12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 23:07
Fan va taʼlim 👁 272

ODDIY QIŞLOQ ÖQITUVÇISI

ODDIY QIŞLOQ ÖQITUVÇISI

Ötgan asrning 60-70-yillari qişloq yoşlari uçun oson bölmagan. Buni örta avlod vakillari juda yaxşi bilişadi. Çunki aynan ana şu yillarda Özbekistonda paxta yakkahokimligi davri hukm surgan, “qişloqda yaşadingmi, texnika (töğriroği, traktor) boşqarişni örgan!” şiori ostida umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf öquvçilari öşa paytdagi kolxoz-sovxozlar markaziy ustaxonalari qoşida taşkil etilgan qisqa muddatli mexanizatorlar tayyorlaş kurslarida  majburiy ravişda öqitilardi. Paxta yiğim-terimi pallasida esa ana şu mexanizatorlar tayyorlaş kursi öquvçilari  mehnatidan kolxoz-sovxozlar suv tekin foydalanişardi. Hali 17-18 yoşga tölmagan ösmir  yigitlar traktor boşqarişar, terilgan paxtani qabul punktlariga olib borişda qatnaşar, yarim keçalargaça dalalar boşida qolib, kösak çuviş kombaynlari tökkan kösakni varaxa agregatidan çiqarişda kattalar bilan bab-baravar mehnat qilişardi.

Şundanmi, Qangli elatidagi kolxozda paxtaçilik brigadasini boşqargan maşhur  paxtakor (Alloh rahmat qilsin) Xudoybergan ota Matçonov har galgi paxta yiğim-terimi mavsumida qora mehnatdan boşi çiqmaydigan farzandlariga jiddiy talab qöydi:

– Mening, onangizning umrimiz dalalarda ötayotir, texnikani örganganlaringiz yaxşi, lekin sizlardan birdan-bir talabim – öqinglar. Ota-bobolarimiz “öqigan – özadi”, deb bekorga aytişmagan. Qişloqni rivojlantiriş uçun ham öqişingiz kerak! – dedi

qatʼiy.

Ular oilada 4 öğil, ikki qiz edilar. Tört öğilning  uçinçisi bölgan Tozaboy ikki akasidan keyin otasining ögit-nasihatlariga amal qilib, umumtaʼlim maktabini tugatgan yiliyoq Toşkent şahriga yöl oldi. 1981-yilda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya institutiga öqişga kirgan Tozaboy öqiş davomida otasining jamiki ögit va maslahatlari uning öz kelajagi yölidagi orzu-intilişlariga tolmas qanot bağişlaganini his etdi. “Otam töğri aytadilar, öyladi u, – axir şajaramiz manglayiga “dehqon” deb  yozib qöyilmagan-ku, umrimiz dalada, Qangli qişloğidan narini körmay ötib ketişimiz  – gumrohlik”. Tozaboy öqiş jarayonida hamqişloqlari hayotiga özgarişlar olib kiriş, ösib kelayotgan yoş avlodga Qangli qişloği, Amudaryo tumani, qöyingki, Qoraqalpoğiston bilan tutaşib ketgan ona Yurt kengliklari, ana şu bepoyon Vatan şaʼnini yuksaltiriş uçun öqib, bilim oliş juda muhimligini anglatib yaşaş zarurligini çuqur idrok etdi.

U 1985-yilda institutni muvaffaqiyatli tamomlab, ona qişloğidagi S.Töramurodov nomidagi sakkiz yillik maktabda ilk mehnat faoliyatini boşladi. Institut tahsili  boşqa, maktab hayoti tamoman boşqa olam edi. Çunki maktabning 5-sinfidan 8-sinf öquvçilarigaça kuzda paxta yiğim-terimiga, bahor va yozda ğöza parvarişiga jalb etilar, maktablarda har çoraklik uçun belgilangan dastur asosidagi darslar oylab qolib ketardi. Nima, qiliş kerak? Köpçilik Tozaboyga:

– Senga oson, öquvçilarning qöliga bitta koptokni berib, stadionga olib çiqsang, bas, dars öz-özidan ötilaveradi, – deyişardi.

Negadir jismoniy tarbiya fani öqituvçilarining işiga köpçilik şunday yuzaki baho berişga odatlanib qolişgandi. Lekin  masʼuliyat yuki-çi? Aynan şu fanga ixlosi baland öquvçilarning qiziqişlari-çi? Ularning iqtidoriga loqayd qarab böladimi axir?

Tozaboy Matçonov bunday qaraşlarni söndiriş uçun ham butun vujudi bilan işga kirişdi. U turli majburiy işlarga jalb etilayotgan öquvçilarining jismoniy tarbiya fanini çuqur özlaştirişlari uçun bor bilim va salohiyatini safarbar etdi. Qoldirilgan har bir darsni öquvçilar tez va qisqa fursatlarda özlaştirişlari uçun şaroit yaratdi. Amaliy va nazariy dars-soatlarining uzviyligini taʼminladi. Ham sinfda, ham maktab  stadionida alohida iqtidorli öquvçilar bilan qöşimça maşğulotlar olib bordi. Natijada şogirdlari orasidan sportning turli yönalişlari böyiça musobaqalarning tuman, respublika miqyosida ğoliblari, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari yetişib çiqdi.

Öz fani asoslarini puxta egallagan yetuk pedagog kadrlar taʼlim-tarbiya sohasida hamişa qadrlanadi. Bu borada Tozaboy Matçonovning ham bilim va salohiyatidan samarali foydalanişga intilgan maktab rahbarlari köp böldi. 1989-1994-yillarda u Amudaryo tumanidagi yetakçi ilm maskanlaridan biri hisoblangan 11-sonli umumtaʼlim maktabida, keyinçalik 29-sonli maktabda jismoniy tarbiya fani öqituvçisi sifatida öz faoliyatini davom ettirdi. Öquvçilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy işlar taʼsirçanligini oşiriş, ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida sportga qiziquvçi yoşlarni atrofiga jamladi, kuraş, şaxmat sporti tögaraklarini taşkil etdi. “Umid nihollari”, “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida qatnaşgan öquvçilari Amudaryo tumani birinçiligida, mazkur musobaqalarning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçlarida muvaffaqiyatli iştirok etişib, sovrinli örinlarni qölga kiritdilar. 1994-yildan hozirgi kunga qadar 29-sonli maktabda faoliyat yuritayotgan oliy toifali öqituvçi Tozaboy Matçonovning öquvçilari deyarli har yili anʼanaviy ravişda ötkazilib kelinayotgan “Umid nihollari”, “Beş taşabbus olimpiadasi” sport  musobaqalarining doimiy ğolib va sovrindorlari safidan joy olib kelişayotganining özi oddiy qişloq maktabi öqituvçisining öz sohasining yetuk mutaxassisi ekanligidan yaqqol dalolat.

Xususan, Tozaboy Matçonov rahbarligidagi öquvçi-yoşlar qatorasiga 3-yilki, “Umid nihollari” sport musobaqalarida sportning yengil atletika, kuraş turlari böyiça tumanda 1-örinni, Respublika miqyosida faxrli örinlarni egallab kelişmoqda. 2022-2023 öquv yilida esa “Beş taşabbus olimpiadasi”ning paraşaxmat musobaqasida ham Tozaboy Matçonovning öquvçilari tuman ğolibligini qölga kiritib, musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida faxrli 3-örinni egallaşdi.

Dono xalqimiz tilidan-tillarga köçib, öz qadri-qimmati bilan hamon yuqori tutilguvçi bir hikmat borki, nazarimda ana şu hikmat Tozaboy Matçonov kabi fidoyi öqituvçilar şaxsiga qarata aytilganday. Yaʼni, “Ustozidan ilm olgan şogirdlari qator tursalar, ul ustoz çin ustozdir”. Şu jihatdan olib qaraydigan bölsak, Tozaboy Matçonovdan “ilm olib, qator turgan” şogirdlari behisob. Xususan, ustoziga havas qilib, jismoniy  tarbiya va sport sohasi fidoyilari bölib yetişgan şogirdlaridan Gulandom Xudoyberganova, Şohista Xudoyberganova, Gözal Yöldoşeva, Javlonbek Xudoyberganov, Nigora Sultonmurodova, Nuriddin Qurbonboyev, ... yana qança yoşlar jismoniy madaniyat mutaxassislari sifatida faoliyat yuritişmoqda. Önlab şogirdlari Özbekistonning turli hududlaridagi OTMlarda jismoniy madaniyat yönalişi böyiça  tahsil olişmoqda.

Mana, 38-yildirki, Tozaboy Matçonov har tongni, öquvçilari davrasida keçadigan, biri-biridan qiziqarli dars-maşğulotlarini intizorlik bilan şodon qarşilaydi. Beixtiyor öquvçilik davrining deyarli uçdan bir qismi, balki undan-da köproği  kolxoz dalasida ötgan damlarini eslaydi.

Öquvçilariga ötmişda qolgan öşa oğir damlar ertakday tuyulişi mumkin, lekin  bir neça ön avlod ana şunday oğir kunlar silsilasida yaşab, mehnat qilgani, öqiş uçun  intilgani – haqiqat.

– Sizlar uçun dorilomon zamona keldi, öqinglar, öqigan – özadigan davrda  yaşayapsizlar, – deydi mamnuniyat bilan va otasining ögitlarini şogirdlariga takror-takror eslatadi:

– Qişloqni rivojlantiriş uçun ham öqiş, ilm-u ziyo kerak, öqinglar.

Tozaboy Matçonovni köpçilik qattiqqöl, qatʼiyatli öqituvçi sifatida hurmat qilişadi. Balki şundaydir. Katta leytenant harbiy maxsus unvoniga ega öqituvçi bölganidanmi, öquvçilariga öz fanidan qatʼiy talablar qöyişga odatlangan Tozaboy Matçonovning şogirdlari jismoniy madaniyat fanini özlaştirişda xuddi öqituvçisi kabi qatʼiyatli, intiluvçan. Işda qatʼiyat va işonç uyğun bölsa, muvaffaqiyat sari yöl oçilaveradi.

Tozaboy Matçonov nafaqat hamkasblari va şogirdlari, balki özi istiqomat qiladigan mahallada ham hurmat-eʼtiborga munosib, oilaparvar, mehribon va madaniyatli ota sifatida umr yöldoşi Zamiraxon Yernazarova  bilan biri-biridan öqimişli ikki qiz, bir öğilni kasb-korli qilib voyaga yetkazişdi. Şirin-şakar nevaralarga bobo böldi. Bir vaqtlar özining xayolidan keçgan: “şajarasiga “dehqon” deb yozib qöyilmagan”ini aka-ukalari va özi amalda isbotladi. Bugun uning oilasi haqiqiy ziyolilar bilan obod. Qilayotgan ezgu işlari davlatimiz tomonidan eʼtirof etilayotgani, yuqori taşkilotlarning faxriy yorliqlari, taşakkurnomalari bilan taqdirlanayotgani esa qalbiga quvonç bağişlaydi, ertangi kuniga işonç uyğotadi. “Öqituvçi va murabbiylar kuni” – umumxalq bayrami munosabati bilan oddiy qişloq maktabi öqituvçisi Tozaboy Matçonovning fidoyi mehnatlari davlatimiz tomonidan yana bir bor eʼtirof etilib, “Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi” kökrak nişoni bilan taqdirlandi. Eʼtirof, hurmat, eʼtibor va rağbat – bu xalq ehtiromi, işonçining yorqin ifodasi.

Zahiradagi katta leytenant, yuzlab yoşlarning sevimli ustozi Tozaboy Matçonov hamon postda – yoş avlod taʼlim-tarbiyasi yölidagi eng masʼuliyatli, eng şarafli vazifani ado etişda hamişa sobit, hamişa qatʼiyatli. Ana şu tuyğularga hamroh yaşaş esa uning ezgu aʼmoli.

 

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026