“ÖQITUVÇI VA MURABBIYLAR SALOMATLIGI OYLIGI” DOIRASIDA ÖQITUVÇILAR UÇUN ÇUQURLAŞTIRILGAN TIBBIY KÖRIK ÖTKAZILMOQDA
Avlodlar barkamolligi va jamiyat soğlomligi dastlab bola dunyoga kelgan oilasida va maktabda ularga berilgan taʼlim-tarbiya sifatiga köp jihatdan boğliq. Şu boisdan ham ustoz murabbiylarni qöllab-quvvatlaş, mehnatlarini munosib baholaş borasida keyingi yillarda köpgina saʼy-harakatlar amalga oşirilmoqda, ularni eʼzozlaş, ijtimoiy imtiyozlar yaratişga eʼtibor kuçaytirilmoqda.
Darhaqiqat yurt ustoz-murabbiylar mehnati samarasidan obod, farovon, tinç va osoyişta. Yurtimizda istiqomat qiluvçi ustoz-murabbiylarga xalqimizning hurmat-ehtiromi sifatida Respublika Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan “Öqituvçi va murabbiylar salomatligi oyligi” ötkazilayapti.
Joriy yilning 20-iyul kuni tuman Tibbiyot birlaşmasiga qaraşli köp tarmoqli markaziy poliklinikasida oylik doirasida öqituvçilar uçun aktsiya taşkil etildi. Şunga muvofiq tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi muassasalarining 137 nafar xodimlari EKG. UTT, laboratoriya tekşiruvlari, şuningdek, kardiolog, nevropatolog, urolog, ginekolog, oftalmolog va endokrinolog kabi tor soha mutaxassislari tomonidan tibbiy körikdan ötkazildi. Çuqurlaştirilgan tibbiy körik davomida soğliğida muammo aniqlanganlar şifokorlar nazoratiga olindi. Şuningdek kasallik aniqlangan xodimlarga holatiga qarab, statsionar va ambulator şaroitda davolanişga tavsiyalar berildi.
Tibbiy körikdan ötkaziş jarayonida ustoz-murabbiylarga şifokorlar soğlom turmuş tarzi umummilliy harakati dasturlarini amalga oşiriş maqsadida ular bilan induvidual suhbatlar ham ötkazişmoqda.
“Öqituvçi va murabbiylar oyligi” doirasidagi tibbiy köriklar davom etmoqda.
Faxriddin ABDULLAYeV, tuman Tibbiyot birlaşmasi boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶