28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 11:18
Salomatlik 👁 333

ShOIR VA YoZUVChILAR BILAN UChRAShUV KOʻNGILLARGA ZAVQ-ShAVQ BAGʻIShLADI

ShOIR VA YoZUVChILAR BILAN UChRAShUV KOʻNGILLARGA ZAVQ-ShAVQ BAGʻIShLADI

Mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodni turli yot gʻoyalardan himoya qilish, yoshlarning dunyoqarashini va maʼnaviyatini yuksaltirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusni eng chekka qishloqlar yoshlari oʻrtasida yanada keng va faol ommalashtirish maqsadida www.amunews.uz veb-sayti tahririyati tomonidan amalga oshirilayotgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasidagi tadbirlar joylarda munosib kutib olinmoqda. Quvonarlisi shundaki, mazkur loyiha ijodkorlari tomonidan tashkillashtirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, turli soha masʼullari, mahallalardagi koʻpni koʻrgan nuroniylar, ijodkorlar ishtirokidagi uchrashuvlar, davra suhbatlarida yoshlar tarbiyasi bilan bogʻliq muammolar roʻy-rost tilga olinib, bu muammolarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, ijodkorlar bilan uchrashuvlarda olis qishloqlarda yashayotgan, ijodga moyil yoshlar ham kashf etilib, ularning ijod namunalari amunews.uz veb-saytida va “Taraqqiyot koʻzgusi”, “Mening oilam” gazetalarida yoritib borilmoqda.

Ana shunday uchrashuv tadbiri joriy yilning 20-sentyabr sanasida “Jayxun ilhomlari” NNTda ham oʻtkazildi. www.amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi bilan “Jayxun ilhomlari” NNT hamkorligida oʻtkazilgan ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Amudaryo tumanida yashab, ijod etayotgan ijodkorlar, “Turmush chorrahalarida” turkum hayotiy hikoyalari hamda lirik sheʼrlari bilan adabiyot ixlosmandlariga yaqindan tanish boʻlgan Zuhra Ahmedova, Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyushmasi aʼzosi, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, shoir Oʻrozali Reyimov hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 40-sonli maktabning sheʼriyatga ixlosmand oʻquvchi-yoshlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv tadbirini Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy Uyushmasi aʼzosi, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi, shoir Oʻrozali Reyimov ochdi va www.amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasidagi tadbirlarning mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashdagi, shuningdek, maʼnan yetuk insonlarni tarbiyalash, aholi keng qatlamlari, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirishdagi ahamiyati xususida toʻxtaldi. Shundan soʻng, “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasining maqsadi va undan kutilayotgan natijalar toʻgʻrisida loyiha ijodkorlaridan biri, jurnalist Robiya Yoʻldosheva batafsil maʼlumot berdi.

Uchrashuv tadbiri davomida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi aʼzosi, shoir Oʻrozali Reyimov ijod mashaqqati haqida va adabiyotning inson hayotida tutgan oʻrni xususida soʻz yuritib, oʻzining ijodiy faoliyati davomida erishgan yutuqlari, hayotidagi sinovlarni yengib oʻtishda adabiyotdan, ijoddan kuch olgani toʻgʻrisida soʻzlab berdi. U oʻz ijodidan namunalar oʻqib berdi.

Sheʼr oʻqish navbati Zuhra Ahmedovaga berilganida uchrashuv ishtirokchilari Zuhraning hayotiy hikoyalari haqiqiy turmush lavhalari ekanligini eʼtirof etishib, olqishladilar.

Tadbir davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabi va 40-sonli maktabning iqtidorli oʻquvchilari ham oʻzlarining ona Vatan, doʻstlik, ona, tinchlik mavzusidagi sheʼrlaridan oʻqib berishdi.

Amudaryo tumanida yashab, ijod etayotgan qalamkashlar bilan yoshlarning uchrashuvi biri-biridan yoqimli taassurotlarga boy, qiziqarli, samimiy muloqot va sheʼrxonlik kechasiga aylanib ketdi va tadbir barchaga zavq-shavq bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026