ISTIQLOL BAYRAMI ARAFASIDA TUMANIMIZ HUDUDI OBODONLAŞTIRILIB, BAYRAMONA BEZATILMOQDA
Obodlik, saranjom-sariştalik bilan elimiz yanada fayzli, körkam böladi. Amudaryo tumanida ham xalqimizning asriy anʼanalaridan hisoblangan bayram va şodiyonalar oldidan haşar va obodonlaştiriş işlarini ötkaziş anʼanaga aylangan.
Tumanimizda Obodonlaştiriş boşqarmasi tomonidan obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari tizimli tartibda yölga qöyilgan. Boşqarmaning jonkuyar xodimlari Mustaqilligimizning 32 yilligi yaqinlaşayotgan ayni kunlarda eng uluğ, eng aziz bayramimizni munosib kutib oliş maqsadida tayyorgarlik işlarini qizğin olib borişmoqda.
Ötgan davr mobaynida Boşqarma xodimlari tomonidan şahar markaziy köçalari, Qipçoq, Barkamol avlod, Qiliçboy, Gurlan köçalaridagi katta yöl böylariga arça köçatlari, gullar hamda manzarali daraxtlar ötqazilib, parvariş qilib kelinmoqda. Bu kabi kökalamzorlaştiriş işlari davom ettirilib, belgilangan hududlarda boğ barpo etiş işlari olib borilmoqda. Bundan taşqari, jamoat işlari uçun biriktirilgan işçilar Yangiobod, Farovon, Gulzor, Boyovul mahallalari hududining markaziy köçalarida va boşqa hududlardagi köçalarda, şuningdek, qabristonlarda ham obodonlaştiriş işlarini amalga oşirişmoqda.
Hududlarda amalga oşirilayotgan obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga boşqarmadan 100 nafar işçi-xodimlar, şuningdek, iş samaradorligini oşiriş maqsadida 15 ta texnikalar biriktirilgan. Ular manzarali daraxtlar va gul köçatlarini parvariş qiliş, boşqarma balansida bölgan piyodalar yölakçalarining tozaligini taʼminlaş, Manğit şahri hududidagi içki irrigatsiya tarmoqlarini tozalaş, tuman hududidagi tungi köça yoritiş çiroqlarining doimiy işlaşini taʼminlaş kabi işlarni bajarişmoqda.
Şu bilan birga, ovul va mahallalar hududlaridagi içki köça yöllarini taʼmirlaş işlari taşkil etilib, aholi tomorqalariga oqar suv yetkazib beriş maqsadida ariq qaziş işlari amalga oşirilmoqda. Qolaversa, hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarning turar joylarini ham taʼmirlaş işlari taşkil etilmoqda.
Şu kunlarda tuman Obodonlaştiriş boşqarmasining 30 nafar işçi-xodimlari va 20 nafar jamoat işlariga biriktirilgan işçilar istiqlol bayramini munosib kutib oliş va nişonlaş maqsadida bayram bölib ötadigan Döstlik mahallasidagi Markaziy öyingoh hududidagi manzarali butalar va gulzorlarni, daraxtlarni tartibga keltirişmoqda, ariq va zovurlarni çim va begona ötlardan tozalaşmoqda.
Undan taşqari, tuman aholisi keçki sayrga çiqqan paytida bayram şukuhini his qilişlari uçun markaziy köçalar rang-barang çiroqlar bilan bayramona bezatilib, bayroqçalar örnatildi. Oqşom paytlarida yöl çetlaridagi Özbekiston va Qoraqalpoğiston bayroqlari, turfa xildagi gullar körinişida yoğdu soçayotgan çiroqlar atrof-muhitga yanada körkamlik baxş etib, yurtdoşlarimizga bayramona kayfiyat ulaşmoqda.
Bugun mamlakatimizning qay göşasiga, qay manziliga bormang, Vatanni yanada obod etiş istagida yaşayotgan yurtdoşlarimizning ezgu işlariga guvoh bölişingiz mumkin. Mustaqil diyorimizning bugungi jamoli, körki kişini hayratga soladigan darajada özgarib, gözallaşib va obodonlaşib bormoqda.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶