Elga xizmat – oliy himmat
Men yetmişinçi yillarning boşlarida tumanimizdagi jamoa xöjaliklaridan birida temirçi usta vazifasida işlayotgan otam – Tajim ustaning işxonasiga tez-tez borib, uning işlarini kuzatardim, u-bu işlariga yordamlaşib yurardim. Ustaçilikka qiziqişim borligini sezgan otam menga dastlab rözğor buyumlarini yasaşni örgata boşladi.
1975-yildan mustaqil usta sifatida iş boşladim. Şu davrdan to hozirgi kungaça hunarmandçilik bilan şuğullanib kelaman.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallaştiriş, boşqaruvning bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etiş, qulay işbilarmonlik muhitini şakllantiriş, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş yölidagi ortiqça byurokratik tösiq va ğovlarni bartaraf etiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda.
Prezidentimizning 2015-yil 15-maydagi "Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni taʼminlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va örnini tubdan oşiriş, tadbirkorlik faoliyatini taşkil etiş yölidagi mavjud tösiq va çeklovlarni tugatiş, xususiy mulkning yalpi içki mahsulotda, jumladan, xorij sarmoyasi iştirokidagi uluşini izçil oşiriş uçun yanada qulay iqtisodiy, huquqiy şaroit va rağbatlar yaratişga qaratilgan.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni, şuningdek hunarmandçilikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va rivojlantirişga juda katta eʼtibor berilayotganligi mening "Jumamurod usta” oilaviy korxonasini oçişimga sababçi böldi. Oilaviy korxonamizda 5-6 kişi, ayrim paytlarda esa 10 kişigaça mehnat qilamiz. Biz işlab çiqarayotgan 40 xildan ziyod uy-rözğor buyumlari sifati yaxşiligi tufayli hamşa xaridorgir bölayapti.
Kelgusida biz
işlab çiqarayotgan mahsulotlarimiz turlarini köpaytirib, sifatini yanada
yaxşilaşga eʼtiborni kuçaytiramiz.
Maqsadimiz – eldoşlarimizga yanada yaxşiroq xizmat körsatiş va ularning olqişiga sazovor böliş.
Jumamurod BOBOJONOV, hunarmand.
Maqola Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan loyiha doirasida tayyorlandi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶