TOŞ YoP OVULIDA “SOĞLOM MUHIT – SOĞLOM HAYoT” GRANT LOYIHASI DOIRASIDA DAVRA SUHBATI ÖTKAZILDI
Toş yop ovulida “www.amunews.uz” veb-saytining “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi rejasiga muvofiq Tibbiyot birlaşmasi mutaxassis şifokorlari iştirokida davra suhbati taşkil etildi.
23-avgust kuni fuqarolar yiğini binosida loyiha doirasida aholiga giyohvandlik, içkilikbozlik, kaşandalik kabi yomon odatlarning, yaqin qarindoşlar örtasidagi nikoh va erta turmuş qurişning salbiy oqibatlari töğrisida tuşunçalar beriş maqsadida ötkazilgan mazkur tadbirda Amudaryo televideniyesi va “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati xodimlari, tuman Tibbiyot birlaşmasi köp tarmoqli markaziy poliklinikasi narkolog-şifokori Bahodir Çorşamov, Salomatlik bölimi şifokori Tamara Saidovalar hamda yiğin masʼullari, ovul faollari iştirok etişdi. Tadbirda sözga çiqqan narkolog-şifokor Bahodir Çorşamov salomatlik kuşandasi bölgan giyohvandlik va içkilikbozlik bor joyda nosoğlom muhit vujudga kelişi, uning taʼsirida jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilişi mumkinligi töğrisida sözladi.
Tadbirda giyohvandlik bugungi kunda butun dunyo jamoatçiligini taşvişga solayotgan dolzarb muammolardan biri ekanligi taʼkidlandi. Şuningdek, giyohvandlikka oid jinoyatçilikning huquqiy asoslari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Darhaqiqat, giyohvandlik, içkilikbozlikdek salbiy illatlar nafaqat oilalarga, balki jamiyatga ham katta zarar yetkazadi. Taşviş va muammolar keltirib çiqariş bilan birga, bu zararli odatga berilgan har qanday inson oxir-oqibat mutlaqo keraksiz şaxsga aylanadi. Bunday holatlarning oldini oliş, aholining tibbiy madaniyatini oşiriş va oilalarda soğlom turmuş töğrisidagi tuşunçalarni şakllantiriş maqsadida www.amunews.uz veb-saytining “Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasida keng tarzda uçraşuv, davra suhbatlari, muloqotlar ötkazilmoqda. Şifokorlar va boşqa mutaxassislar jalb qilingan holda ötkazilayotgan uşbu tadbirlarda aholiga giyohvandlik va içkilikbozlikning jirkanç illat ekanligi, uning oilaga salbiy taʼsiri, nosoğlom oilalar va nosoğlom farzandlar tuğilişi manbai ekanligi batafsil tuşuntirilmoqda.
Şifokor Bahodir Çorşamov oila soğlom bölsagina uning barqarorligi va obodligi taʼminlanişi, aksinça oilada giyohvandlik va içkilikbozlik hukmron bölsa oilaning tanazzulga yuz tutişini aholiga sodda va tuşunarli tarzda, hayotiy misollarni keltirgan holda tuşuntirdi. Undan taşqari, tuman Tibbiyot birlaşmasi tomonidan içkilikbozlikka berilganlarni davolaş, töğri hayot tarziga qaytariş borasida olib borilayotgan çora-tadbirlar xususida maʼlumotlar berdi.
Taʼkidlanganidek, tuman Tibbiyot birlaşmasining köp tarmoqli poliklinikasiga qaraşli narkologiya bölimi 1985-yilda taşkil etilgan. Bugungi kunda surunkali alkogolizmga çalinganlar 168 nafarni, giyohvandlikka çalinganlar esa 4 nafarni taşkil qiladi. Joriy yilda Markaziy şifoxonada alkogolizm kasalligiga çalingan bemorlarga taşxis qöyişga möljallangan 10 ta örinli reabilitatsiya markazi taşkil etilgan bölib, şu paytga qadar uşbu markazga 510 nafar fuqaro qabul qilingan. Şundan 19 nafari Respublika Narkologiya dispanseriga 6 oy muddatga davolanişga jönatilgan.
Tadbirda sözga çiqqan Tibbiyot birlaşmasining salomatlik bölimi şifokori Tamara Saidova ham oilaning mustahkamligi köpgina omillar qatori – ona, ota va bolaning salomatligiga boğliqligini taʼkidladi. Oilada kimdir giyohvand va alkogol mahsulotlarni istemol qilmasa, yaqin qarindoşlar va baloğatga yetmaganlar örtasidagi nikoh bölmasa, jismoniy va aqliy jihatdan soğlom farzand dunyoga kelişini tuşuntirdi. Şu bilan birga nikohlanuvçi şaxslar örtasidagi tibbiy körikning kelajak avlod uçun zarurligi, kasallik aniqlangan holatlarda davolaniş kurslarini ötab, keyin nikoh tuzilişi kerakligini ham aytib ötdi. Şuningdek, xotin-qizlar va nikohdan ötuvçi yoşlar orasida soğlom oila quriş, soğlom hayot keçiriş, soğlom turmuş tarzi borasida yetarli maʼlumotlar berdi.
“Soğlom muhit – soğlom hayot” grant loyihasi doirasida ötkazilgan tadbirda iştirokçilarning soğlom turmuş tarzi haqidagi tuşunçalari kengaytirildi. Şuningdek, suhbat mavzulariga doir eslatmalar va bukletlar ham tarqatildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶