Olmazor − obod va farovon mahalla
Mahalla — Vatan içidagi kiçik Vatan. U qançalik obod bölsa, yurtimiz şunçalik obod, xalqimiz turmuşi farovon böladi. Mamlakatimizda keng kölamli islohotlar, avvalo, mahallalarda, har bir inson hayotida böy körsatişini taʼminlaşga ustuvor ahamiyat qaratilayotganining sababi ham şu.
Amudaryo televideniyesi tahririyati mahalla tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarni, mana şu islohotlar natijasida mahallalarda röy berayotgan özgariş va yangilanişlarni telekanalda keng yoritib kelmoqda. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş Jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoşlar – kelajak poydevori” nomli grant loyihasi doirasida ham maʼnaviy va maʼrifiy işlar yaxşi yölga qöyilgan eng namunali mahallalar faoliyati haqida köplab körsatuvlar tayyorlanib, efirga uzatilmoqda.
Telekanal ijodiy guruhi grant loyihasi doirasida mahallalardagi namunali oilalar bilan tanişiş maqsadida Manğit şahrining Olmazor mahallasiga taşrif buyurdi.
Aytiş lozimki, Olmazor mahallasi tumandagi eng namunali, obod va farovon mahallalardan biri hisoblanadi. Uşbu mahallada faoliyat yurituvçi mahalla tizimi xodimlarining, qolaversa, köça boşçilarining özaro hamkorlik va hamjihatlikda iş olib borişlari tufayli joriy yilning ötgan 6 oyi mobaynida mahallada bironta ham ajrim holati kuzatilmadi. Sababi, mahallada uzoq yillardan buyon hamjihatlikda yaşab kelayotgan oilalarning yoş oilalarga har tomonlama örnak bölib kelayotgani, yangi turmuş qurgan oilalarning tinç- totuvlikda, ahil-inoqlikda yaşaşlarida muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Yoş oilalarga har tomonlama örnak bölib kelayotgan mana şunday oilalardan biri Rustam aka Yusupovning oilasidir. Rustam aka turmuş örtoği Roza opa bilan uzoq yillardan buyon özaro oğizbirçilikda yaşab, ikki qiz va bir nafar öğil farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Farzandlariga yoşlik paytidan töğri tarbiya berib, halol luqma yedirdi.
Özining mehnat faoliyati davomida hamkasblariga hurmat-izzatda bölib, elning duosini oldi. Şu sababdan hammi, farzandlar otaning mukammal tarbiyasini olib, nufuzli oliygohlarda taʼlim-tarbiya oldilar. Özlari tanlagan kasbning yetuk mutaxassisi bölib yetişdilar. Yulduzxon va Nargizaxon qizlari turmuş qurgaç, turmuş örtoğining xizmat vazifasi sabab ota-onasidan olisroqda – Navoiy va Toşkent şaharlarida yaşaşadi. Ammo, suyukli onaning bergan oqilona tarbiyasi ularga hamişa hamroh.
Oiladagi soğlom maʼnaviy muhit, nevaralarga berilayotgan eʼtibor tufayli oilaning tönğiç nevarasi Rasulbek rassomçilikka mehr qöydi. 2-sinflik paytidan “Yoş rassomlar” tögaragiga qatnaşib köplab tanlovlarda ğoliblikni qölga kiritdi. Yoşgina bölişiga qaramasdan, nabirasining erişayotgan yutuq va muvaffaqiyatlaridan bobosi va buvisi ğururlanib, uning kelajakda taniqli rassom bölib yetişişi uçun hamişa duo qiladi.
Joriy yilning ötgan 6 oyi davomida Olmazor mahalla fuqarolar yiğini raisi Azat Madraimov, hokim yordamçisi Hamro Yöldaşev, xotin-qizlar faoli Örozgul Yakubova, profilaktika inspektori Muslimbek Jabborberganov, yoşlar yetakçisi Alibek Sobirovlarning özaro hamkorlikda va hamjihatlikda faoliyat yuritişlari natijasida oilaviy ajrimlar, yoşlar örtasidagi huquqbuzarliklar, jinoyatlar sodir etilmadi.
Mahalla xodimlari, köça boşçilari, “Oqila ayollar harakati” aʼzolari mahalladagi har bir oilaning yaşaş şaroiti, turmuş tarzidan doimiy ravişda boxabar bölib turadilar. Mahalladagi mavjud muammolarni esa birgalikda bamaslahat hal qiladilar.
Rustam aka singari köpni körgan, tajribali el oğalarining taşabbuskorligi, mahalla aholisini birlaştira olişdek qobiliyatlari tufayli mahalla hududi yanada obod bölib bormoqda.
Şu örinda aytiş lozimki, har qanday mamlakat va davlatning eng katta boyligi, kuçi qudrati bu uning bağrida yaşayotgan oilalar va aholidir. Yurt tinçligi oilalar tinçligidan, el-yurt farovonligi oilalar farovonligidan paydo böladi.
Olmazor mahallasida yaşovçi Rustam aka va Roza opaning oilasi singari bağri butun, obod oilalarda mamlakatimiz kelajagi bölgan maʼnaviy barkamol avlod voyaga yetadi, unib-ösadi. Mana şunday barkamol yoşlarning esa Vatan taraqqiyoti va yurt ravnaqiga munosib hissa qöşişlari şubhasiz.
Fotima Eşimbetova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶