30-iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yöldaşevning amudaryolik yoşlarga bayram tabrigi
Aziz yoşlar, qadrli yurtdoşlar!
Avvalambor, Siz azizlarni, Sizning timsolingizda tumanimizning barça yoşlarini “Yangi Özbekiston yoşlari – birlaşaylik!” şiori ostida nişonlanayotgan Yoşlar kuni bayrami bilan çin dildan muborakbod etaman!
Hurmatli Prezidentimizning, davlatimiz va hukumatimizning beqiyos ğamxörligi, eʼtibori tufayli keyingi yillarda mamlakatimizda Yoşlarga oid davlat siyosatining yangi bosqiçi boşlanib, bugun Özbekiston yoşlari hayotidagi tub burilişlar davri keldi, desam aslo mubolağa bölmaydi.
Prezidentimiz taşabbuslari bilan 2017 yilda 30 iyun sanasi Yoşlar kuni bayrami sifatida belgilanib, mustaqil vatanimiz solnomasidan munosib örin egallagani nafaqat yoşlarimiz, balki butun xalqimiz hayotida tarixiy voqea bölgan edi.
Bugun hayotimizning qaysi soha va tarmoğini olmaylik, yoşlarga eʼtibor va ğamxörlik asosiy öringa kötarilib, ularga zarur şaroit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Bu yil tumanimizda 2 704 nafar öquvçi yoşlar maktablarning 11-sinflarini, 361 nafar yoşlar kasb hunar maktablarini, 56 nafar muxandistlik texnikuminilarini tamomlamoqda. Heç şubhasiz, öz bilim va isteʼdodini yurtimiz va xalqimizga munosib farzand bölişdek olijanob maqsadlarga sarflaşga çoğlanib turgan sizdek tirişqoq va intiluvçan farzandlarimiz bizning tayançimiz va suyançimiz, Yangi Özbekistonning bebaho xazinasidir.
Bugun maktabni tamomlayotgan har bir öquvçi uçun hayotidagi yana bir muhim eşiklardan biri oçilmoqda. Bu – katta hayotga yöl demakdir! Uşbu yölda töğri tanlov qilib, özingiz uçun sevimli va kerakli kasbni egallaşingizga, barça muvaffaqiyatsizlik, tösiqlarni çetlab ötib, yuksak marralarni zabt etişingizga tilakdoşmiz!
2022-2023 öquv yili yakuni böyiça mana şunday tirişqoq va iqtidorli öquvçi yoşlarimizning 36 nafari umumtaʼlim maktablarida fanlarni aʼlo baholarga özlaştirib, oltin medal, 11 nafari esa kumuş medal sohib va sohibalari bölişdi. Bundan taşqari 49 nafar yoşlarimiz ingliz tili böyiça xalqaro V2 va 5 nafar S1 sertifikatini qölga kiritgan.
3 nafar bitruvçi yoşlarimiz muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalariga imtihonlarsiz kiriş böyiça sertifikat bilan taqdirlanib, talabalar qatoridan joy olişdi.
Qadrli yoşlar!
Xabaringiz bor, keyingi paytlarda kelajagimiz egalari bölgan öğil-qizlarimiz bilan işlaşning mutlaqo yangi tizimi – “Yoşlar daftari” va “Yoşlar dasturi” hamda Yoşlar platformasi hayotga keng tatbiq etildi.
Olib borilgan amaliy işlar natijasida ötgan 6 oy mobaynida “Yoşlar daftari”ga kirgan 805 nafar yigit-qizlarning muammolarini hal etiş uçun “Yoşlar jamğarmasi” 1 mlrd 557,6 mln söm mablağ ajratildi. Uşbu mablağlar hisobidan “Temir daftar”dagi oilalar farzandlari bölgan 244 nafar talabalarning 560,8 mln sömlik kontrakt puli tölab berildi. Tadbirkorlik bilan şuğullanmoqçi yoki özini özi band qiliş faoliyatini boşlamoqçi bölgan 140 nafar yoşlarga jami 565 mln sömlik asbob-uskunalar olib berildi. 208 nafar yoşlarimizga 235 mln sömlik turli xil ijtimoiy-iqtisodiy yordamlar turlari körsatildi.
Bundan taşqari, 581 nafar yoşlarimiz tijorat banklari tomonidan 8 mlrd 325 mln söm imtiyozli kredit mablağlari ajratiş orqali, 357 nafar yoşlarimiz 30-yil muddatga 285,6 ga yer maydonlarini ijaraga oliş orqali, 157 nafar yoşlarimiz esa korxona va taşkilotlarga doimiy işlarga joylaşiş orqali doimiy daromad manbaiga ega böldilar.
Hurmatli yurtdoşlar, aziz yoşlar!
Yoşlar bilan işlaşni samarali taşkil etiş, ularning madaniyat, sanʼat, adabiyot, sport, axborot texnologiyalari, kitob öqişga qiziqişini oşiriş böyiça Prezidentimizning 5 ta muhim taşabbusi orzu va intilişlaringizga çinakam qanot bölmoqda desak, aslo mubolağa bölmaydi.
Bu borada tumanimiz yoşlarining böş vaqtlarini mazmunli ötkaziş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, kelajagimiz egalari bulmiş yoşlarning ijtimoiy faolligini oşiriş maqsadida “mahalla-sektor-tuman” yönalişi böyiça “Beş taşabbus olimpiadasi” tadbirlari ötkazildi.
2022-2023-yillarda “Beş taşabbus olimpiadasi”ning Özbekiston Respublikasi bosqiçida 17 nafar tumanimiz yoşlari ğoliblikni qölga kiritgan bölib, ulardan 6 nafari 1- örin, 6 nafari 2-örin va 5 nafari 3-örinlarni egallaşdi. Ğolib bölgan sportçilarimizning mahallasiga sport maydonçalari qurib beriladi.
Şuningdek, “Yoş kitobxon oila” yönalişida Respublika bosqiçida Örinboyevlar oilasi faxrli 1-örinni egallab, “Spark” avtomobili sohibi bölişdi.
Aziz yoşlar!
Tuman rahbari sifatida, tuman hokimligi Sizni har doim qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini, yoşlarning iqtidor va salohiyatlarini yuzaga çiqarişga doir ezgu işlarimiz bundan keyin ham bardavom bölişini alohida taʼkidlamoqçiman.
Işonamanki, Sizday şijoatli, ğayratli, vatanparvar yoşlarimiz bor ekan, yukimiz heç qaçon yerda qolmaydi. Közlagan yuksak marralarimizni dadillik bilan zabt etaveramiz!
Qadrli yoşlar!
Sizlarni yana bir bor bugungi bayram – Yoşlik, Şijoat, Kuç-qudrat va Matonat ayyomi bilan çin qalbimdan muborakbod etib, öqiş va işlaringizda, oilaviy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Yana bir bor bayramlaringiz muborak bölsin!

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶