Qishloq xoʻjaligi
👁 3,500
Baraka urugʻi qadaldi
Bu yil tumanimiz boʻyicha 16050 gektar maydonga chigit ekish rejalashtirilgan edi. Paxtachilik yoʻnalishida faoliyat koʻrsatayotgan 261 ta fermer xoʻjaliklari va ularga texnik xizmat koʻrsatuvchi 17 ta muqobil mashina traktor parklarida chigit ekish ishlari yuqori surʼatlarda olib borildi.
Ekish mavsumida 120 ta haydov traktorlari, 360 dan ortiq chopiq va 250 ta transport traktorlari, 60 ta plug va 211 dona chigit ekish agregatlaridan samarali foydalanildi.
Ekish mavsumida 60 ta yer tayyorlash va 60 ta chigit ekish otryadlari kecha kunduz dala boshida boʻlib, ishning unumini taʼminladi.
Hozirgi kungacha tumanimiz buyicha jami 16050 gektar maydonga chigit ekilib, ekish ishlari 100 foizga bajarildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶