14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 06:59
Siyosat 👁 257

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari 64-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdan tashqari 64-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

2023-yil 12-sentyabr kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 64-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Maqsud Sadullayev ochdi va olib bordi. Sessiya kotibligiga 12-Arnaboʻyi saylov okrugidan deputat Mansur Oʻrazboyev saylandi.

Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev, Joʻqorgʻi Kenges va tuman Kengashi deputatlari, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, boʻlimlar, tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada tashkiliy masala – Amudaryo tumani hokimini tayinlash masalasi koʻrildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, Amudaryo tumanining iqtisodiy salohiyati ulkan, Qoraqalpogʻistonda tutgan oʻrni alohida ekanligini taʼkidladi. Tuman qishloq xoʻjaligi sohasida nafaqat Qoraqalpogʻistonda, balki Oʻzbekiston miqyosida ham ilgʻorlar qatorida turishi alohida eʼtirof etildi. Keyingi yillarda tumanda aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash boʻyicha qator amaliy ishlar qilinayotgan qayd qilindi.

Deputatlarga “Xoʻjametov Sabir Jabbarberganovichni Amudaryo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlash toʻgʻrisida”gi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining 2023-yil 12-sentyabr kungi farmoyishi oʻqib eshittirildi.

Xoʻjametov Sabir Jabbarberganovich 1976-yilda Amudaryo tumanida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. Maʼlumoti – oliy. 1998-yilda Nukus davlat universitetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – olim-agronom.

Mehnat faoliyatini 1998-yilda tumandagi “Toʻlqin” xoʻjaligi biolaboratoriyasi mudiri vazifasida ishlashdan boshlagan. 2002-2004-yillarda “Toʻlqin” muqobil mashina-traktor parki bosh hosiloti, 2004-2007-yillarda tuman Qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi, 2007-2010-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklarni himoya qilish markazi direktori lavozimlarida ishlagan. 2010-2016-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, keyinchalik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida faoliyat yuritgan.

Sabir Xoʻjametov 2016-2018-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, keyinchalik Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri lavozimlarida ishlagan. 2018-2021-yillarda faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida davom ettirgan. 2023-yildan boshlab esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Agrar, suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qoʻmitasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, tuman Kengashi deputati Maryam Ahmedova, tuman Kengashi deputati Bahromboy Qodirov, mehnat faxriysi Bekman Allamberganovlar soʻzga chiqib, nomzod haqida oʻz fikrlarini bildirdilar va uning kelgusi ishlariga omad tiladilar.

Kun tartibidagi masala boʻyicha tuman Kengashining tegishli qarori qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Tuman hokimligining Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019