28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:14
Siyosat 👁 268

TUMANIMIZDA MAMLAKATIMIZ MUSTAQILLIGINING 32 YILLIGI KENG NIShONLANDI

TUMANIMIZDA MAMLAKATIMIZ MUSTAQILLIGINING  32 YILLIGI KENG NIShONLANDI

Xalqimiz Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yillik sanasi – eng ulugʻ, eng aziz bayramimizni koʻtarinki kayfiyatda qarshi olmoqda.

Har bir yurtdoshimiz koʻnglida shu aziz Vatan fuqarosi ekanligidan yuksak faxr-iftixor tuygʻulari joʻsh urmoqda. Boisi, oʻtgan 32-yil mobaynida yurtdoshlarimizning fidokorona mehnati va yuksak orzulari yoʻlida qilgan fidoyiliklari evaziga yurtimiz oʻzgacha chiroy ochdi, milliy oʻzligimiz, qadimiy tariximiz, madaniyatimiz, qadriyat va urf-odatlarimiz qayta tiklandi.

Davlat va jamiyat hayotining tub asoslari oʻzgarib, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar inson qadr-qimmatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Barcha soha va tarmoqlarda tub islohotlar amalga oshirilib, demokratik yangilanish jarayonlari shiddat bilan kechayotir. Oʻtgan davr baxtiyor va erkin hayotni, buyuk kelajakni mustaqillik asosidagina qurish mumkinligini koʻrsatdi.

Yangilangan Konstitutsiyaning qabul qilinishi joriy yilgi mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqealarning biri boʻldi.

Keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, yangilanishlarni har bir yurtdoshimiz oʻz hayotida yaqqol his qilayapdi. Har bir fuqaroning oʻz hayotidan mamnun boʻlib yashashiga erishilayotgani, ularning haq-huquqlari va erkinliklari himoya qilinayotgani ertangi kunga ishonchini yanada oshirmoqda.

Butun mamlakatimiz aholisi kabi amudaryoliklar ham bugungiday  farovon hayotga yetkazgan mustaqilligimizning 32 yilligini keng nishonladilar.

29-avgust kuni Doʻstlik mahallasida joylashgan sport maktabi oʻyingohida  «Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!» shiori ostida oʻtkazilgan tantanali bayram tadbirida tuman hokimligi masʼullari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tuman Kengashi deputatlari, tumanimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari,  tadbirkorlar, nuroniylar, faol yoshlar hamda aholi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Rashid Salayev nutq soʻzlab, barcha yurtdoshlarimizni mamlakatimiz mustaqilligining 32 yillik bayrami bilan qizgʻin muborakbod etdi.

Bayram tadbirida isteʼdodli sanʼatkorlar, havaskor yoshlar va badiiy jamoalar ishtirokida Vatan, mustaqillik, tinchlik va doʻstlikni tarannum qiluvchi kuy-qoʻshiqlar yangradi.

Rang-barang bezaklar, turfa gullar va sharlar bilan bezatilgan katta sahna, monitorda aks etgan obod goʻshalar, istiqlol shukuhi maydonga yanada fayz kiritib, tomoshabinlarga koʻtarinki ruh baxsh etdi.

Bayram  tabrigidan soʻng, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikalari Davlat madhiyalari yangrab, tuman Turizm va Madaniyat boʻlimi tomonidan «Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!» shiori asosida tayyorlangan bayram tomoshasi boshlandi.

Istiqlol shukuhi aks etgan  ulkan teatrlashtirilgan bayram dasturida xalqimizning istiqlolgacha va istiqlolning dastlabki yillarida bosib oʻtgan mashaqqatli va sharafli  yoʻli, bugungiday ozod va obod turmush tarzi bunyodkorlarining mehnatlari aks ettirildi,  emin erkin, betashvish ulgʻayayotgan, kelajagimiz egalari boʻlgan jajji bolajonlarning quvnoq qoʻshiq-raqslari  barchaning eʼtiborini jalb etdi.

Sahna orqasidagi monitorda yurtimizda, shu jumladan ,tumanimizda roʻy berayotgan oʻzgarish va yangilanishlar videoroliklar orqali namoyish etilib borildi.

Aytish kerakki, oʻtgan yillar mobaynida tuman hududidagi chekka ovul- mahallalarda ham keng koʻlamli qurilish, obodonlashtirish ishlari bajarildi. Koʻp qavatli uy-joylar, ijtimoiy, xizmat koʻrsatish va servis obʼektlari qurildi.   Tumanda qishloq xoʻjaligi, taʼlim, sogʻlikni saqlash sohalarini rivojlantirish, «Ayollar daftari», «Yoshlar daftari», «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, aholi bandligini taʼminlashda eʼtiborga molik ishlar olib borilib, bu boradagi ezgu ishlar uzluksiz davom ettirilmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, amudaryoliklar mustaqillikning oʻttiz ikki yillik tantanali bayramini barcha sohalardagi oʻziga xos yutuqlar bilan qarshi olishmoqda. Xususan, joriy yilda bir guruh nuroniylar «Mehnat faxriysi» koʻkrak nishoni, intiluvchan tadbirkor Tamara Yusupova «Faol tadbirkor», iqtidorli oʻquvchi Barno Samardarova «Zulfiya» nomidagi Davlat mukofoti, turli xil sohalarda fidoyi mehnat qilayotgan xodimlar «Shuhrat» medali, «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Maʼlumki, yurtimizda istiqlol yillarida millat, yurt kelajagi boʻlgan yoshlarga alohida eʼtibor qaratilib, keng imkoniyatlar yaratildi. Bu imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan yoshlar bugun turli yoʻnalishlarda yuqori natijalarga erishib mamlakatimiz nomini butun dunyoga tanitmoqda.     

Yurtboshimizning Respublikamiz aholisi hayotini tubdan yaxshilashga qaratilgan saʼy-harakatlari tufayli kichik biznes, xususiy tadbirkorlik jadal rivojlanmoqda. Ularga berilayotgan soliq imtiyozlari, ehtiyojmand oilalarning qoʻllab-quvvatlanishi, yoshlarning oliy taʼlimga oʻqishga kirishlari uchun ajratilgan kvotalar, kasb-hunar egallashiga qilinayotgan eʼtibor, boshlangʻich sinf oʻquvchilarini bepul ovqatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgani, oʻquvchilarga darsliklarning bepul berilayotgani alohida gʻamxoʻrlik namunasidir. Bular oʻz navbatida tumanimizda ham barcha sohalarda oʻzgarishlar, yuksalishlar yasalishiga zamin boʻlmoqda.

Tomosha davomida tumandagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ijrosidagi quvnoq kuy-qoʻshiqlar, zamonaviy raqslar tomoshabinlardagi bayramona kayfiyatni yanada yuksaltirdi.

Ayniqsa, turli millat vakillarining «Oʻzbekiston – umumiy uyimiz» turkumidagi ijrolari barchaga manzur boʻldi.

Bayram tomoshasi davomida amudaryolik taniqli estrada xonandalari Vatan, tinchlik, farovonlik haqidagi qoʻshiqlarini kuylab, bayram qatnashchilariga zavq ulashishdi.

Mustaqillik bayrami tantanalari tumanimizning ovul va mahallarida, mehnat jamoalarida davom etmoqda.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026