28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:34
Jamiyat 👁 260

“YaNGI HAYoT UChUN, YaNGI OʻZBEKISTON UChUN!” BOSh GʻOYa ASOSIDA BAYRAMOLDI TADBIRLAR BOʻLIB OʻTMOQDA

“YaNGI HAYoT UChUN, YaNGI OʻZBEKISTON UChUN!” BOSh GʻOYa ASOSIDA BAYRAMOLDI TADBIRLAR BOʻLIB OʻTMOQDA

Xalqimiz xush koʻrib nishonlaydigan bayramlar koʻp. Ayniqsa, Mustaqillik bayrami har bir xonadonga fayz-u tarovat, koʻngillarga zavq bagʻishlagani bilan yanada qadrli. Istiqlol, hurlik shukuhi ufurib turgan yurtimizning har bir goʻshasida ushbu eng ulugʻ va eng aziz kunni munosib kutib olish uchun qizgʻin taraddudlar koʻrilishi ham shundan.

Pishiqchilik fasli – soʻlim yoz neʼmatlarining barchasini oʻzida mujassam etgan fayzli dasturxonlar atrofida  jam boʻlgan nuroniy otaxon va onaxonlar el-yurtga tinchlik, omonlik tilab, duoga qoʻl ochadilar. Oilalar davrasida boshlangan bayramona kayfiyat mahallaga, xalq jam boʻlgan katta davralarga koʻchadi. Hurlik, obodlik  tuygʻularini birgalikda baham koʻrishga ne yetsin!

Amudaryoliklar Istiqlol bayrami tantanalarini ana shunday hamjihatlikda, juda erta boshlab yuborishga odatlanishgan.

“Yangi hayot uchun. Yangi Oʻzbekiston uchun!” bosh gʻoya asosida “Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uchun poydevor” shiori ostida Amudaryo tumanining  har bir ovul va mahallasida boʻlib oʻtayotgan Mustaqillikning 32 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbirlarida xalqimiz shodiyonalik bilan ishtirok etishmoqda.

Ana shunday bayram tadbirlaridan biri joriy yilining 17-avgust sanasida Mangʻit shahrining Boyovul mahallasida ham oʻtkazildi.

Bayram tadbirida 34-sonli Amudaryo tuman Madaniyat markazi sanʼatkorlari tomonidan namoyish etilgan kontsert dasturi ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etdi.

Bayramoldi adabiy-musiqiy tadbirda xushovoz xonanda Murodjon Ibragimov rahbarligidagi xalqimiz sevgan taniqli sanʼatkorlar ishtirokidagi kontsert dasturi namoyish etildi. Ayniqsa, Rinat Saparboyev, Xayrulla Habibullayevlar ijrosidagi qoʻshiq va masxarabozlik sanʼati oʻyinlari barchaga manzur boʻldi.

Tadbir davomida boyovullik yoshlar joʻshqin kuy-qoʻshiqlarga raqsga tushib, miriqib dam oldilar.

“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” bosh gʻoyasini oʻzida mujassam etgan bayramoldi adabiy-musiqiy tadbir 19-avgust kuni Qilichboy ovuli va Ayoqchi mahallasi aholisi ishtirokida ham oʻtkazildi.

“Har bir kun – bu imkoniyat, har bir kun – bu kelajak uchun poydevor” shiori  ostida qilichboyliklar davrasida oʻtkazilgan mazkur tadbirda 40-sonli “Amu sadosi” madaniyat markazi sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Z.Yoʻldoshev masʼulligida tashkillashtirilgan adabiy-musiqiy  tadbirda sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi. Qilichboylik va Ayoqchi mahallalik yoshlar 40-sonli “Amu sadosi” madaniyat markazi sanʼatkorlarining biri-biridan yoqimli kuy-qoʻshiqlarini tinglab, maʼnaviy oziq oldilar, oʻzlari ham joʻr boʻlib kuylashib, raqsga tushdilar.

Shuningdek, Mustaqillik gʻoyalarini, ona Vatan, tinchlik va doʻstlikni, millatlararo totuvlikni madh etuvchi bayramoldi musiqiy tadbiri 22-avgust kuni Choykoʻl ovulidagi 36-sonli “Ofarin” madaniyat markazida yanada joʻshqinlik bilan davom etdi. Markaz rahbari B.Rajabov boshchiligida tashkillashtirilgan bayram tadbirida choykoʻllik nuroniylar va yoshlar, bolajonlar miriqib hordiq chiqardilar.

Boʻlib oʻtayotgan bayram tadbirlarida amudaryolik hunarmandlar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik sanʼati namunalari, hududlar aholisi hayoti haqida hikoya qiluvchi koʻrgazmalar tashkil etilib, bu koʻrgazmalarni tomosha qilgan xalqimiz maʼnaviy oziq olishmoqda.

Mustaqillikning 32 yilligiga bagʻishlangan bu kabi adabiy-musiqiy tadbirlar Amudaryo tumanining barcha qishloq va mahallalari boʻylab davom ztmoqda.

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026