BÖZSOLMA MAHALLASIDA MUSTAQILLIK ŞUKUHI
Yurtimizda nişonlanadigan muhim sanalar, qutluğ kunlarning har birining öz mazmun-mohiyati bor. Mustaqillik bayrami har yili yurtimizning ovul va mahallalarida öziga xos tayyorgarlik, turli maʼrifiy, madaniy-köngiloçar tadbirlar ila tantana qilinadi. Boisi, bu kun xalqimiz asrlar oşa intilgan, kuraşgan öz erkinligiga, öz hayotini özi mustaqil belgilaş baxtiga muyassar bölgan kundir.
Joriy yilda ham Respublikamizning barça hududlarida mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida istiqlolni tarannum etadigan «Yangi hayot uçun, Yangi Özbekiston uçun!» şiori ostida musiqali madaniy-maʼrifiy tadbirlar ötkazildi.
Tadbirlarda xalqimizning mustaqillik yillarida amalga oşirgan bunyodkorlik işlari, yangilanişlar, özgarişlar, ayniqsa, inson qadr-qimmatini yuksaltiriş borasidagi saʼy-harakatlar, har bir fuqaroning öz hayotidan rozi bölib yaşaşiga erişiş yölidagi davlatimiz siyosati keng tarğib qilinmoqda, yoşlar bugungiday ozod, obod va farovon hayotni asrab-avaylaş ga, yurtimiz tinç-osudaligini saqlaşga daʼvat etilmoqda.
27-avgust kuni Amudaryo tumanining Bözsolma mahallasida ham mustaqilligimizning 32 yilligiga bağişlanib “Yangi hayot uçun, Yangi Özbekiston uçun” degan boş ğoyani özida ifoda etgan bayram tadbiri ötkazildi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri Sağindiq Turmanov, yoşlar masalalari böyiça tuman hokimi örinbosari Mahmud Şermetov, mahalla faollari, nuroniy otaxonlar, onaxonlar, faol yoşlar iştirok etdi.
Yoşlar masalalari böyiça hokim örinbosari Mahmud Şermetov sözga çiqib, tadbir iştirokçilarini mamlakatimiz mustaqilliging 32 yillik bayrami bilan tabrikladi. Tadbirda söz olgan mahalla fuqarolar yiğini masʼullari, hurmat-eʼtiborli nuroniylar eng uluğ va eng aziz bayramimizning ahamiyati, mustaqillik şarofati bilan amalga oşirilayotgan islohotlar, ulkan bunyodkorlik işlari haqida söz yuritdilar.
Xususan, sönggi yillarda röy berayotgan ulkan ijobiy özgarişlar eʼtirof etildi.Taʼkidlanganidek, keyingi yillarda tumanimizning eng çekka hududlaridan biri bölgan Bözsolma mahallasi ham özgaça çiroy kasb etdi. Içki köçalar tartibga keltirilib, taʼmirlandi. Yangi, zamonaviy uslubda madaniy-maişiy, savdo xizmati körsatuvçi binolar qurilib, foydalanişga topşirildi. Ravon köçalar böylaridagi biri-biridan körkam, yaşil daraxtlar bilan öralgan va zamonaviy uslubda taʼmirlangan hovlilar mahalla körkiga körk qöşib turibdi.
Şuningdek, mahalla ösmir-yoşlarining ilm olişlari, öz iqtidorini rivojlantirişi uçun barça şaroitlar yaratilgan. Ayniqsa hududning köpni körgan, ulkan hayotiy tajribaga ega nuroniylari “bir bolaga yetti qöşni ota-ona” tamoyili asosida hamjihatlikda yoş avlodning yurtimizga munosib bölib voyaga yetişlariga harakat qilişmoqda.
Tabriklardan söng mahalla iqtidorli yoşlari ijrosida tayyorlangan musiqiy dastur namoyiş etildi. Dasturdan örin olgan ozod va obod Vatanimizni, baxtiyor zamonamizni, mustaqilligimizni madh etuvçi kuy-qöşiqlar barçaga manzur böldi. Mahalla ahli tökin dasturxon atrofida dildan suhbatlaşib, bayram musiqali dasturini tomoşa qilib, maroqli hordiq çiqardilar va şunday dorilomon kunlarga yetganlariga şukrona aytib, köngillari faxr-iftixorga tölib tarqaldilar. Istiqlol şukuhi barçaga yuqori kayfiyat baxş etdi.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶