HAMIŞA ODAMLAR ORASIDA
Mahalla – qadriyatlar beşigi. Uning har qariç yeri, har bitta köça va xonadoni obodligi ana şu aziz qadriyatlar – anʼana va udumlar, betakror urf-odatlar, bundan ham muhimi, mahalladoşlarning özaro mehr-oqibatlari, qadrdonlik tuyğulari ustuvorligidan. Şu bois, mahalla ahli biri-biriga befarq emas, quvonçini ham qayğusini ham birgalikda baham körişadi.
Manğit şahrining Olmazor mahallasida yaşovçi 3228 nafar aholining kundalik turmuş tarziga nazar solsangiz, biri-birini köz qiymas qadrdonlik, özaro ahillik, totuvlik taftini his etasiz. Özbek, qozoq, qoraqalpoq, turkman va boşqa millat vakillarining biri-biriga el, qon-qarindoş, ahillikda yaşayotganlarining özi eʼtiborga munosib. 563ta xonadon tarkibidagi 911ta oilalarni obod, osoyişta va sölim göşalarga aylantirib, mahalla fayziga-fayz qöşayotgan 1627 nafar ayol-qizlar nafaqat öz oilalarining, balki mahallaning, el-yurtning faxriga aylanişgan. Uluğ hazrat imom Ğazzoliy eʼtirof etganlariday: “ahli ayolining hurmatini joyiga qöyadirğon xalqning oilasi ham, yurti ham tinç va osoyişta bölur”. Vaholanki, Olmazor mahallasi ahli ham ana şunday tinç va osoyiştalikka muşarrafdirlarki, buni biz birgina mahalla ayol-qizlariga körsatilayotgan eʼtibor va rağbat misolida yaqqol kördik.
Mahalla xotin-qizlar faoli Örozgul Yoqubova uşbu lavozimda öz faoliyatini boşlaganiga endi bir yildan oşdi. U ilk iş faoliyatiga kirişgan kunni juda yaxşi eslaydi. Işni aholining tarkibini, xonadonlarning geografik joylaşuv örni, ayol-qizlarning ijtimoiy ahvolini örganişdan boşlagan Örozgulning yon daftarida şu kunning özidayoq “muammolar” degan sahifa paydo böldi.
Ayol-qizlar hayotiga oid muammoli holatlar 5 ta toifa asosida örganilib, har bir toifa böyiça xatlov ötkazildi va ehtiyojmand ayollar röyxati şakllantirildi. Unga köra, 2023-yilda “Ayollar daftari”ning 4-bosqiçi xatlov jarayoni yakunlari böyiça mahallada 83 nafar ehtiyojmand ayol-qizlar borligi aniqlandi. Örozgul Yoqubova uyma-uy kirib borib, har bir ehtiyojmand ayol-qizning turmuş şaroiti bilan yaqindan tanişdi.
Ayol-qizlarning qiziqiş va imkoniyatlarini puxta örgangan Örozgul Yoqubova “Ayollar daftari”ning 1-toifasiga mansub 6 nafar işsiz ayol-qizlarning şaxsiy qiziqişlari va imkoniyatlaridan kelib çiqib, tadbirkorlik markazlarida tikuvçilik yönalişi böyiça davlat tomonidan bepul kasb-hunar örganişlari uçun şaroit yaratib, ularning özini-özi band qiliş tamoyili asosida iş bilan taʼminlanişlariga yaqindan yordam berdi. Şuningdek, 2 nafar ayol doimiy iş örinlariga joylaştirilib, 2 nafar ayol-qiz aholi bandligiga kömaklaşiş markazi tomonidan mavsumiy işlarga jalb qilindi.
“Ayollar daftari”ning 2-toifasidagi Gavhar Gulmanovaga hokim yordamçisi bilan hamkorlikda 33 mln. sömlik imtiyozli kredit mablaği ajratilişiga kömaklaşildi va natijada Gavhar Gulmanova qisqa fursat içida öz tadbirkorlik faoliyatini yölga qöydi. Saodat Yoqubovaga esa öz xonadonidan mos xona ajratilib, “Miss Pishiriqlari” MÇJ faoliyatini yölga qöyişida hokim yordamçisi bilan hamkorlikda amaliy yordam körsatilib, uning tadbirkorlik faoliyati uçun 33 mln. sömlik imtiyozli kredit mablaği olişida kömaklaşildi.
Mahalla xotin-qizlar faoli deyarli har kuni butun iş vaqtini xotin-qizlar orasida, ularning hayotiga doir muammolar yeçimini topiş yölidagi saʼy-harakatlar bilan ötkazadi. Mahallada boquvçisini yöqotgan ehtiyojmand Dilorom Törayeva ismli onaxon istiqomat qiladilar. Farzandlari, rözğorning oğir taşvişidan ortmagan onaxonning birdan-bir orzusi – muqaddas Kaʼba ziyoratida böliş edi. 3-toifa “Ayollar daftari” röyxatidagi onaxonga Örozgul Yoqubovaning yelib-yugurişi, qolaversa, Prezidentimizning taşabbuslari bilan joriy yil ramazon oyida davlatimiz tomonidan umra safariga bepul borib keliş imkoniyati yaratildi. 12 nafar ayol-qizlarga esa BHMning tört baravari miqdorida “Ayollar daftari” jamğarmasi hisobidan bir martalik moddiy yordam körsatildi. Daftarning 4-toifasiga kiritilgan 16 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bölgan ayol-qizlar, şuningdek, nogironligi bor farzandlari bölgan ayol-qizlarga zarur tibbiy yordamlar körsatilib, ularni soğlomlaştiriş çoralari körildi.
“Har insonning öz uy-qörğoni bölsin”, deb bejiz aytişmagan. Öz uyida saranjom-sarişta, xotirjam yaşaşga ne yetsin! “Ayollar daftari”ning 5-toifasi röyxatiga kiritilgan uy-joyga ehtiyojmand 2 ta yoş oila uçun subsidiya ajratilişiga va uy-joy bilan taʼminlanişiga kömaklaşiş ham Örozgul Yoqubovaning doimiy nazoratida.
Şuningdek, qaramoğida nogiron farzandi bölgan ikki nafar ayol-qizning ham öz hayotini xotirjam, osoyişta ötkazişlarini taʼminlaş maqsadida ular mono markaz tomonidan tadbirkorlik yönalişi böyiça bepul öqitilib, sertifikatlar berildi va öz uylarida tadbirkorlik faoliyatlarini boşlaşlari uçun şaroitlar yaratildi. Ulardan biri Şahloxon Yesanova öz xonadonida tikuvçilik tsexi oçib, mahallaning yoş qizlariga çevarlik sirlarini örgatmoqda. Zevarjon Sobirova esa 15 mln. sömlik imtiyozli kredit olib, xonadon çorvaçiligini yölga qöydi va oilasiga daromad keltirmoqda.
Mahallada 15 nafar ibratli oila bekalarini birlaştirgan “Oqila ayollar” harakati faoliyati yölga qöyilgan. Harakat aʼzolarining 19 nafar köça boşçi ayollar bilan hamkorlikdagi faoliyati havas va eʼtirofga munosib. Çunki aynan ana şu “Oqila ayollar” jamoatçilik tuzilmasi va 19 nafar köça boşçi ayollarning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari tufayli ötgan ikki yil davomida oilaviy ajraşişlarga barham berildi. Nizoli, notinç oilalarda mahalla xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, “Oqila ayollar” jamoatçilik tuzilmasi va köça boşçi ayollarning özaro hamkorlikdagi faoliyati va tarğibot-taşviqot tadbirlari tufayli soğlom maʼnaviy muhit qaror topişiga erişildi. Natijada bironta ham Olmazor mahallalik ayol-qizlar profilaktik hisobga kiritilmadi.
Haftaning har payşanba kunida ötkaziladigan “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” “Odam savdosi – asr muammosi”, “Biz – zöravonlikka qarşimiz” kabi huquqiy-maʼrifiy tadbirlar, xotin-qizlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zörlik işlatiş ehtimoli mavjud oilalarda olib borilayotgan profilaktik tuşuntiriş işlari, oşkora va samimiy muloqotlar tufayli mahalla xotin-qizlarining ijtimoiy faolligi oşib bormoqda. Bu borada xotin-qizlar faoli Örozgul Yoqubovaning mahalla hududidagi taʼlim-tarbiya muassasalari bilan hamkorlikda amalga oşirayotgan işlari tufayli hayotiy boy tajribaga ega nuroniy onaxonlardan iborat “Bibixonim maktabi” faoliyati ham yölga qöyilgan bölib, yilning har çoragida 82-sonli maktabning yuqori sinf öquvçi-yoşlari iştirokida yoş qizlarni turmuşga, oilaviy hayotga tayyorlaşga bağişlangan “Erta turmuşning salbiy oqibatlari”, “Oilada qiz bolaning örni”, “Qiz bola – bölğusi onadir” mavzularida, şuningdek, oilalarda kitobxonlik muhitini yaxşilaşga qaratilgan “Men sevgan badiiy qahramon”, “Kitob – hayot çaroğboni, umr ziynati” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ösib kelayotgan yoş qizlar – bölğusi onalar va oilalarning gözal va sarişta bekalarini tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Örozgul Yoqubova uçun esa el-yurt manfaati yölida xizmat qiliş, mahalla xotin-qizlarini hamişa tinç, osoyişta va xotirjam körişdan ham uluğroq baxt yöq.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶