“YoNĞIN XAVFSIZLIGINI TAʼMINLAŞ BÖYIÇA DOLZARB 30 KUN” DOIRASIDA MAXSUS-TAKTIK ÖQUV MAŞQI ÖTKAZILDI
Amudaryo tuman hokimining 2023-yil 8-iyuldagi joriy yilning 10-iyul - 10-avgust kunlari oraliğida tuman hududida “Yonğin xavfsizligini taʼminlaş böyiça dolzarb 30 kun” tadbirini ötkaziş töğrisida”gi Farmoyişi ijrosini taʼminlaş maqsadida, joriy yilning 17-iyul sanasida Amudaryo tumanining Dörman ovulida joylaşgan “Qaldirğoç” bolalar dam oliş oromgohida yonğin xavfsizligini taʼminlaş böyiça körgazmali maxsus taktik-öquv maşqi ötkazildi.
Öquv maşqiga Amudaryo tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi Favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmasi va fuqaro muhofazasi bölinmasi boşliği, mayor Bekzod Tajibayev hamda bölinma inspektori leytenant Hasan Hayitboyevlar iştirok etişdi va maşqlarni belgilangan reja asosida olib borişdi.
Uşbu öquv maşqini ötkazişdan asosiy maqsad oromgoh hududida yonğin sodir bölganda obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmalarining amaliy harakatlarini va könikmalarini oşiriş, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obʼekt rahbarlar tarkibi hamda fuqaro muhofazasi şaxsiy tarkibining töğri harakat qiliş könikmalarini takomillaştirişdan iboratdir. Şuningdek, tadbirdan boşqaruv organi va fuqaro muhofazasi şaxsiy tarkibining keçiktirib bölmaydigan yonğin öçiriş va qutqaruv işlariga tayyorgarligini kuçaytiriş, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda fuqaro muhofazasi şaxsiy tarkibining öz majburiyatlarini aniq va töğri bajarişini amaliyotda sinaş va örganiş kabi maqsadlar ham közlangan. Maxsus taktik öquv maşqi ötkaziş orqali dam olayotgan öquvçi-yoşlarga yonğinning oldini oliş va bartaraf etiş böyiça tuşunçalar beriş va birlamçi yonğin öçiriş vositalari töğrisida maʼlumotlar taqdim etiş orqali öquvçi-yoşlarning bu boradagi könikmalarini rivojlantiriş ham közda tutilgan.
Öquv maşqining 1-bosqiçida “Qaldirğoç” bolalar dam oliş oromgohidagi maydonda yonğinlar bilan boğliq bölgan favqulodda vaziyatlar röy berganda obʼekt fuqaro muhofazasi tuzilmasining tezkorlik bilan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş harakatlari amalda körsatib berildi.
2-bosqiçda esa “Qaldirğoç” bolalar dam oliş oromgohida yonğin sodir bölganda jabrlanganlarni xavfsiz hududga olib çiqiş va birinçi tibbiy yordam körsatiş hamda yonğinni bartaraf etiş harakatlari amalda körsatilib, tadbir iştirokçilariga zarur tavsiyalar taqdim etildi.
Öquv-maşqining ikkala bosqiçi ham körgazmali vositalar orqali olib borilgani bois, oromgohda dam olayotgan öquvçi-yoşlar haqiqatdan ham yonğin sodir bölgan qaltis vaziyatlarda asosan nimalarga eʼtibor qaratiş zarurligini, şuningdek, oddiy fuqarolarning yonğin-qutqaruv xizmati xodimlarining körsatmalariga amal qilişi borasidagi könikmalariga ega böldilar.
Oromgohda dam olayotgan bolalar ham yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qiliş böyiça dastlabki bilim va könikmalarga ega böldilar. Amaliyot şuni körsatadiki, odatda yonğin sodir bölayotganda bolalar heç kim topa olmaydigan joyga yaşirinişadi. Bola xavf haqida xabar bermoqçi bölib, qiçqirişi mumkin, ammo bunday hollarda ovoz odatda çiqmay qoliş mumkin. Şuning uçun bolalarga xavfsizlik qoidalarini kiçkinaligidanoq örgatiş va yonğin qanday xavfli ekanini tuşuntiriş lozim.
Tadbir yakunida oromgohda dam olayotgan öquvçi-yoşlar masʼullarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va zarur javoblar oldilar.
I.Hosilov, Amudaryo tumani FVB boşliği, podpolkovnik.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶