28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:33
Fan va taʼlim 👁 226

BOLAJONLARNING SEVIMLI MASKANI

BOLAJONLARNING SEVIMLI MASKANI

Ilmiy izlanishlarda aniqlanishicha, inson umri davomida oladigan barcha maʼlumotlarining yarmidan ortigʻini besh yoshigacha boʻlgan davrida olar ekan.

Besh yoshgacha boʻlgan bola dunyoni taniydi, oʻz ona tilida muloqot qila oladi, oʻz oilasi, ota-onasi, yaqinlari, qoʻni-qoʻshnilariga nisbatan koʻnglida begʻubor mehr-muhabbat shakllanadi. Uning qanday inson boʻlib voyaga yetishi avvalo oila va qolaversa, uzluksiz tizimining ilk pogʻonasi boʻlgan maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼlim-tarbiyasiga koʻp jihatdan bogʻliq.

Mamlakatimizda maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrovini oshirish, tizimda faoliyat yuritayotgan muassasalarda bolajonlarning zamon talablari asosida taʼlim-tarbiya olib, yayrab-quvnab ulgʻayishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda, sohadagi tashkilotlar zamonaviy talablarga javob beradigan binolar inventar, uskunalar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlanmoqda.

Jumurtov shaharchasida yakka tadbirkor Sanobar Safarboyeva tashkil etgan oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshlaganiga endigina ikki yilgina vaqt boʻldi. Hududning 25 nafar bolajonlarini bagʻriga olgan, chor-atrofi mevali, manzarali daraxtlar, gullar bilan oʻralgan bu xushmanzara va bahavo maskan kichkintoylarga juda yoqib qoldi.

Asli oʻzi juda bolajon, maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachisi yoʻnalishi boʻyicha imtiyozli diplom sohibasi boʻlgan Sanobar Safarboyeva uzoq yillar oʻzining besh nafar qizi, kenjatoy oʻgʻli tarbiyasi bilan shugʻullandi. Besh qizni oʻqitib, voyaga yetkazib, ikkovini uyli-joyli qilib boʻlgach, oʻz sevgan sohasi boʻyicha ishlashni istadi. Aksiga u yashaydigan shaharchada maktabgacha taʼlim tashkiloti umuman yoʻq boʻlganligi uchun oila aʼzolari bilan kengashib, boʻsh turgan oʻzlarining sakkiz xonali turarjoy binosida oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etishga qaror qildi. Hujjatlashtirish ishlari bitgunicha qabul qilinadigan kichkintoylar roʻyxati ham shakllandi. Tashkilot aslida 25 nafar bolajonlarni qabul qilishga moʻjallangan boʻlsa-da, hududda “mening farzandimni ham oling” deyotgan ota-onalar koʻpchilik. Qamrab olingan bolajonlar esa har kuni bu maskanga talpinib, intiqib keladilar.

Sanobar Safarboyeva ushbu tashkilot faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan oʻzidan tashqari 4 nafar yoshlarni ish bilan taʼminladi.

Tashkilot faoliyat yuritayotgan ulkan hovlida bolalar maydonchasi, yashilhudud, oshxona, dam olish va ovqatlanish xonalari, yotoqxona, mashgʻulotlar xonalari mavjud. Bogʻchada bolajonlar ertalab chiniqish mashgʻulotlarini oʻtagach, xush kayfiyatda nonushtaga oʻtirishadi. Dars mashgʻulotlari, didaktik oʻyinlarda ham kichkintoylar biri-biridan qolishmaslikka, bilagʻon, chaqqonligini koʻrsatishga harakat qilishadi. Hovli tomorqasida yetishtirilgan sabzavotlardan tayyorlanadigan xushtaʼm taomlar bolalarga manzur boʻlayotir, uzum, olmalar yangi uzilib, dasturxonga tortiladi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tashkil etilgani hududdagi ishlaydigan ayollarga juda qoʻl keldi. Boisi, farzandlari bogʻchada, ulardan onalarning koʻngli toʻq. Tashkilot xodimlari esa bolajonlarning yayrab oʻsib-ulgʻayotganidan, bunda oʻzlarining ham hissasi borligidan xursand. Biz mana shunday fidoyi, oʻz kasbiga mehr qoʻyib, tarbiyalanuvchilarga farzandidek mehr va eʼtibor koʻrsatib, voyaga yetkazayotgan, taʼlim va tarbiya berayotgan tarbiyachilarni, oʻqituvchilarni, maktabgacha taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir ustoz va murabbiyni 1-oktyabr – kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz! Oʻqituvchi va murabbiylar kuni muborak boʻlsin, aziz ustozlar!

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026