14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 07:26
Salomatlik 👁 187

AMUDARYo TUMANIDA MAKTAB VA BOLALAR BOGʻChALARIDA YOD BILAN TAʼMINLASh DASTURI BOShLANDI

AMUDARYo TUMANIDA MAKTAB VA BOLALAR BOGʻChALARIDA YOD BILAN TAʼMINLASh DASTURI BOShLANDI

Yod tanqisligi boʻlgan bolalarda intellektual rivojlanish koʻrsatkichlari pasayadi va yangi bilim-koʻnikmalarni oʻrganishi qiyinlashadi. Agarda bolaning tanasida yetarli miqdorda yod boʻlsa, unda maktabda, fan va sportda yaxshi natijalarga erishish imkoni yuqoriroq boʻladi. Shuni eʼtiborga olgan holda yurtimizda davlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida haftaning har chorshanba kuni bolalarga yod preparatini umumiy ichirish kuni deb belgilandi.

20-sentyabr kunidan mamlakatimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi Amudaryo tumanida ham maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida tuman Tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan bolalarga bepul yod preparatlarini umumiy ichirish dasturi asosidagi tadbirlar boshlandi. Bu jarayonlarda taʼlim maskanlarida bolalarning preparatni ichishlari uchun suv va boshqa zarur sharoitlar yaratib berildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlari mazkur preparatlarni qabul qilish qoidalarini tushuntirib, pedagog-xodimlar, oʻquvchi va tarbiyalanuvchilar, ota-onalarga bu borada batafsil maʼlumotlar berishdi.

Taʼkidlanganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 28-avgustdagi qoʻshma qaroriga asosan Oʻzbekistonda 3-15 yoshdagi bolalarni yod va 2-10 yoshli bolalarni gelmintozga qarshi preparatlar bilan bepul taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma tasdiqlangan. Endilikda mazkur yoʻriqnomaga koʻra, yod preparati davlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlariga biriktirilgan hamshira yoki pedagog-xodimlar orqali, nodavlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlariga oilaviy poliklinika hamda oilaviy shifokorlik punktlari patronaj hamshiralari tomonidan tarqatiladi.

Hujjatda joriy yilning 20-sentyabridan boshlab, davlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarida haftaning har chorshanba kuni bolalarga yod preparatini umumiy ichirish kuni, deb belgilangan. Bunda yod preparati haftada bir marotaba maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, yaʼni 3-6 yoshli bolalarga 500 mkg, maktab oʻquvchilari, yaʼni 7 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga 1000 mkg ichirilishi tavsiya etilgan. Shuningdek, yod preparatlarini saqlash va hisobotini yuritish davlat maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari hamshirasi yoki masʼul xodimi tomonidan yuritilishi belgilab qoʻyilgan.

Amudaryo tumanida oʻtgan davr mobaynida ham Prezidentimizning 2020-yil 10-noyabrdagi “Aholini sogʻlom ovqatlanishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2021-yil 26-iyuldagi “Aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarorlariga muvofiq, 3-15 yoshdagi bolalar yod preparatlari bilan taʼminlanib kelingan. Yil boshidan sentyabr oyiga qadar tuman boʻyicha 3-15 yoshli 50 ming 650 nafar bolalarga 171 ming 300 ta antistrumin tabletkalari berilgan. Shuningdek, 3-6 yoshli 15 ming 650 nafar bolalarga har haftada yarim tabletkadan qabul qilish uchun 31 ming 300 tabletka, 7-15 yoshli 35 ming 000 nafar bolalarga har haftada 1 tabletkadan qabul qilish uchun 140 mingta tabletka tarqatilgan.

Oʻzbekistonda bolalarni yod bilan taʼminlash ishlari “Yorqin millat” dasturi boʻyicha amalga oshiriladi. Yod preparatlari Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi orqali 3 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan barcha bolalar uchun bepul taqdim etiladi. Preparat va doza Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vazirligining respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan tanlangan. 2025-yilda bolalar tanasida yod miqdorini aniqlash orqali butun dasturning taʼsirini baholash rejalashtirilgan.

Dasturni samarali amalga oshirish uchun dori tarqatilayotgan muassasadagilarning ota-onalari va maʼmuriyatning muntazam onlayn soʻrovlari orqali monitoring amalga oshiriladi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019