28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:59
Iqtisodiyot 👁 255

INTILUVChAN TADBIRKOR

INTILUVChAN TADBIRKOR

Mamlakatimizda bugungi kunda ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va imtiyozlar Amudaryo tumanidagi «Tamara Textile» masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari Tamara Yusupova kabi aniq maqsadi tomon dadil intilayotgan faol ayollarga yanada kuch-gʻayrat bagʻishlaydi.

Asl tadbirkor kishilar doimo oʻz ishbilarmonligi bilan farovonlikka erishgan. Faqat oʻzlarinigina emas, balki el-yurt taraqqiyotiga va farovonligiga hissa qoʻshayotgan insonlar safi kengayib borayotgani yanada quvonarli.

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon odamlardan davr bilan hamnafas boʻlishni, tengma-teng qadam tashlash uchun doim izlanishni, oʻqib-oʻrganishni talab qilmoqda. Biz hikoya qilmoqchi boʻlgan tadbirkor ayol – Amudaryo tumanining Qilichboy ovulida tugʻilib-oʻsgan, ayni kunda tikuvchilik sohasida katta biznesiga ega Tamara Yusupovadir. U 2009-yilda tikuvchilik boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Shijoatli, ilgʻor, qadamidan oʻt chaqnaydigan ayollarni koʻrsam, Toʻmaris avlodi ekanligimizdan gʻururlanaman. Tamara Yusupova bilan tanishganim sayin yuqoridagi fikr xayolimga keladi.

Davlatmiz rahbarining ayollar tadbirkorligi va ishbilarmonligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy etayotgan imkoniyatlaridan ilhomlanib, tumanimizda tikuvchilik tsexi ochgan Tamara Yusupovaning amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishish jarayonida ayolning ishbilarmon boʻlishi jamiyatning rivoji uchun qanchalik muhim rol oʻynashiga yana bir karra amin boʻldik.

Mamlakatimizda olib borilayotgan oʻzgarishlardan ilhomlanib yurt ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshish istagida tadbirkor dastlab 3 mln. soʻm, keyinchalik 40 mln. Soʻmlik bank kreditlari evaziga faoliyatini boshladi.

Tadbirkor ayol kredit evaziga olingan mablagʻga turli tikuv mashinalari, dazmol stollari, tikuv tsexi uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalar sotib olib, ish faoliyatini muntazam ravishda kengaytirib bordi.

Ishga astoydil bel bogʻlagan qahramonimiz ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlab, koʻplab shogirdlar tayyorladi. Bugungi kunda esa buyurtmalar asosida ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini sifatli va hamyonbop narxlarda tayyorlab, xaridorlarga yetkazib bermoqda.

Mazkur korxona tomonidan 2019-2021-yillarda jami 671,8 million soʻmlik, jumladan, 2019-yilda 134,8 million, 2020-yilda 217 million, 2021-yilda 320 million soʻmlik kiyim-kechak mahsuloti ishlab chiqarildi. Uning ishni toʻgʻri tashkil etishi natijasida korxona tomonidan keyingi uch yilda 874,8 million soʻm daromad olinib, 203 million soʻm sof foyda olishga erishildi. 2019-2021-yillar mobaynida korxonada ishlab chiqarish tsexlarini ishga tushirish, kengaytirish evaziga 25 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

U respublika miqyosida oʻtkaziladigan turli tadbir va koʻrik-tanlovlarda faol qatnashib keladi. Jumladan, 2009-yilda Toshkent shaxrida oʻtkazilgan «Qoʻli guldir oʻzbek ayolin» nomli koʻrgazmasida, 2012-yilda «Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!» tadbirida mamlakatimiz ravnaqiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan «Tashakkurnoma» bilan taqdirlandi.

2021-yilning noyabr oyida esa «Eng yaxshi ish beruvchi tadbirkor ayol» koʻrik tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tamara Yusupova oʻzining yangiliklarga intilishi va ish tajribasi bilan har yili oʻtkazilishi anʼanaga aylangan “Tashabbus” koʻrik-tanlovida faol ishtirok etib, bir necha marta gʻoliblar safidan joy oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yilning 17-avgustdagi farmoyishiga binoan, milliy iqtisodiyotimizni barqaror yuksaltirish, yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik rivojini yangi bosqichga koʻtarish, mamlakatimizning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish borasidagi katta xizmatlari, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ish oʻrinlari yaratish, aholi farovonligini taʼminlashga qoʻshgan munosib hissasi, shuningdek, biznesda erishayotgan amaliy natijalari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishiroki uchun Tamara Yusupova “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Tadbirkor Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputati sifatida ham faol ish olib bormoqda.

Tamara Yusupovaning faoliyatini birgina maqolaga sigʻdirish juda qiyin. Uningdek tashabbuskor, tadbirkor ayollar safi kengayib, mamlakatimiz iqtisodiyoti va xalqimiz farovonligi bundanda yuksalaverishiga tilakdoshmiz!

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026