“Ishbilarmon ayol” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, siyosiy jarayonlar tub mazmun-mohiyatini keng tarzda targʻib qilish, yurtimiz iqtisodiyotida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ishbilarmon ayol” koʻrik-tanlovi oʻtkazilib kelinmoqda.
Amudaryo tumanida ham ushbu tanlovning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Tanlovda ishtirokchilar qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish, ayollarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirish yuzasidan ishlab chiqqan loyihalari va koʻrgazmalari bilan qatnashdilar. Tanlovda qatnashchilar tikuvchilik yoʻnalishi boʻyicha oʻzlari tayyorlagan liboslarni namoyish etib, uning tikilish uslubi, dizayni, qanday tadbirlarga kiyilishi lozimligi boʻyicha batafsil maʼlumot berdilar.
Tanlovning yakuniy natijalariga koʻra mutloq gʻoliblikni “Tamara textil” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Tamara Yusupova egalladi. Tadbirkor ayol Respublika bosqichda ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Tanlovda ishtirok etib yuqori natijalarga erishgan boshqa ishtirokchilar ham “Zamonaviy tashabbuskor ayol”, “Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli”, “Investittsiyalarni jalb qilishda tashabbus koʻrsatgan ishbilarmon ayol”, “Eng yosh, faol ayol tadbirkor” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandi.
Aytish kerakki, Tadbirkorlar va ishbilarmon harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federattsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi, Qoraqalpogʻiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashining qoʻshma qaroriga asosan oʻtkazilayotgan mazkur tanlovning belgilangan nizom va qoidalariga muvofiq tarzda ishtirokchilarning faoliyati obʼektivlik va shaffoflik taʼminalangan holda baholandi.
Tanlov jarayonida ishtirokchilarning tumanda hunarmandchilikni rivojlantirayotgani, zamonaviy ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratayotgani, aholiga xizmat koʻrsatishni qay darajada tashkillashtirgani inobatga olindi.
Koʻrik-tanlovning mutlaq gʻolibi Tamara Yusupova oʻzining tadbirkorligi, shijoatliligi bilan 50 nafardan ziyod ishsiz ayol-qizlarni ish bilan taʼminlagan. U 2019-yildan buyon Mangʻit shahridagi kichik sanoat zonasidan ajratilgan binoda tadbirkorlik faoliyatini olib bormoqda. “Tamara textil” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgan vaqtda 15 ta ish oʻrni mavjud edi. Ayni kunlarda tadbirkor imtiyozli kreditlar olib yangi ish oʻrinlarini yaratishga harakat qilmoqda.
Umuman olganda, tanlov ishtitrokchilarini faqat shartli ravishdagina gʻolib va sovrindorlarga ajratish mumkin. Aslida ularning har biri oʻzlari faoliyat olib borayotgan sohalarda qoʻlga kiritayotgan yutuqlari, oilalari va el-yurt farovonligi yoʻlida qilayotgan fidokorona mehnatlari, intilishlari bilan har qanday eʼtirofga, eʼzozga loyiqdir.
Tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶