USTOZIMIZ - HAQIQIY “TAʼLIM IFTIXORI”
Öqituvçilik - şarafli kasb. Yoş avlodga bilim beriş,ularni kelajakda har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalaş yölida öqituvçining örni beqiyos,albatta.
Prezidentimiz taşabbusi bilan taʼlim-tarbiya sohasida juda katta işlar amalga oşirilmoqda.Bugungi kunda öqituvçi mehnatiga katta eʼtibor berilib, uning qadri yanada yuksalmoqda.
Yurtimizda öz kasbini sevib,tinmay izlanib mehnat qilayotgan fidoyi ustozlar juda köp.Amudaryo tumanidagi 69-sonli maktabning tasviriy sanʼat fani öqituvçisi Malohat Boltayeva ham öz kasbini sevgan ustozlardan biri. U "Barkamol avlod" bolalar maktabida ham bolalarga tasviriy-sanʼat sirlarini örgatmoqda.
Şogirdlarining köpçiligi ustoz izidan borib, öqituvçilik kasbini tanlaşganidan mamnun. Malohat Boltayeva izlanuvçan va fidoyi ustoz sifatida maktab jamoasida ham obrö-eʼtiborga ega. Özining kamtarligi va taşabbuskorligi bilan kasbdoşlari mehrini qozongan.
Yaqinda Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi miqyosida ötkazilgan ilmiy-amaliy "Taʼlim iftixori" körik-tanloviga taqdim qilingan "Zamonaviy uzluksiz taʼlim sifatini oşiriş: intellktual taʼlim-tarbiya, innovatsiya va istiqbollar" mavzusidagi pedagogik tadqiqot işi körik-tanlov ilmiy kengaşi tomonidan yuqori baholanib, u "Taʼlim iftixori" kökrak nişoni hamda maxsus guvohnoma va sertifikat, taşakkurnoma şuningdek, ilmiy pedagogik maqolalar jamlangan töplam hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandi.
Ustozimiz Malohat Boltayevani uşbu yutuği bilan çin qalbimizdan tabriklaymiz va kelgusi işlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Mahbuba Sariyeva, 69-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶