yoşlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etiş, mahalla hududida, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy işlarni yölga qöyiş imkoni yaratildi.
Yoşlar yetakçilari zimmasiga hudud yoşlari töğrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoşlar daftari”, “Yoşlar portali” elektron platformalariga kiritib boriş, ular bilan samarali işlaş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, milliy xalq öyinlari va sport turlarini yoşlar orasida ommalaştiriş, “Beş muhim taşabbus” loyihalari, yoşlar festivallari va boşqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oşiriş vazifalari yuklandi. Yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş, iqtidori, isteʼdodi va taşabbuslarini rağbatlantiriş hamda hayotda öz örinlarini topişiga kömaklaşiş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularning intellektual jihatdan kamol topişini taʼminlaş ham şular jumlasiga kiradi.
Yoşlar yetakçilarining bu boradagi saʼy-harakatlarini muvofiqlaştiriş, yoşlar masalalari bilan şuğullaniş Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlardagi tuman, şaharlar hokimlari tomonidan amalga oşirilişi belgilangan.
Amudaryo tumanida ham qaror ijrosini taʼminlaş borasida izçil saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Joriy yilning 15-iyunida Bosuv mahallasida ötkazilgan “Hokim va yoşlar” uçraşuvi ham şu maqsadga qaratildi.
Uçraşuv hududdagi 26-sonli maktabning fayzli hovlisida taşkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, Xalq qabulxonasi mudiri Erkin Rajabov, tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, Yoşlar işlari Agentligi tuman bölimi boşliği Sardor Ismoilov, Bosuv mahalla fuqarolar yiğini raisi Erkin Eşmurodov, xotin-qizlar faoli Dilfuza Abdullayeva, hokim yordamçisi Akbarjon Xöjamurodov, yoşlar yetakçisi Nigora Bozorboyevalar iştirok etdilar. Şuningdek, 50 nafardan ortiq mahalla yoşlari, uşbu taʼlim muassasasini bitirib, parvozga şaylanayotgan palaponlar, maktab öqituvçilari qatnaşdilar.
Uçraşuvni tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev oçdi va yiğilganlarni Yoşlar oyligi, 30-iyun – Yoşlar kuni bilan qizğin qutladi. Yurtimizda yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, şaroitlar haqida batafsil gapirdi. Şuningdek taʼlim-tarbiya işlarini namunali taşkil etib, iqtidorli, ilmga intiluvçi yoşlarni kamolga yetkazayotgan maktab öqituvçilar jamoasiga minnatdorlik bildirdi.
Şuningdek, joriy öquv yilida maktabni bitirayotgan Nurşoda Saʼdullayeva, Şohida Nurullayevalarni bilim darajasini belgilaş uçun test sinovlaridan ötib, milliy, xalqaro sertifikatlarni olişga erişganliklari bilan qutlab, ularga va barça bitiruvçilarga oq yöl tiladi.
Şundan söng Sultonboy Yöldaşev mahalla yoşlari bilan yuzma-yuz muloqotga kirişdi. Mahalla yoşlaridan Ğulomjon Karimov haydovçilik kursida öqiş badalini tölaşda, Risgul Bidaşeva subsidiya asosida tikuv maşinasi olişda, joriy yilda oliygohni tugatgan Yulduz Karimova işga joylaşişda, Qoraqalpoq Davlat Universiteti 3-bosqiç talabasi Muhayyo Mirzayeva oliygoh şartnoma pulini tölaşda yordam sörab murojaat qildilar.
Uçraşuvda yoşlarning murojaatlarini hal etiş yuzasidan masʼullarga topşiriq berildi.
Yuzma-yuz samimiy muloqot tarzida ötgan uçraşuv Bosuv mahallasi yoşlari hayotida ijobiy özgarişlar yasaydi, albatta.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶