28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:59
Salomatlik 👁 404

Tuman SEO va JS boʻlimida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha media-tur tashkil etildi

Tuman SEO va JS boʻlimida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha media-tur tashkil etildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tomonidan boshqarmaning tuman boʻlimida amalga oshirilayotgan ishlarga doir media-tur tashkil etildi.

1-avgust kuni tumandagi ommaviy axborot vositalari vakillari, tegishli tashkilotlar hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlari ishtirokida oʻtgan mazkur tadbirda tuman hududidagi sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash borasidagi ishlar haqida keng turda maʼlumotlar berildi.

Tadbirda Beruniy nomli mahalladagi aholi xonadonlari, koʻchalarning sanitariya-gigiyenik holati koʻzdan kechirildi. Fuqarolarga tandir va oʻchoqlarni hojatxonaga yaqin qurmaslik, axlatlarni toʻgʻri kelgan joyga tashlamaslik, meva-sabzavotlarni yuvmasdan ishlatmaslik, qaynamagan suvni isteʼmol qilmaslik kerakligi tushuntirildi. Ularga yoz-kuz oylarida tarqaladigan yuqumli va parazitar kasalliklar haqida maʼlumotlar ham berib oʻtildi.

Tadbir ishtirokchilari Olmazor mahallasidagi koʻngil ochar joylarda, oziq-ovqat mahsulotlari doʻkonlari va umumiy ovqatlanish oʻrinlaridagi sanitariya holatlarini koʻzdan kechirishdi. Oybek nomli mahallada esa 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib, kichkintoylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yuvinish joylaridagi, oshxonadagi tozalik va oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanish holatlarini koʻrib chiqishdi.

Taʼkidlash joizki, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi bilan bogʻliq muammoli masalalarni hal etishning yangicha “Mahallabay” ishlash tizimi tashkil etilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimining mutaxassislaridan tuzilgan ishchi guruh vakillari aholi orasida targʻibot-tushuntirish ishlarini olib borib, turli kasalliklar tarqalashining oldini olishmoqda.

Mutaxassislar targʻibot-tashviqot ishlari davomida mavsumiy kasalliklar, oʻtkir yuqumli oshqozon-ichak kasalliklari, botulizm va boshqa turdagi ovqatdan zaharlanishlar, virusli gepatitlar, oʻta xavfli yuqumli va parazitar-gijja kasalliklarining profilaktikasi, ichimlik suviga qoʻyiladigan gigiyenik talablar toʻgʻrisidagi tarqatma materiallarni fuqarolarga eslatma tarzida berib chiqishmoqda.

Media-tur ishtirokchilari Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishgalik va jamoat salomatligi boʻlimiga qarashli laboratoriyalarida ham boʻlishdi. U yerdagi ish jarayoni, tekshirishga olingan namunalar tahlili hamda boʻlim tomonidan aholini yuqumli kasalliklarga qarshi emlashdagi immunoprofilaktikaning borishi borasidagi ishlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

Tadbir yakunida tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi boshligʻi Gulmurod Bekiyev hududda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash bilan birga sohada yosh kadrlarning mutaxassislik boʻyicha bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani, shuningdek, ularning malakasini oshirish va oʻqish bilan amaliyotni birga olib borishiga sharoit yaratib berilayotgani haqida ham maʼlumotlar berdi. Shuningdek, yosh mutaxassislarni “Ustoz-shogird anʼanasi”ga asoslangan holda koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan oliy toifali mutaxassislarga biriktirib, ularga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda sohaga oid boʻlgan qonunlar, qaror va sanitariya-qoida normalari hujjatlari asosida ish yuritish boʻyicha koʻnikmalar berilayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Media-turda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ham atroflicha, batafsil javoblar berildi. Tadbirga tashrif buyurganlar boʻlim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, sohaga oid maʼlumotlarga ega boʻldilar.

T.Babaniyazov, tuman SEO va JS boʻlimi sanitariya-shifokori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026