26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarşi kuraşiş kuni
Insoniyat tomonidan “Asr vabosi” deb tan olingan giyohvandlik illatiga qarşi kuraşiş, ayniqsa, ösib kelayotgan yoş avlodni bu illat domiga tuşib qolişidan asraş dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada hamkorlikda iş olib borilsa, samaradorlikka erişiş mumkin. Şu sababli mamlakatimizda aholi örtasida uşbu illatning tarqalişiga yöl qöymaslik, giyohvandlik oqibatida sodir bölişi mumkin bölgan jinoyatlarning oldini olişga doir çoralar belgilab olinib, amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi “2022-2025-yillarda Özbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligini taʼminlaş tezligini rivojlantiriş strategiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”ga köra, jamoat xavfsizligini taʼminlaşning uslubiy asoslarini yanada rivojlantirişga qaratilgan amaliy tadbirlar natijasida hududlardagi Narkologiya bölimlari mutaxassislari tomonidan surunkali içkilikbozlikka va giyohvandlikka mubtalo bölgan şaxslar doimiy tibbiy nazoratga olinib, ularni soğlomlaştiriş çoralari körilmoqda.
Amudaryo tumani Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi narkologiya xonasi şifokorlari ham içkilikbozlik va giyohvandlik kasaliga mubtalo bölgan şaxslarni röyxatga oliş, ularning şaxsini sir saqlagan holda muolaja çoralarini qöllaş va soğlomlaştiriş borasida sezilarli natijalarga erişmoqdalar.
Malakali narkolog şifokor Bahodir Çorşamov rahbarligidagi mazkur narkologiya xonasida ayni paytda 176 nafar surunkali içkilikbozlikka moyil va 4 nafar giyohvand şaxslar röyxatda turişadi. Ularning kasallik holatlarini öz vaqtida töğri taşxislaş, şaxsini sir saqlagan holda Respublika narkologiya dispanserida statsionar şaroitda davolanişlari uçun şaroit yaratişga qaratilgan çora-tadbirlar natijasida köplab bemorlar soğlom hayotga qaytişmoqda.
Ayni paytda, joriy yilning 30-may holatiga 10 nafar bemor Taxiatoş şahridagi, Respublika Narkologiya dispanserida zarur muolajalarni olişmoqda. Yana 3 nafar bemor öz ixtiyori bilan mazkur muolaja maskanida davolanişga qaror qilişdi va hozirgi kunda bu bemorlar özlarining tuzaliş sari ilk qadamlaridan mamnun.
Tibbiyot birlaşmasi huzuridagi narkologiya xonasi qoşidagi narkologik reabilitatsiya punktida tun-u kun navbatçilik taşkil etilgan bölib, 9 nafar malakali şifokorlar, 9 nafar hamşira va 10 nafar kiçik tibbiy xodimlar bemorlarga namunali tibbiy xizmat körsatib kelişmoqda.
Şuningdek, bölim mudiri Bahodir Çorşamov rahbarligida içkilikbozlik va giyohvandlikka qarşi kuraş çoralari böyiça aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida profilaktik suhbatlar, tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari muntazam amalga oşirib kelinmoqda.
Jumladan, 2023-yilning 1-iyun sanasidan 30-iyun kunigaça “Yoşlar orasida giyohvand vositalarning tarqatilişiga qarşi kuraş oyligi” doirasida tuman IIB bilan hamkorlikda tezkor profilaktik tadbirlar ötkazilib, köngiloçar maskanlarida yoşlarning spirtli içimlik isteʼmol qilişlarining oldini olişga qaratilgan nazorat tadbirlari amalga oşirildi.
Şuningdek, tuman IIB bilan hamkorlikda joriy yil 1-maydan 30-iyungaça tuman hududida “Qora dori – 2023” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbirlar ötkazildi. Uşbu tadbirlarda salomatlik va umr kuşandasi bölgan giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning oldini oliş çoralari xususida keng tuşunçalar berildi.
Giyohvandlikning oldini olişda, albatta, oila va jamiyatning roli beqiyosdir. Porloq kelajak uçun har birimiz oilada, jamoada soğlom turmuş tarzi poydevorini yaratişga jiddiy eʼtibor qaratsak, hamkorlikda harakat qilsak, samarali natijalarga erişişimiz mumkin.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶