MAS-RESTLING SPORT TURI BÖYIÇA 12-SONLI MAKTABDA MAHORAT DARSI BÖLIB ÖTDI
Sönggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, sportga ommaviy jalb qiliş orqali yoşlarning salomatligini mustahkamlaş, iqtidor va salohiyatini yuzaga çiqarişga doimiy ravişda eʼtibor qaratilib kelinmoqda.
Aholi örtasida ayniqsa, maktab öquvçilari örtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng tarğib qiliş borasida köpgina çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Mahallalarda, köp qavatli uylar atrofida “Salomatlik yölaklari”, maktablarda, mahallalarda sport maydonçalari qurilib, tögaraklar faoliyati yölga qöyilmoqda.
27-sentyabr kuni tumanimizdagi 12-sonli umumtaʼlim maktabining zamonaviy sport zalida yangidan faoliyatini boşlagan mas-restling tögaragi aʼzolari uçun uşbu sport turi ustalari mahorat darsi ötkazişdi.
Mahorat darslarida Özbekiston bodibilding, fitness va mas-restling Federatsiyasi boş kotibi hamda Osiyo mas-restling Federatsiyasi boş kotibi Farhod Matkarimov, mas-restling sport turi böyiça Özbekiston boş murabbiyi Ilyos Qodirov, uşbu sport turi böyiça bir neça bor Özbekiston çempioni, jahon çempionati sovrindorlari, Osiyo çempionati ğoliblari hamda xalqaro toifadagi sport ustalari, maktab rahbarlari, öqituvçilari, öquvçilar va ularning ota-onalari iştirok etdilar.
Tadbirni maktab direktori Mahmud Qutlimuradov oçib berdi.
Özbekiston bodibilding, fitness va mas-restling Federatsiyasi boş kotibi hamda Osiyo mas-restling Federatsiyasi boş kotibi Farhod Matkarimov sözga çiqib, bugungi kunda mamlakatimizda yoşlarning sport bilan şuğullanişlari uçun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, çekka hududlarda yangidan qad rostlayotgan sport inşootlari va natijada sportning tobora ommalaşayotgani haqida aytib ötdi.
Mas-restling sport turi böyiça boş murabbiy Ilyos Qodirov sözga çiqib, navqiron avlodni jismonan soğlom, maʼnan yetuk hamda zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta özlaştirgan mutaxassislar etib tarbiyalaş, taʼlim maskanlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlaş Prezidentimiz rahnamoligida taʼlim tizimida amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlarning ustuvor yönalişidan biri ekanligini aytib ötdi. Uşbu hudud yoşlarining sportga qiziqişlari inobatga olingan holda maktabda öz faoliyatini boşlagan mas-restling tögaragi aʼzolarining qisqa muddatda öyin texnikalarini yaxşi özlaştirganiga alohida eʼtibor qaratildi.
Şundan söng tögarak aʼzolari uçun sport ustalari mahorat darsini ötkazişdi. Maşğulotlar davomida har bir iştirokçi uşbu sport turi böyiça köproq bilim va malakaga ega bölişga harakat qilib, berilgan topşiriqlarni bexato bajarişga intildilar. Yoşlar örtasida mas-restling sport turiga bölgan qiziqişlarini orttiriş hamda tarğib qiliş maqsadida taşkil etilgan maşğulotlarda 30 nafar öquvçi yoşlar şuğullanib kelmoqda.
Mahorat darsidan keyin iştirokçilarning uşbu sport turi böyiça kuçlarini va epçilliklarini sinovdan ötkaziş maqsadida maxsus musobaqa taşkil etildi.
Musobaqada mahalladagi hokim yordamçisi Şahzod Karimov hamda maktab direktori homiyligida ğolib iştirokçilar qimmatbaho sovğa hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶