STRATEGIYa HAR BIR INSONGA SALOHIYaTINI RÖYoBGA ÇIQARIŞIDA MUNOSIB ŞAROITLAR YaRATADI
Davlatimiz rahbarining maxsus Farmoni bilan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oşiriş jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatçilik muhokamasi natijalari asosida işlab çiqilgan “Özbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur strategiyadan közlangan asosiy maqsad – islohotlar samaradorligini oşiriş, davlat va jamiyatning jadal rivojlanişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş, aholi farovonligiga erişişdir.
Uşbu strategiyada barqaror iqtisodiy ösiş orqali daromadi örtaçadan yuqori bölgan davlatlar qatoridan örin oliş, aholi talablariga va xalqaro standartlarga töliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini taşkil qiliş, aholi uçun qulay ekologik şaroitlarni yaratiş, xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etiş, mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlaş kabilar közda tutilgan. Unda har bir insonga öz salohiyatini röyobga çiqarişi uçun munosib şaroitlar yaratişga qaratilgan 44 ta maqsad, yaʼni 1-maqsaddan – 44-maqsadgaça uşbu ustuvor yönaliş tarkibiga kiradi. Bunda taʼlim, tibbiyot, ijtimoiy himoya, yoşlar siyosati, maʼnaviyat masalalariga taalluqli 156 ta amaliy çora-tadbir va 70 ta vazifa qamrab olingan bölib, 130 ta maqsadli körsatkiçni işlab çiqiş belgilangan. Şuningdek, 38 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarini tayyorlaş va qabul qiliş közda tutilgan.
Strategiya doirasida ilm-fan va innovatsiyalar sohasi, ijtimoiy xizmatlar körsatiş, yoşlarga oid davlat siyosati va sportni ommalaştiriş, maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlaş va madaniyat sohasini yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça amalga oşiriladigan barça islohotlarda inson, insonning qadri, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi. “Özbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsad-vazifalar BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşiriş uçun öziga xos “yöl xaritasi” vazifasini ötaydi.
Mazkur Strategiyani amalga oşiriş va uning maqsadli körsatkiçlariga erişiş barça davlat organlari va taşkilotlarning eng ustuvor vazifasidir.
S. Davletmuradov, Qoraqalpoğiston Respublikasi sudi sudyasi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶