28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:30
Qishloq xoʻjaligi 👁 285

Tuman boʻyicha jami 1777 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz kabi ekinlar toʻqsonbosti usulida ekiladi

Tuman boʻyicha jami 1777 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz kabi ekinlar toʻqsonbosti usulida ekiladi

Shu kunlarda tumanimizga yoʻlingiz tushsa, dala maydonlaridagi qizgʻin ish jarayonlarining ustidan chiqasiz. Qaysi manzilga boqmang, keyingi yil hosili uchun ekin ekayotgan, joriy yildagi hosilni esa yigʻishtirib olayotgan mirishkor-dehqonlarga koʻzingiz tushadi. Ular shu kunlarda asosiy va takroriy ekinlar hosilini yigʻib-terib olish barobarida toʻqsonbosti usulida ekinlar ekishga ham taraddud koʻrmoqdalar.

Tumanimiz aholisining ertaki sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida hosildan boʻshagan maydonlarga sovuqqa chidamli piyoz va sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish ishlari boshlanmoqda.

Buning uchun kuzda asosiy ekinlardan boʻshagan maydonlarni sifatli haydab, sovuqqa chidamli ekinlarni oʻz vaqtida ekish muhim masala sanaladi. Bu oʻz navbatida ekin maydonlari va aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish hajmlarini koʻpaytirish, kambagʻallikni qisqartirish hamda aholining moddiy manfaatdorligini oshirishda muhim vositalardan biridir.

6-oktyabr kuni Choykoʻl ovulida faoliyat yurituvchi “Arslon Maqsudov” fermer xoʻjaligida oʻtkazilgan koʻrgazmali seminarda toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish hamda shu usulda ekilgan ekinlarni parvarishlashning muhim jihatlari xususida seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Departament boshligʻi Komiljon Sobirov, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi rahbari Husniddin Karimov, mazkur agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi rahbari Holdor Achilov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Daryabay Qaypov, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, sektorlar rahbarlari, ovul hamda mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari qatnashdilar.

Seminarda 2024-yil hosili uchun fermer va dehqon xoʻjaliklarida joriy yilda piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini ekish parametrlari, muddatlari va bu boradagi ustuvor vazifalar haqida tushunchalar berildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan ekin maydonlaridan samarali va unumli foydalanish, urugʻlik va mineral oʻgʻitlarni tanlash hamda ishlatish, ularning xususiyatlarini bilish, ekish muddatlarini aniqlash kabi masalalar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Seminarda soʻzga chiqqan mutaxassislar va soha ilgʻorlari sovuqqa chidamli boʻlgan piyoz, sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni toʻqsonbosti usulida yetishtirish orqali ulardan yaxshigina daromad olish mumkinligi haqida aytib oʻtdilar.

Aytish joizki, keyingi yillarda respublikada tumanlarning ixtisoslashuvini, mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlari va suv bilan taʼminlanganligini hamda boshqa omillarni eʼtiborga olgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Shundan kelib chiqqan holda bu yil tuman boʻyicha jami 1777 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish rejalashtirilgan.

Seminarda ishtirokchilarga ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish va parvarishlash boʻyicha zarur tavsiyalar va tushuntirishlar berildi. Shuningdek, bu boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan agrotexnik tadbirlar haqida soʻz yuritildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026