QILIÇBOY OVULI AHOLISI UÇUN BEPUL TIBBIY KÖRIK TAŞKIL ETILDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-mart kuni soğliqni saqlaş sohasi vakillari bilan “Tibbiyotdagi islohotlar – inson qadri uçun” mavzusidagi oçiq muloqotida tibbiy xizmat sifatini oşiriş va hududlardagi oilaviy poliklinikalar sonini oşiriş böyiça vazifalar belgilab berilgan edi. Uşbu vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Birlamçi tibbiy sanitariya yordamini aholiga yaqinlaştiriş va tibbiy xizmatlar samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 215-sonli qarori qabul qilindi. Uşbu qarorda 2022-yil 1-maydan boşlab birlamçi tibbiy sanitariya muassasalaridan uzoqda joylaşgan hududlar aholisi uçun profilaktik tibbiy köriklar ötkazib turilişi ham vazifa qilib belgilangan.
Qaror ijrosini taʼminlaş maqsadida Respublika işçi guruhi aʼzolari tomonidan aholining muammolari va ijtimoiy ahvolini örganiş jarayonida 25-sentyabr kuni Amudaryo tumanining Qiliçboy ovuli hududida joylaşgan 7-sonli oilaviy poliklinikada çuqurlaştirilgan tibbiy körik taşkil etildi.
Tadbirda Respublika muassasalaridagi barça ixtisoslaşgan markazlarning kardiolog, travmatolog, nevropatolog, jarroh, pediatr, oftalmolog, LOR, urolog, endokrinolog, akuşer-ginekolog, ftiziatr, pediatr mutaxassislari tomonidan aholi tibbiy körikdan ötkazildi.
Şuningdek aholiga qulaylik yaratiş maqsadida şu kuni UTT, EKG uskunalari, köçma laboratoriya, Respublika ixtisoslaşgan köz mikroxirurgiyasi markazi Qoraqalpoğiston Respublikasi filialining “Mobil poliklinika”si ham ovul ahli xizmatida böldi.
Tadbirga hududning 358 nafar aholisi jalb etilib, çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazildi. Şundan 231 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi.
Tibbiy körik jarayonida turli kasallik aniqlangan 228 nafar bemorlarga ambulator şaroitda davolanişga tavsiya berildi, yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj 2 nafar bemorga tuman şifoxonasida davolaniş uçun yöllanma berilib, 19 nafar bemorlar esa 46 turdagi bepul dori-darmonlar bilan taʼminlandi.
Mamlakatimizda sönggi yillarda soğliqni saqlaş sohasini tubdan takomillaştiriş, tibbiyot muassasalarini eng ilğor tibbiy jihozlar bilan taʼminlaş, tuman markazlaridan uzoqda yaşovçi aholiga sifatli tibbiy xizmat körsatiş va murakkab amaliyotlarni tuman darajasida bajariş borasida amalga oşirilayotgan işlardan közlangan asosiy maqsad inson qadrini uluğlaş, aholining turmuş sifati va salomatlik darajasini yanada yaxşilaşdir.
Tadbirda asosiy eʼtibor aholi örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, fuqarolarning tibbiy bilim va madaniyatini oşiriş, kasalliklarni ilk davrida aniqlaş va davolaş çoralarini körişga qaratildi hamda tadbir iştirokçilariga bu borada keng tuşunçalar berildi.
Şuningdek tibbiy körik yakunida mutaxassislar tomonidan kasalliklarni davolaş va salomatlikka eʼtibor qaratiş yuzasidan zarur tibbiy tavsiyalar berildi.
Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, aholining salomatligini saqlaş, kasalliklarni ilk bosqiçda aniqlaş va oldini oliş borasida hududlarda, ayniqsa çekka qişloqlarda ötkazilayotgan bu kabi tibbiy köriklar muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶