TUMAN HOKIMLIGINING BOŞQARUV XODIMLARI UÇUN EKSPRESS-TRENING TAŞKIL ETILDI
Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi Qoraqalpoğiston Respublikasi filiali tomonidan Amudaryo tuman hokimligida ikki kunlik ekspress-trening taşkil etildi.
22-23-sentyabr kunlari davomida bölib ötgan mazkur ekspress-treningda Amudaryo tumani hokimi Sobir Xöjametov, Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi filiali rahbar örinbosari Adilbek Reimbayev, hokimlik tizimi boşqaruv xodimlari hamda sektor rahbarlari, kotiblari iştirok etişdi. Şuningdek, tuman hokimi örinbosarlari, hokimlik boşqaruv apparati xodimlari va mutasaddi taşkilotlar rahbarlari ham qatnaşişdi.
Treningda masʼul rahbarlarning faoliyatni tizimli taşkil qiliş va natijadorlikni oşiriş, aholi bilan tezkor işlaş, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, samarali jamoani şakllantiriş yuzasidan könikmalarini mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Kun tartibidagi masalaga köra sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholaş mexanizmi, vazifalar, reja va amaldagi körsatkiçlar böyiça maʼlumotlarning şakllanişi, şuningdek, tuman hokimi örinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik körsatkiçlari asosida baholaş tartibi ham tuşuntirildi.
Şuningdek, 2023-yilning birinçi yarim yillik natijalari muhokama qilinib, sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholaş körsatkiçlari, natijalarni hisobga oliş va baholaşning asosiy mezonlari, hokim yordamçisi, yoşlar yetakçisi va xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikni, faoliyatni taşkil etişda natijadorlikka erişişga xizmat qiladigan taklif va tavsiyalar berildi.
Öquv seminarida Konstitutsiya, “2022-2026-yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da mahalliy hokimliklar uçun belgilangan ustuvor vazifalar, davlat fuqarolik xizmati, odob-ahloq qoidalari keng tuşuntirildi. Murojaatlar bilan işlaş, ijro intizomi, aholi bandligini taʼminlaş va kambağallikni qisqartiriş, tumanning investitsiya salohiyatini oşiriş kabilar borasidagi samarali çora-tadbirlar haqida söz yuritildi. Undan taşqari, soğlom turmuş tarziga amal qiliş, quriliş, muhandislik-kommunikatsiya va işlab çiqariş infratuzilmasini jadal rivojlantiriş kabi mavzular böyiça maʼruzalar qilindi.
Trening davomida samarali boşqaruv qarorlarini qabul qiliş, jamoaviy harakat qiliş, jamoada soğlom muhitni taʼminlaş, mehnat faoliyati samaradorligini oşiriş kabi masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Mehnat qonunçiligi böyiça keng tuşunçalar berilib, huquqiy bilimlari oşirildi.
Körgazmali slaydlar orqali ötkazilgan “Muammolarni yeçişda ijodiy, yaʼni kreativ yondaşuv mahorati” hamda "Taym-menejment, vaqtdan samarali foydalaniş" mavzularidagi taqdimotlarda iş jarayonida ijodiy fikrlaş könikmasini qöllaş, uni rivojlantiriş, vaqtni boşqariş kabilar amaliy misollar bilan körsatib berildi. Interfaol öyinlar, maxsus maşqlar orqali seminar iştirokçilarining ijodiy imkoniyatlarini oçişga eʼtibor qaratilib, ularni namoyon etişga harakat qilindi.
Maşğulotlar davomida seminar iştirokçilarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.
Uşbu qisqa muddatli ekspress-trening rahbar kadrlarning samarali boşqaruv böyiça zamonaviy bilim va könikmalarga ega bölişini taʼminlab, taşkilotçilik, yetakçilik qobiliyatlarini mustahkamlaş bilan birga ularning kasbiy mahoratini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ozoda Xudoyberganova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶