Ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş böyiça hududiy seminarlar ötkazildi
Aholining ertaki sabzavot mahsulotlariga bölgan talabini töliq qondiriş maqsadida hosildan böşagan maydonlarga sovuqqa çidamli piyoz va sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş işlari qizğin surʼatlarda olib borilmoqda.
15-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Qiliçboy ovuli hududida faoliyat yurituvçi “Amirxon” fermer xöjaligida piyoz, sarimsoqpiyoz ekinlarini töqsonbosti usulida ekiş böyiça seminar bölib ötdi.
Dehqonçilikning töqsonbosti usuli yaxşigina daromad manbai hisoblanadi. Bu usulda qişning töqson kuni nazarda tutilgan bölib, qiş va bahor oylarida ham bozorlarimiz tökin-soçin, narx-navo barqaror bölişida qöl keladi. Xalqimizda “Töqsonda suğorsang, töqson botmon hosil olasan”, degan naql bejizga aytilmagan. Kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari uruğlari erta köklamda yerdan juda barvaqt unib çiqib, tez rivojlanişi hisobiga erta hosil beradi.
Seminarda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirining birinçi örinbosari Botir Toğayev, Prezident Administratsiyasi işçi guruh aʼzosi Sunatillo Sobirov, tuman hokimining Qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Anvar Yöldoşev hamda fermer xöjaliklari rahbarlari, mahalla va ovul fuqarolar yiğinlari raislari qatnaşdilar.
Seminarda 2024-yil hosili uçun fermer va dehqon xöjaliklarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini töqsonbosti usulida ekişning öziga xos jihatlari, bu borada eʼtibor qaratiş lozim bölgan agrotexnik talablar haqida hamda dala çetiga uzum, tut nihollarini ötqaziş böyiça tuşunçalar berildi.
Töqsonbosti usulida yetiştirilgan sabzavotlarning erta bahorda bozori çaqqon bölişi heç kimga sir emas. Uşbu masalaga hukumatimiz tomonidan ham alohida eʼtibor qaratilib, aholining soğlom ovqatlanişi, xalqimiz dasturxoni yil davomida har xil sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlanişi bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu borada Amudaryo tumanida ham qizğin işlar olib borilmoqda.
Aytiş joizki, keyingi yillarda respublikada tumanlarning ixtisoslaşuvi, mintaqalarning tuproq-iqlim şaroitlari va suv bilan taʼminlanişi hamda boşqa omillarni eʼtiborga olgan holda qişloq xöjaligi ekinlarini oqilona joylaştirişga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Şundan kelib çiqqan holda bu yil tuman böyiça jami 1777 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş rejalaştirilgan.
Oq oltin, Xolimbeg, Qiliçboy, Dörman ovullarida bu borada işlar yaxşi taşkil etilib, hududlardagi mehnatkaş fermer, dehqon xöjaligi rahbarlari va tomorqa yer egalari har qariç yerdan samarali foydalanişmoqda.
Xususan, Oqoltin ovuli hududida 44,9 gektar yerga töqsonbosti usulida ekinlar ekiş rejalaştirilgan. Hozirda 38,2 gektar yerdagi ekiş işlari yakunlandi.
Ekinlarni töqsonbosti usulida ekiş fermer va dehqonlarga daromad keltirişi bilan birga, bozorlarimizda narx-navo barqarorligini taʼminlaşda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Şularni inobatga olgan holda amudaryolik dehqon va fermerlar hamda tomorqaçilar kuzning iliq kunlaridan foydalangan holda ekiş işlarini qisqa fursatlarda yakunlaş uçun barça çoralarni işga solişmoqda.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶