“Yaşil makon” umummiliy loyihasi doirasida Amudaryo tumaninnig tuproq-iqlim şaroitida qanday turdagi daraxtlarni ekiş kerak?
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi, BMT TD va GEJning “Köllar, botqoq yerlar va qirğoq böyi tukaylarini saqlaş va barqaror boşqariş, yerning degradatsiyasiga qarşi kuraşiş va neytral holatga keltiriş orqali Orol dengizi havzasi landşaftida barqaror hayotni qöllab-quvvatlaşga erişiş” loyihasi doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo tumani tuproq-iqlim şaroitida qanday turdagi daraxt va butalar ekiş kerakligi örganib çiqildi.
2023-yil kuzida va 2024-yil “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida Özbekistonda 200 million tup, şu jumladan Amudaryo tumanida joriy yilning kuz oylarida 488 ming tup köçat ekiş rejalaştirilgan. Issiq va qurğoqçil iqlimga ega bölgan Amudaryo tumani aholisi uçun daraxtlar va yaşil maydonlar nihoyatda muhim. Ular nafaqat salqinlik va kislorod bilan taʼminlaydi, yerning şörlaniş darajasini kamaytiradi, balki çangni va ular bilan birga korxonalar va transport vositalaridan ajraladigan toksinlarni ham uşlab turadi. Masalan, 1 gektar yaşil daraxtzorlar har yili havoni 60- 70 tonna çangdan tozalab, uning kontsentratsiyasini 25 -45 foizgaça pasaytiradi. Yaproqli daraxtlarning şox-şabbalari şovqin energiyasini 70 foizgaça yutadi. Fanning isbotlaşiça, daraxtli joylarda daraxtsiz joyga nisbatan bakteriyalar 300-marta kam böladi. 1 gektar arçazor 1 sutkada 30 kg fitontsid moddasi ajratib çiqaradi va kasallik tarqatuvçi bakteriyalarga qiron keltiradi.
Amudaryo tumani daraxtlar ösiş şaroitlarining öziga xosligi bilan ajralib turadi. Ekiş uçun turlarning töğri barqaror assortimentini tanlaş oson iş emas. Şuning uçun quyida tuman markaziy köçalari va qişloqlarini obodonlaştiriş uçun tavsiya etilgan ayrim daraxt turlarining biologik va ekologik hususiyatlarining qisqaça tavsifi keltiramiz.
Şumtol – Özbekistonda şumtolning 10 ga yaqin turi uçraydi. Qoraqalpoğistonda eng keng tarqalgan va qimmatli turlariga pensilvaniya va yaşil şumtol turlari kiradi. Ular noqulay şaroitlarga, jumladan, şörlanişga, qurğoqçilikka va sovuqqa eng çidamliligi bilan ajralib turadi, tuproq tanlamaydi.
Oddiy qayrağoç - balandligi 25-30 metr, tanasi diametri-50-60 sm.gaça yetadigan daraxt. Sovuqqa va qurğoqçilikka juda çidamli. Tuproqqa kam talabçan. Çöl hududlarida yaxşi va tez ösadi. Qayrağoçning noqulay ekologik şaroitlarga juda yuqori çidamliligi, uni Özbekistonda yetiştiriş uçun ajralmas turga aylantirdi, ayniqsa şörlanişga çidamlidir. U toşli tuproqlarda ham yaxşi ösadi. Turli tuproq şaroitlarida 1-2 yoşli nihollaridan ekib köpaytiriladi. Şörlangan yerlarda 18 yoşli daraxtlarining balandligi 8-10 metrga yetadi. Uning eng çiroyli şarsimon şakli “Sada qayrağoç”, “Gujum” çöl hududlaridan tortib toğlik xududlargaça joylaşgan şahar va qişloqlarni obodonlaştirişda qadim-qadim zamonlardan beri keng qöllanilib kelinadi.
Gözal katalpa. – vatani Şimoliy Amerika. Özbekistonda -27 darajagaça sovuqqa çidaydi. Qişki haroratning pasayişiga qarşiligi, uning bu davrda çuqur uyqudaligiga boğliq. Yoruğsevar. Tuproq şörlanişiga çidamli. Katalpa beor daraxt köçatlari ekilganda yaxşi tutadi va osongina ildiz otib, tez ösadi.
Oq akatsiya – vatani Şimoliy Amerika. Örta Osiyoga 1880-yilda kirib kelgan va tez tarqala boşlagan. Bu daraxt turi tuproqqa, qurğoqçilikka va yuqori haroratga çidamli.
Dala zarangi - kökalamzorlaştirişda keng qöllaniladi. Böyi 15-20 metrga yetadi. Yoğoçi kurilişda, mebelsozlikda, kadimda ota-bobolarimiz yogoç koşik, yogoç tovok, çömiç va kuvilarni aynan şu daraxt yogoçidan işlaganlar şu bois zarang koşik deb atalgan. Şahar muhitida juda barqaror. Sovuqqa çidamli, yaxşi ösadi.
Glediçiya (Tikan daraxti)- Vatani Şimoliy Amerika. Özbekistonda suğoriladigan va lalmi yerlarda ihota daraxtzorlari barpo etişda keng qöllaniladi. Şamolga çidamli. 5 yoşdan 15 yoşgaça tez ösadi. Juda yoruğsevar. Qurğoqçilikka, kasallikka va zararkunandalarga çidamli.
Yapon saforasi – kökalamzorlaştirişda keng qöllaniladi. Tuproqqa kam talabçan, şörlanişga va qurğoqçilikka çidamli va şu bilan birga tez ösişi bilan diqqatga sazovor. Amudaryo tumani şaroitida yoz davomida suv yetişmovçiligi bölsa 2-3-marta suğoriş yetarli hisoblanadi.
Bulardan taşqari oq, kök terak, jiyda, kora, ok tol, kanada arğuvoni, oq, qora tut, butalardan yapon behisi, amorfa, biryuçina, suriya atirguli, malva, summax, igna bargli daraxtlardan şarq biotasi, virgin arçalarini ekiş, şörlaniş kam bölgan yerlarda qrim qarağayi va çinorlarni ekiş tavsiya etiladi.
Yuqoridagi köçatlarni ekişdan oldin hudud turli çiqindi, toşlar, ildizlar, ösimliklar qoldiği va tönkalardan tozalanib, yer tekislanadi.
Köçatlarni ekişdan oldin ildizlar uçi kesib yangilanişi va ekiş paytida oldindan çirigan göng, tuproq va suv aralaşmasidan tayyorlangan “Şarbatga” botirilib keyin ekilişi maqsadga muvofiq.
Köçatlarni ekiş paytida suğoriş va ildiz ustiga tuproq tortib bölingandan söng oyoq bilan bosib ziçlaştiriş zarur. Köçat ekişda ildiz böğzi kömilib ketmasligi kerak hamda yer betidan yuqoriga ham çiqib ketişi kerak emas. Köçatlar ekib bölingandan keyin daraxt atrofiga aylanasi 1 metr masofada ariq olinadi va köçat ekilgandan söng suğoriladi. Birinçi suğorilganda tuproq çökadi, ildizi oçilib qoliş mumkin, qöşimça tuproq solinib, yorilgan joylari kayta kömiladi.
Öğitlar bahorda ildizlarning intensiv ösişidan oldin yoki kuzda yer muzlamaydigan qatlamiga beriladi. Azotli öğitlarning berilişi daraxtlarning iyun-iyul oylarida ham ösişini taʼminlaydi. Şu davrda ösimliklarning jadal ösişi paytida fosforli va kaliyli öğitlarni berilişi daraxtlarning sovuqqa çidamliligini oşiradi.
Organik öğitlarni kuzda soliş maqsadga muvofiq. Daraxtlar tagi yumşatilib ötlardan tozalanib öğit beriladi va keyin suğoriladi.
Bahorda azotli öğitlar, yozda esa fosforli-kaliyli öğitlar beriladi.
Şuni unutmaslik kerakki, şörlaniş darajasi yuqori bölgan yerlarga ekilgan köçatlarga kaliy-xlorid işlatilmaydi.
Qadrli yurtdoşlar, “Yaşil makon” umummilliy loyiha doirasida har bir fuqaro faol qatnaşib, tumanimiz yaşilligini oşirişga, ekologiyamizning yaxşilanişiga va kelajak avlodga soğlom bölişlari uçun kislorodga boy boğ-roğlar, gözal tabiat qoldirişga öz hissamizni qöşaylik!
X.TALIPOV, Ekologiya vazirligi, BMT TD va GEJning “Köllar, botqoq yerlar va qirğoq böylarini saqlaş va barqaror boşqariş,
yerning degradatsiyasiga qarşi kuraşiş va neytral xolatga keltiriş orqali Orol dengizi havzasi landşaftida
barqaror hayotni qöllab quvvatlaşga erişiş” loyiha maslahatçisi, biologiya fanlari nomzodi.
R. DOSMANOV, Loyixaning Amudaryo tumani böyiça koordinatori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶