16 ming 545 gektar maydon, şundan 3 ming 798 gektari örmon: Qipçoq davlat örmon xöjaligida qanday işlar amalga oşirilmoqda?
Örmon – tabiatning bebaho neʼmati. Hayvonot va ösimlik dunyosini saqlaş va ularni köpaytirişda, iqlim özgarişlarni möʼtadillaştirişda, tuproq eroziyasiga qarşi kuraşiş, çöl hududlarida qumlarning köçişini töxtatiş, tuproqning meliorativ holatini yaxşilaş kabilarda ihota örmonlari katta ahamiyatga ega. Uşbu yaşil boyliklarni asraş, yurtimizdagi ekologik vaziyatni yaxşilaş va uning salbiy oqibatlarining oldini olişda esa örmon xöjaliklari muhim örin tutadi.
Amudaryo tumanidagi Qipçoq davlat örmon xöjaligi ham hududdagi tabiiy muhitni möʼtadillaştirib turuvçi, yoğoç, dorivor va boşqa turdagi ösimliklar, ularning uruğlarini, turli manzarali daraxtlar köçatlarini yetiştirib beruvçi manba bölib xizmat qilib kelmoqda.
Xöjalikning umumiy yer maydoni 16 ming 545 gektardan iborat. Şundan 3 ming 798 gektari örmon bilan qoplangan maydonlar, 855 gektari tutaşmagan örmonzorlar, 11,4 gektari örmon köçatxonalari hisoblanadi. Taqir yerlar ham mavjud bölib, ular 6,87 gektarni, haydaladigan yerlar 24,5 gektar, yaylovlar 2 ming 690 gektarni taşkil qiladi. Hududdagi suvli yerlar 2,4 gektar, qumliklar 1 ming 895 gektar, boşqa yerlar esa 6 ming 748 gektarga yaqin.
Örmon xöjaligida 57 nafar xodim işlaydi. Ularning 13 nafari oliy, 24 nafari örta maxsus, 23 nafari örta maʼlumotli.
Xöjalikda joriy yilda madaniy örmonzor barpo qiliş, tumandagi korxona-taşkilotlarni köçatlar bilan taʼminlaş va köçatxona taşkil etiş uçun uruğ tayyorlaş yillik rejasi 4000 kg. qilib belgilangan bölsa, hozirgi kungaça 16 ming 250 kg. uruğlar tayyorlandi. Şundan 15 ming 730 kg. qismi saksovul uruğlari bölib, ular terilganidan söng, Orol dengizining qurigan tubi va tumanimizning örmon barpo etiladigan qumli hududlariga sepiladi. Undan taşqari, qayrağoç, tut, yasen, klyon, şarq tuyasi, şaftoli, örik uruğlari ham yetiştirildi va niholxonalarga ekildi. Uruğdan madaniy örmon barpo qiliş yillik rejasi 246,9 gektar qilib belgilangan bölsa, hozirgi kungaça 245 gektardagi qumli hududlarga saksovul uruğlari sepildi, 1,75 gektar yerga yasen, klyon, katalpa va oqterak köçatlari ötqazildi.
Xöjalikning 11,35 gektar maydonida köçatxona taşkil qilingan. U yerda uruğ va nihollar ekilgan bölib, hozirda 901 ming dona nihol va köçatlar jumladan, şarq tuyasi, yasen, ok terak, tut, klyon, katalpa, qayrağoç, summax, yapon saforasi, glediçiya va boşqa turdagi nihol, köçatlar mavjud. Kuz oylarida “Yaşil makon” davlat dasturining ijrosini taʼminlaş maqsadida tumandagi korxona, taşkilot va maktab, boğçalarga homiylik asosida 64 ming 110 dona har xil manzarali daraxtlar köçat va qalamçalari yetkazib berildi.
Joriy yilda xöjalikning Toşyop, Zarbdor, Manğit va Namuna massivlarida yangidan 19 gektar maydonda tut köçatlari ekildi. Uşbu ekilgan ixotazorlar suğoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxşilaş, garmseldan himoya qiliş va hosildorligini oşirişga xizmat qilib kelmoqda. Bundan taşqari içki turizmni rivojlantiriş maqsadida örmon fondi hududida “Sohil böyi” dam oliş maskani taşkil etildi. Bu maskanda aholining oilaviy dam olişlari uçun qora uy, çömiliş havzasi, qayiq va boşqa çömiliş anjomlari, qumli maydon taşkil etilgan. Şu yerning özida ovqatlaniş uçun yetarliça şaroitlar yaratilgan.
Örmon muhofazasi böyiça “Qipçoq davlat örmon xöjaligiga qaraşli örmonzorlarda yonğinning oldini oliş va qarşi kuraşni kuçaytiriş töğrisida” Amudaryo tumani hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi örmon xöjaligi qömitasi hamda Qipçoq davlat örmon xöjaligining qöşma buyruğiga köra qator işlar olib borilmoqda. Unga köra aholi örtasida örmon yonğinining oldini oliş, ruxsatsiz örmonzorlarga kiriş, özboşimçalik bilan daraxt kesiş, ov qiliş, çorva mollarini boqiş holatlarining oldini oliş böyiça tuşuntiriş-tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda. Şuningdek, örmon fondi bilan çegaradoş hududlardagi fermer xöjaliklariga ogohlantiriş xatlari tarqatilib, aholi yaşaş punktlari, ovullarda yiğilişlar ötkazilib qonunbuzarliklarning oldi olinmoqda.
Örmonlar – yurtimizdagi tabiiy boyligimizdir. Tabiatning bu inʼomini asrab-avaylaş, şu qatorda örmon xöjaligini rivojlantiriş farovonlik oşişiga, yangi iş örinlari köpayişiga keng yöl oçadi. Şunday ekan har birimiz bebaho boyligimiz bölgan örmonlarni asraşimiz, ularni köpaytirişga hissa qöşişimiz kerak.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶