ĞÖZA DEFOLIATsIYaSINI SIFATLI ÖTKAZIŞGA OID KÖRGAZMALI SEMINAR BÖLIB ÖTDI
Yurtimiz dehqonlari va qişloq xöjaligi mutaxassislari uçun ğoyat masʼuliyatli va maşaqqatli mavsum – paxta yiğim-terimi mavsumi yaqinlaşmoqda. Barça fermer xöjaliklarida uşbu mavsumni qisqa muddatlarda sifatli ötkaziş, yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmay yiğiştirib oliş yuzasidan zarur çora-tadbirlar amalga oşirilayapti.
Har yili respublikada paxta yetiştiriş, hosildorlikni oşiriş borasida ilğorlar safida böladigan amudaryolik paxtakorlar joriy yilda ham paxta dalalarida möl hosil töplaşga erişdilar. Ayni kunlarda ğöza soha fidoyilari ğöza parvarişini nihoyasiga yetkazişib, yiğim-terimga tayyorgarlikni boşlab yubordilar. Dalalar atroflari tekislanib, terilgan hosilni taşib ketuvçi traktorlar yurişiga va defoliatsiya işlari sifatli ado etilişiga şaroit yaratildi.
Joriy yilda tumanimiz böyiça 347ta fermer xöjaliklariga qaraşli 15201 gektar ekin maydonga çigit ekilgan va fermer xöjaliklari hamda masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta-töqimaçilik klasteri örtasida şartnomalar imzolangan. Uşbu maydonlarning 3903 gektariga “Ravnaq-2” navi, 10858 gektariga “Sulton” navi, 440 gektariga “Buxoro-102” navlari ekilgan. Mavjud paxta maydonlarining 72 foizidan ortiğiga qator orasi 60 santimetrdan, 27 foizidan ortiğiga esa qöşqatorlab uruğ ekildi.
Ayni kunlarda barça paxta maydonlarida böliq kösaklardan oppoq momiqday paxtalar oçilib, yiğim-terim mavsumi yaqinlaşayotganidan darak berib turibdi.
23-avgust kuni Toşyop ovulidagi “Bekman Allamberganov” fermer xöjaligida paxta yiğim-terimi oldidan ötkaziladigan muhim agrotexnik tadbir – ğöza dafoliatsiyasiga bağişlangan körgazmali kengaş bölib ötdi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisi Farhod Ermonov, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi örinbosari Daryabay Qaypov, Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş inspektsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi boşqarmasining qişloq xöjaligi texnikalari holatini nazorat qiliş şöʼbasi boş mutaxassisi Davron Bobojonov, tumandagi qişloq xöjaligi masʼullari, sektorlar rahbarlari, fermerlar iştirok etdilar.
Mutaxassislar yiğilganlarga ğözalarni defoliatsiya qiliş uçun texnikalarning tayyorlanişi, defoliantlarni qöllaş böyiça keng tuşunçalar berdilar.
Şuningdek, defoliatsiyaning ğöza kösaklari barvaqt oçilişi va yiğim-terim mavsumini qisqa muddatlarda ötkazişdagi ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlandiki, ğözalarni defoliatsiya qilişning qulay muddati nihollar kösaklarining yarmidan köpi oçilgan vaqt hisoblanadi. Defoliatsiya tufayli barglari tökilgan ğözalarning qolgan kösaklari ham 10-12 kunda oçiladi. Bu mavsumni qisqa muddatda ötkazişga, paxta hosilining birinçi navga topşiriladigan qismi oşişiga, paxta dalalari hosildan böşab, kuzgi qişki işlarni barvaqt boşlaşga imkon yaratadi.
Şunisi eʼtiborliki, tumanda ğöza defoliatsiyasini sifatli ötkaziş böyiça 15ta otryadlar şakllantirilib, ularga 47 OVX agregatlari biriktirilgan. Uşbu texnikalar yordamida tumanimiz paxta dalalarining uruğlik paxta ekilgan 2349 gektaridan taşqari barçasida defoliatsiya tadbiri amalga oşirilişi rejalaştirilgan.
Seminarda bu boradagi amalga oşirilişi lozim bölgan işlar xususida batafsil maʼlumotlar berildi.
Tadbirda ğöza defoliatsiyasini belgilangan muddatlarda sifatli ötkaziş yuzasidan tegişli masʼullarga topşiriqlar berildi.
Şundan söng 2-sektor rahbari – tuman prokurori Aziz Rözmetov boşçiligida 2-sektorga qaraşli hududdagi fermer xöjaliklari raislari masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasida bölişib, mavsumga şay holatga keltirilgan texnikalar bilan tanişdilar. Şuningdek, fermerlar paxta-töqimaçilik klasterida xom aşyoni qayta işlaş jarayoni, yaqindagina işga tuşirilgan yoğ-moy zavodida esa paxtadan ajralib olingan çigitdan yoğ işlab çiqariş jarayoni bilan tanişdilar.
Aytiş joizki xom-aşyoni sotişdan köra, tayyor mahsulot işlab çiqariş va sotiş har tomonlama foydali. Qolaversa, çigitdan yoğ-moy işlab çiqarişning yölga qöyilişi bilan 100 nafar atrofidagi işsiz fuqarolar doimiy iş bilan taʼminlandilar.
Yaqin kunlarda tumanimiz fermer xöjaliklarida yetiştirilgan paxta çigitidan uşbu zavodda işlab çiqarilgan sifatli paxta yoği savdoga çiqarilişi fermerlarni yana ham unumli işlaşga çorladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶