TOShYoP OVULIDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI
Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Zero, davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.
Bugungi kunda yurtimizda xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo insonning huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun koʻplab saʼy-harakatlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Respublikamiz boʻylab oʻtkazilayotgan sayyor qabullar jarayonida yordamga muhtoj aholining muammolari oʻrganilib, koʻplab ijobiy natijalarga erishilmoqda.
15-sentyabr kuni Amudaryo tumani 4-sektori hududidagi Toshyop ovulida sayyor qabul boʻlib oʻtdi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasi boshligʻi X.Bekchanov hamda masʼullar, mahalla faollari ishtirok etishdi.
Sayyor qabuldan koʻzlangan maqsad mahalladagi fuqarolarning muammolarini oʻrganish, ijobiy hal etilishiga koʻmaklashish, taklif hamda tavsiyalarini tinglashdan iboratdir.
Sayyor qabulda mahalla fuqarolari qatnashib, sektor rahbariga mavjud muammo va kamchiliklar bilan murojaat qildilar.
Qabul davomida masʼullarga fuqarolar tomonidan 11ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan farzandlarining kontrakt pullarini toʻlab berish masalasida 2ta, oshxona jihozini olib berish masalasida 1ta, moddiy yordam puli olish masalasida 1ta, koʻchada avtomoshinalar harakatlanishi uchun yoʻl chiqarib berish masalasida 1ta, koʻchasiga tosh-shagʻal yoyib berish masalasida 1ta, ish bilan taʼminlash boʻyicha 2ta, koʻprikni taʼmirlash masalasida 1ta, ichki koʻchalarni kengaytirish masalasida 1ta, subsidiya asosida tikuv mashinasi olish boʻyicha 1ta murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning 5tasi joyida qanoatlantirildi, 1tasiga asosli tushunchalar berildi. Qolgan 5ta murojaatlar tegishli masala boʻyicha idora va tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida mahalladagi ehtiyojmand 16ta oilaga subsidiya asosida 39ta qoʻy, 1ta duxovka va 2ta tikuv mashinasi berildi.
Yigʻilishda murojaatlar koʻrib chiqilishi va tez orada hal qilinishiga kelishib olindi.
Joylarda tashkil qilinayotgan bu kabi sayyor qabullar natijasida hukumat idoralari va xalq oʻrtasidagi koʻrinmas devor olib tashlanib, yordamga muhtoj fuqarolar oʻz muammolarini mutasaddi tashkilot rahbarlariga toʻsiqsiz yetkazishmoqda. Bu orqali koʻplab muammolar hal qilinib, xalq va davlat yagona bir maqsad – vatan taraqqiyoti yoʻlida birdek harakat qilayotir.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶