ÖZBEK TILI BAYRAMI KENG NIŞONLANDI
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bölgan özbek tili xalqimiz uçun milliy özlik va mustaqil davlatçilik timsoli, bebaho maʼnaviy boylik, mamlakatimizning siyosiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotida ğoyat muhim örin egallab kelayotgan buyuk qadriyatdir. Hozirgi kunda özbek tili hayotimizning barça jabhalarida faol qöllanilmoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda ona tilimizning jamiyatdagi örni va nufuzini oşiriş böyiça keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Har yili 21-oktyabr – özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun keng nişonlanadi.
Barça mehnat jamoalarida, taʼlim muassasalarida sana munosabati bilan turli tadbirlar ötkazilib, özbek tilining bor latofati, jozibasi, çeksiz imkoniyatlari tilga olinadi. Butun mamlakatimizda bölgan kabi Amudaryo tumanida ham özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosib nişonlanmoqda.
19-oktyabr kuni Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Amudaryo tuman ixtisoslaştirilgan maktabida ham “Ona tilim – jon-u dilim” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy, musiqiy tadbir ötkazildi.
Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bağişlangan tadbirni muassasa direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Muyassar Rahmatullayeva oçdi va barçani uşbu qutluğ bayram bilan qizğin qutladi.
Muassasa ona tili va adabiyot fani öqituvçilari hamkorligida tayyorlangan tadbirda Mohira Sobirova ona tilimizning bosib ötgan tarixiy yöli, har bir inson hayotida ona tilining tutgan örni haqida maʼruza qildi.
Tadbirda quyi sinflar öquvçilari orasida ona tilidan diktantlar tanlovi ötkazildi. Uşbu tanlovda Tillaxon Zarifboyeva birinçi, Sevinç Kenjaboyeva ikkinçi, Saidbek Madatov uçinçi örinlarni egalladilar. Bayramona bezatilgan muassasa faollar zalida öquvçilar ijrosida özbek tilini uluğlovçi şeʼrlar yangradi, qöşiqlar, raqslar ijro etildi.
Ayniqsa, özbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri Ğofur Ğulomning “Şum bola” asari asosida tayyorlangan sahna köriniş öquvçi-yoşlarga özbek tilining naqadar boy va jozibali ekanligini çuqur singdirdi.
Aytiş joizki, mustabid tuzum davrida özbek tilini yöqotişga urinişlar köp böldi, ona tilimiz yillar davomida kamsitib kelindi. Lekin xalqimiz öz ona tilini – milliy ğururini saqlab qoldi. Millatparvar ziyolilar, xalqimizning ona tilimizga bölgan çeksiz muhabbati tufayli 1989-yil 21-oktyabr kuni qabul qilingan qonunga asosan, özbek tiliga davlat tili maqomi berildi.
Mamlakatimiz Prezidentining 2019-yil 21-oktyabr kuni qabul qilgan “Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga binoan 21-oktyabr sanasi mamlakatimizda “Özbek tili bayrami kuni” deb belgilandi.
Sana munosabati bilan ötkazilayotgan tadbirlar yoşlar könglida ona tilimizga bölgan hurmat-ehtiromni yanada mustahkamlayotgani bilan ahamiyatli bölmoqda.
Oygul RAJABOVA

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶