14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:16
Adabiyot 👁 168

OʻQUVChI-YoShLARGA YaNGI KITOBLAR TARGʻIB ETILDI

OʻQUVChI-YoShLARGA YaNGI KITOBLAR TARGʻIB ETILDI

Buyuk maʼnaviyat targʻibotchisi, donishmand Muhammad Jabalrudiy: “Kitob olimlar fikrining panohgohi, dono kishilar boʻstonining chamani, oddiy kishilarning tomoshagohidir. U kimsasiz kishilarga dil ochuvchi bogʻ, koʻngli shikastalarga rahnomadir. U hamma yerda barcha kishilar bilan oshno, dardli kimsalar diliga davodir”, degan edilar.

Darvoqe, kitob oʻz sehr-u sinoati bilan insoniyat oʻqish-yozishni bilgan kunidan boshlab oʻziga maftun etib keladi. Asrlar davomida oʻzlarining moʻʼjizakor kashfiyotlari bilan nom qozongan buyuk donishmandlar ham oʻzlaridagi beqiyos maʼnaviy-maʼrifiy qudratni kitobdan olganlar. Shu bois, aqlli insonlar har qanday sharoitda ham kitobxonlikni oʻzlari uchun asosiy mashgʻulot sifatida qabul qilganlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi asosida Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Markaz xodimlari tomonidan Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman Ixtisoslashtirilgan maktabida oʻzbek adabiyotining atoqli namoyondasi Oʻtkir Hoshimov ijodiga bagʻishlab tashkil qilingan targʻibot tadbiri ham shular jumlasidandir.

Tadbirda Oʻtkir Hoshimovning asarlari bilan birgalikda kutubxonaga yangi olib kelingan adabiyotlardan kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi. Kutubxonachi Sohiba Bazarboyeva tadbir ishtirokchilariga yozuvchining “Dunyoning ishlari” kitobi taqdimotini oʻtkazdi. Tadbir davomida yozuvchining ijodi va asarlari yuzasidan savol-javoblar tashkil etildi.

Adibning asarlarini katta qiziqish bilan oʻqib, bu asarlardan oʻzlari uchun hayotiy xulosalar chiqargan kitobxon yoshlar Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub boshqa asarlari xususida ham oʻz fikrlarini bildirishdi. Xususan, yozuvchining “Oʻzbeklar” kitobiga jamlangan hayotiy hikoyalari, “Dunyoning ishlari” kitobidagi ona obrazi haqida soʻz yuritib, sharq ayollariga xos ezgu fazilatlarni oʻzida mujassam etgan oʻzbek onasiga cheksiz ehtiromlarini izhor etdilar.

Tadbir yakunida kutubxona xodimlari oʻquvchilarni kutubxonaga aʼzo qilib, kitob oʻqishga daʼvat qildilar.

Oʻz navbatida oʻquvchi-yoshlar ham Amudaryo tumani Axborot-kutubxona markaziga borib kutubxonachi opalari tomonidan taqdimot etilgan yozuvchi va shoirlarning asarlari bilan yaqindan tanishish istagini bildirdilar.

R.RAMANOVA, Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019