28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:59
Salomatlik 👁 269

Amunews.uz veb-sayti tahririyati tomonidan Boʻz solma MFY qoshida yangi kutubxona tashkil qilindi

Amunews.uz veb-sayti tahririyati tomonidan Boʻz solma MFY qoshida yangi kutubxona tashkil qilindi

Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan amunews.uz veb-sayti tahririyatining Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida koʻplab tadbirlar oʻtkazilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi – internetdagi veb-saytda, ijtimoiy tarmoqlarda maqolalar eʼlon qilish, faol va intiluvchan yoshlarni tengdoshlariga oʻrnak qilib koʻrsatish, tushuntirish, targʻibot ishlarini olib borish orqali mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning, aholi, ayniqsa yoshlar orasida oʻz joniga qasd qilish, giyohvandlik, erta turmush qurish kabi illatlarning oldini olishdan iboratdir.

Shuningdek, mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, yoshlarni har tomonlama barkamol avlod qilib voyaga yetkazish ishlarida davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, aholini kitobxonlikka jalb qilish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida tumanning eng chekka ovullarida kutubxona ochish ishlari ham loyiha doirasida koʻzda tutilgan.

Mazkur loyihaning ish rejasiga asosan Prezidentimizning yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan 5ta tashabbusni amaliyotga joriy etish, yoshlarning dunyoqarashini va maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni yot gʻoya va illatlardan ishonchli himoya qilish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirish maqsadida tumanning eng chekka ovullaridan biri – Boʻz solma mahalla fuqarolar yigʻini qoshida yangi kutubxona tashkil qilindi.

Mazkur kutubxonaga turli janrlardagi adabiyotlar tahririyat tomonidan sovgʻa qilindi. Kutubxona fondidan joy olgan sheʼriyat, nazm, mumtoz adabiyotlar, chet el adabiyoti, bolalar adabiyoti, detektiv janrlardagi adabiyotlar, darslik, qoʻllanmalar, tibbiyot kitoblari, odobnoma kitoblari qishloq ahlining maʼnaviy-madaniy turmushi yanada rivojlanishiga muhim asos boʻla oladi.

Yangi kutubxonaning ochilishi qishloq ahlining ulkan quvonchiga sabab boʻldi. Tadbirda 70-sonli maktabning psixologi Muhayyo Oʻrinboyeva, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining raisi Oʻrozali Reyimov, mehnat faxriylaridan Xolmurod Xaytimbetov, Bibijon Rahimova, oʻqituvchi Gulimboy Yusupov, Boʻzsolma fuqarolar yigʻini raisi Bahodir Matyaqubovlar soʻzga chiqib, yangidan ochilgan kutubxona qishloq ahli hayotida muhim maʼnaviy rol oʻynashini taʼkidladilar.

Mehnat faxriysi Xolmurod Haytimbetov ham oʻz shaxsiy hisobidan yangi kutubxonaga badiiy adabiyotlar sovgʻa qildi.

Aytish joizki, loyiha doirasidagi vazifalarni amalga oshirish orqali hududlarda yuz berayotgan salbiy holatlarning oldini olishda davlat organlari bilan ommaviy axborot vositalarining mustahkam ijtimoiy sherikligini yoʻlga qoʻyish, turli mavzularda internatdagi veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali maqolalar, ijtimoiy roliklar eʼlon qilish koʻzda tutilgan.

Yil davomida loyiha doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga tumanning 10 mingdan ortiq yoshlari qamrab olinadi.

Yangi  kutubxonaning ochilish marosimi ishtirokchilari kitoblarni katta qiziqish bilan koʻrib chiqdilar. Shu kunning oʻzidayoq mahalla yoshlari kutubxonaga aʼzo boʻlib, kitob mutolaasini boshlab yuborishdi. Kutubxonada bolalar adabiyotiga oid kitoblarning koʻpligi qishloqdagi maktab oʻquvchilarida katta qiziqish uygʻotdi.

Qishloq ahli nodavlat notijorat tashkilotining chekka hududlarda yashovchilar uchun koʻrsatayotgan bunday hurmat-eʼtiboridan cheksiz minnatdor boʻldilar.

Shunisi eʼtiborliki, oʻtgan yillar mobaynida “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti, “Taraqqiyot koʻzgusi” va “Mening oilam” gazetalari hamda Amudaryo televideniyesi tahririyatlari tomonidan tumanning Qangli, Kuyuk koʻpir, Doʻrman ovul fuqarolar yigʻinlari, Qipchoq shaharcha va Gulzor mahalla fuqarolar yigʻinlari qoshida ham kutubxonalar tashkil qilingan edi.

Mazkur yoʻnalishdagi xayrli ishlar kelgusida ham davom ettiriladi.

Oʻrozali REYIMOV

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026