FANLAR OLIMPIADASINING TUMAN BOSQIÇI ÖTKAZILMOQDA
2023-yil 9-sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli öquvçilar örtasida fan olimpiadalarini ötkaziş tizimini takomillaştiriş hamda xorijiy tillarni öqitiş böyiça eng yaxşi maktabni aniqlaş tizimini joriy etiş töğrisida”gi Qarori qabul qilingan edi. Qarorga köra, umumiy örta taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari öquvçilari örtasida fan olimpiadalarini taşkil etiş, ötkaziş hamda xalqaro olimpiadalar iştirokçilarini saralaş va ğoliblarni rağbatlantiriş nazarda tutilgan.
17-oktyabr kuni Amudaryo tumanidagi 40-sonli maktab binosida tumandagi umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtasida fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda olimpiadaning quyi bosqiçlaridan muvaffaqiyatli ötgan 85ta maktab hamda 2ta kasb-hunar maktabining jami 2ming 600 nafar öquvçilari ğoliblik uçun bellaşdilar.
Umumtaʼlim maktablarida taʼlim olayotgan öquvçilarning bilimini baholaşda fanlar olimpiadasi muhim örin tutadi. Joriy yilda ham mazkur tadbirni yuksak taşkilotçilik asosida ötkazişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Öquvçilar 16ta fan, jumladan tarix, geografiya, qozoq tili, qoraqalpoq tili, ingliz, frantsuz, nemis, kimyo, rus tili, biologiya, informatika, fizika, matematika, ona tili fanlaridan öz bilimlarini sinovdan ötkazdilar.
Mazkur fan olimpiadasining haqqoniy va adolatli ötişini taʼminlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi buyruği asosida hududlarga masʼullar biriktirildi. Amudaryo tumaniga biriktirilgan Respublika metodika markazi metodistlari Minayxan Erjanova, Fazilat Zaripova hamda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimining maʼsul xodimlari 200 nafarga yaqin hakamlar hayʼati aʼzolari bilan birgalikda fanlar olimpiadasining tuman bosqiçini kuzatib, baholab bordilar.
Fanlar olimpiadasida taʼlim muassasalarida öquvçilar xavfsizligini taʼminlaş, salomatligini muhofaza qiliş maqsadida tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda barça şart-şaroit yaratildi. Har bir auditoriyaga nazoratçilar biriktirildi.
Aytiş joizki, bugungi kunda yurtboşimiz tomonidan yoşlarga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Uşbu yaratib berilayotgan imkoniyatlarga javoban yoşlarimiz ham turli sohalarda özlarining faolliklarini körsatib kelişmoqda.
Maʼlumot örnida aytiş kerakki, tumanimizda 85ta umumtaʼlim maktablari faoliyat körsatmoqda. Ularda taʼlim olayotgan öquvçilar soni 38ming 476 nafarni taşkil qilib, 4 ming 64 nafar öqituvçilar yoşlarga taʼlim-tarbiya berib kelmoqda.
Respublika byudjetidan qöşimça ajratiladigan mablağlar hisobidan 6ta umumtaʼlim maktabida 17,2 mlrd. sömlik quriliş taʼmirlaş işlari olib borildi. Koreya Respublikasining Eksimbank grantlari hisobidan 6ta umumtaʼlim maktabiga 96 dona, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-noyabrdagi Qarori asosida 17ta maktabga 176 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi. Yaratilayotgan bu kabi şaroitlar öquvçilarni ilm-fan sirlarini yanada çuqur örganib, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan kadrlar bölib yetişişga daʼvat qilişi tabiiy.
5 kun davom etadigan fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi yakunlariga köra 144 nafar ğoliblar va 2-3-örinlar sohiblari aniqlanib, Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritadi hamda tuman Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tomonidan esdalik sovğalari va diplom bilan taqdirlanadi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶