28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:13
Fan va taʼlim 👁 248

TENGDOShLAR XORIJIY TILLARNI OʻRGANISh BORASIDA SUHBATLAShDI

TENGDOShLAR XORIJIY TILLARNI OʻRGANISh BORASIDA SUHBATLAShDI

Til bilgan – el biladi, deydi xalqimiz. Chindan-da xorijiy tillarni bilish kishiga koʻp imkoniyatlar yaratadi. Shuning uchun bugungi kunda yurtimizda kadrlar zimmasiga qoʻyiladigan asosiy talablardan biri chet tillarni mukammal bilishdir.

Shu boisdan ham mamlakatimizda xorijiy tillarni yosh avlodga oʻrgatishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Natijada yoshlarga bu borada yetarli sharoitlar yaratildi, oʻquv dasturlari va darsliklar zamon talablariga javob beradigan darajada mukammallashtirildi, taʼlim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz oʻqitish yoʻlga qoʻyildi. Shuningdek, oʻqituvchilar malakasini oshirishga, ularning orasida oʻz ustida ishlaydigan, taʼlim berishda yutuqlarga erishayotganlarini ragʻbatlantirib borish tizimi yoʻlga qoʻyildi. Taʼlim sohasida izchil islohotlar olib borilayotgani tufayli chet tilini mukammal biladigan oʻquvchilar, pedagoglarga imtiyozlar, malaka sertifikatlari berilib, muntazam ragʻbatlantirib borilayotir.

Amudaryo tumanida bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlar tufayli oʻquvchilar orasida xorijiy tillarni oʻrganishga qiziqish tobora ortib borayotir.

7-oktyabr kuni tumanning Amir Temur nomli ovulida joylashgan 4-sonli maktabda oʻquvchilarning ingliz tilini oʻrganishga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Biz ­– kelajak egalarimiz” deb nomlangan davra suhbati oʻtkazildi. Tadbir oʻzbek va ingliz tillarida boʻlib oʻtdi. Unda 40-sonli maktabning ingliz tilini puxta oʻzlashtirgan va asosiy fanlar olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan bir guruh oʻquvchilari, ingliz tili fani oʻqituvchisi Madina Jumaniyozova, mazkur maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni 4-sonli maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Gavhar Sobirova ochdi va oʻzaro doʻstlik aloqalarini bogʻlash, taʼlim olishda erishayotgan yutuqlari haqida suhbatlashish va tengqurlarini ham ingliz tilini chuqur oʻrganishga daʼvat etish maqsadida tashrif buyurgan oʻquvchilarga, ularning ustoziga va davra suhbati tashkilotchisi, mazkur maktab ingliz tili fani oʻqituvchisi Barchinoy Sobirovaga minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda ikkala maktab oʻquvchilari davra suhbati mavzusi yuzasidan ingliz tilida oʻzaro muloqotga kirishdilar. Albatta, bugungi tezkor zamonamizga mos kadrlar boʻlib yetishish, yurtimiz ravnaqiga hissa qoʻshish uchun xorijiy tillarni oʻrganish juda muhim. Bu borada ingliz tilini bilish darajasi boʻyicha sertifikat olishga erishgan 40-sonli maktab oʻquvchilari Laylo Kamolova, Gulnoza Ilhomova, Feruza Hayitjonova, Iroda Norboyeva, Hilola Saʼdullayeva, Zarina Xoʻjaberganovalar oʻzlarining ingliz tili oʻrganishdagi ustozlarining fidoyiliklari, ota-onalarining qoʻllab-quvvatlaganliklari haqida, ilm olishda mashaqqatlardan choʻchimaslik lozimligi haqida ingliz tilida gapirib berdilar va tengdoshlarini ham ushbu tilni chuqur oʻrganishga daʼvat etdilar.

Madina Jumaniyozovaning kasbiy faoliyatiga doir, shogirdlarining erishayotgan yutuqlariga doir suhbatini oʻquvchilar ham, oʻqituvchilar ham qiziqib tingladilar. Taniqli oʻqituvchi oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga ham batafsil javoblar qaytardi.

Davra suhbati barcha ishtirokchilar uchun esda qolarli voqea boʻldi.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026